8-mavzu Nutq (4 soat). Reja. Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha



Download 90,95 Kb.
bet11/19
Sana20.06.2022
Hajmi90,95 Kb.
#684953
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Нутқ

Aktiv va passiv nutq.
Nutq vositasi bilan bog‘lanadigan aloqada hamisha ikki yoki bir necha kishi ishtirok etadi, bulardan bittasi biron narsani yo og‘zaki, yoki yozma bayon qiluvchi kishi bo‘lsa, qolgani, yoki qolganlari shu nutqni idrok qiluvchi – eshituvchi yoki o‘quvchi kishi, yoki kishilar bo‘ladi. Shuning uchun ham nutqni aktiv nutq va passiv nutq deb ajratiladi. Biz biror narsani ifodalab, boshqa kishilarga og‘zaki yoki yozma bayon qilsak, bizning bu nutqimiz aktiv nutq deb ataladi. Aktiv nutq biror narsa gapirayotgan va yozayotgai kishining nutqidir.Shuningdek, kishi biror shaxsga maktub yozayotgan, olim maqola, kitob yozayotgan, yozuvchi o‘zining adabiy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham aktiv nutq bo‘ladi. Boshqa birovning aktiv nutqini idrok qilish va tushunish jarayoni passiv nutqdir. Gapirayotgan kishining so‘zini tinglab turgan yoki yozilgan narsani o‘qiyotgan kishi boshqa bir kishining aktiv nutqini o‘zicha takrorlagandek bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchi darsni tushuntirib berayotganida, o‘quvchilar esa uning darsini eshitayotganlarida o‘qituvchining nutq aktiv nutq bo‘ladi, o‘quvchilarning shu nutqni idrok qilish, ya’ni tushunish jarayoni esa passiv nutq bo‘ladi. Boshqa birovning nutqini, shu nutq so‘zlanayotgan tilni o‘zimiz bilganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o‘zlashtirishimiz mumkin. Ammo shunda ham o‘sha nutq­ni idrok qilishimiz hamisha bayon qilinayotgan nutqqa aynan teng va muvofiq bo‘lavermaydi. Ba’zan boshqa bir kishining nutqini tushunmaslik, bu nutqni bir tomonlama, noto‘g‘ri tushunish, so‘z illyuziyalari va boshqa shu kabilarning hosil bo‘lishiga sabab ham shudir. Passiv nutqning bu hususiyatlari idrok qilayotgan kishining aqli qay darajada yetukligiga bog‘liq bo‘ladi. Gapirayotgan kishi o‘z nutqining mazmunini va formasini shu nutqni tinglovchilarning qay darajada idrok qilishini ko‘zda tutib tuzadi. Chunonchi, o‘qituvchi o‘z nutqining o‘quvchilar qanchalik tushuna olishini nazarda tutib, so‘zlayotgan nutqini shunga qarab tuzadi. Har bir kishi passiv nutqni, aktiv nutqqa qaraganda, birmuncha oldinroq egallaydi. Yosh bola oldin kattalarning gapini tushunadigan bo‘ladi, so‘ngra o‘zi ham tilga kirib, gapira boshlaydi. Xuddi shuningdek, boshqa bir tilni o‘rganish vaqtida o‘rganilayotgan tilda aktiv nutqni egallash passiv nutqni egallashga qaraganda birmuncha keyinda qolib bo­radi.

Download 90,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish