Tavsifnoma quyidagi asosiy zaruriy qismlar asosida yoziladi:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma`lumotlar: ismi, ota ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, millati, partiyaviyligi, ma`lumoti, lavozimi, shuningdek, ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud boʻlsa).
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn.
4. Tavsifnoma qayerga va qanday maqsad bilan berilayapti.
5. Muassasa yoki xoʻjalik rahbari, jamoat tashkilotlari, ism-familiyalari va imzolari.
6. Tavsifnoma berilgan sana.
7. Muhr.
TAVSIYANOMA. Tavsiyanoma ham bir shaxs yoki xodim haqida ma’lumot beradigan, uni biron lavozim yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotga a’zo boʻlishga tavsiya etadigan rasmiy hujjat. Unda xodimning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlari, ishga munosabati va faollik darajasi, siyosiy savodxonligi va axloqi singari jihatlar aks etgan boʻladi. Eng muhimi, xodimni ma’lum lavozimga tavsiya etish bilan birga, ma’lum ma’noda uni kafillikka ham oladi. Uning mas’uliyatli tomoni ham shunda. Tavsiyanoma matn oxirida uni bergan kishi tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |