8.7. Iqtisodiy indekslarni qo’llanishi to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlar.
Birinchi marta iqtisodiy statistikada indeks uslubi jamlangan baho o’zgarishiga tavsifnoma berishda qo’llanilgan. Umumiy baho indeksini hisoblashni birinchi bor 1738 yilda fransuz iqtisodchisi Dyuto tomo nidan amalga oshirildi. Bu formula juda oddiy usulda hisoblangan edi, ya’ni:
,
bu yerda – Jp – baholarning umumiy indeksi;
- yig’indi belgisi.
Ammo chuqur muloxaza yuritish indekslarni bu usulda hisoblashdan voz kechishga majbur qiladi. Bu hisoblashlardan olingan natijalar ayrim maxsulotlarga bazis yildan joriy yilgacha bo’lgan davrda baholarning o’zgarishiga qarab emas, balki u yoki bu maxsulotning qanaqa o’lchov birliklarda maxsulot qanday nisbatga ega ekaniga qarab aniqlanadi.
Agarda, biron-bir maxsulotga bahosini 1 kg hisobiga, ikkinchisiga esa 1 tonna hisobiga oladigan bo’lsak, bu ikki maxsulot bo’yicha hisoblangan umumiy baho indeksi o’z-o’zidan ma’nosini yo’qotadi. Ma’lumki, turli maxsulotlar turli xil o’lchov birliklarida baholanadi. Agarda, barcha maxsulotlarni bir xil o’lchov birliklariga keltirishga harakat qilinsa ham (agarda mumkin bo’lsa), bu narsa ishda yengillik yarata olmaydi. 1kg non va 1kg oltin baholari bir-biridan juda katta farq qilishi mutlaqo ayon. Ularga ketgan mehnat sarflari ham turlicha. Shuning uchun ham bu maxsulotlarning umumiy baho indeksini oddiy holda ularning keyingi ikki davrdagi baholarini qo’shib, olingan yig’indi natijasini bir-biriga taqqoslash ham nazariy, ham amaliy jihatdan hyech qanday ma’no bermaydi. Lekin, 1764 yilda italiyalik iqtisodchi Karli bug’doy, vino va o’simlik yog’ining baho darajalari taqqoslaganda, yuqoridagi formulani qo’llash imkoni bo’lmasligini aniqladi. Shuning uchun ham bu iqtisodchi ushbu muammoni yechishda quyidagi formulani qo’llashni taklif etdi:
.
Dyuto indeksidan farqli ravishda bu indeks taqqoslama indekslar bilan ish ko’radi. Chunki, bu indeks mutlaq, turli xil miqdorlar bilan emas, balki xodisalarning o’zgarishini tasvirlovchi nisbiy sonlarda hisoblanadi. Biroq, bu indeksning ham jiddiy kamchiligi bor, ya’ni unda butun bir to’plamdagi alohida maxsulotlarning turli xil vaznlari hisobga olinmaydi, ya’ni oddiy arifmetik formula qo’llaniladi.
XIX asrdan boshlab asosan agregat usulda yoki unga mos o’rtacha arifmetik (o’rtacha garmonik) formula asosida baho indekslarini ko’rishda g’arb statistikalari o’lchamlar tizimidan foydalanishni boshladilar. Bazis yoki joriy vaznlarni tanlab olishga bog’liq ravishda ikkita formula yuzaga keldi:
Laspeyres (1871y) -
Paashe (1874y) -
Bu ikki formulaning mohiyati shundan iboratki, baholarning o’zgarishini aniqlash uchun maxsulotlar miqdori o’zgarmas deb faraz qilinadi. Bunda, Laspeyres formulasida bazis davridagi miqdor olinsa, Paashe formulasida esa joriy davrdagi miqdor olinadi.
Nazariy jihatdan har ikki formula ham iqtisodiy ahamiyatga egadir. Biroq, shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, har qanday joriy davr uchun maxsulotlarning joriy davr tizimi bo’yicha hisoblangan baholar o’zgarishini ko’rsatuvchi Paashe formulasi afzalroqdir. Rivojlangan davlatlarda ko’p xollarda Laspeyres formulasi qo’llaniladi. Bu xol Laspeyres formulasining Paashe formulasiga ko’ra afzalroq ekanida emas, balki ko’pgina rivojlangan davlatlarda baholar indeksida vaznlarni aniqlash uchun ko’p xollarda bazis yilidagi ma’lumotlarga tayaniladi.
Joriy va bazis vaznlar orasidagi natijalarda biroz farq bo’lishi indekslar nazariyasida vazn hatoligi muammosini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Buning mohiyati shundan iboratki, fakt joriy yoki fakt bazis vaznlardan foydalanish indeks miqdorida qandaydir hatoliklarga olib keladi.
Vazn xatoliklari nazariyasi tarafdorlarining ta’kidlashlaricha, indekslar nazariyasining asosiy vazifalaridan biri shuki, u indekslarni hisoblash uchun xususan baholar indeksi uchun shunday formula topish kerak-ki, yuqorida keltirilgan xatoliklardan xoli bo’lsin, ijobiy natijaga olib kelsin va turli davrlardagi vaznlardan foydalanishning hyech qanday ta’siri bo’lmasin. Bu holda germaniyalik Fisher ikkita indeksdan o’rtacha geometrik hisoblashni taklif etdi, ya’ni:
Bundan tashqari, germaniyalik iqtisodchi Edjours ham bu masalani xal etishda o’zining umumiy baho indeks formulasidan foydalanishni tavsiya etdi:
Bu formulada vazn sifatida hisobot va bazis yillardagi maxsulot miqdori olinadi.
Hozirgi kunda bu yoki shunga o’xshash indekslarni hisoblashda universal formulalarni topishga bo’lgan o’rinishlar statistiklar tomonidan xali ham davom etmoqda. Bular jumlasiga R.D.Adlen, V.Eyxori, K.S.Benedje, U.Krou, Yu.Vartna, A.Fogt va boshqa olimlar kiradi.
Muhokama uchun savollar.
Indeks deganda nimani tushunasiz? Ular yordamida qanday masalalar yechiladi?
Indeksning qanday turlarini bilasiz?
Indekslarni hisoblashda qanday davrlar va shartli belgilar qo’llaniladi?
Individual (yakka) indekslar deganda qanday indekslarni tushunasiz?
Umumiy (agregat) indekslar deb qanday indekslarga aytiladi?
Individual (yakka) va umumiy (agregat) indekslar qanday hisoblanadi?
Umumiy (agregat) indekslarda vazn masalasi qanday yechiladi?
Baxo (Jp), maxsulotning miqdor (Jq) va maxsulot qiymat (Jpq) indekslari nima uchun hisoblanadi?
Mehnat unumdorligi indesi qanday hisoblanadi? Akademik S.G.Strumulin qanday indeksni taklif qilgan?
O’rtacha arifmetik indeks qanday hisoblanadi va u qaysi xollarda qo’llaniladi?
O’rtacha garmonik indeks qanday hisoblanadi va u qaysi xollarda qo’llaniladi?
O’rtacha va umumiy (agregat) indekslarining natijalari har xil bo’lishi mumkinmi?
Bazisli va zanjirli indekslari qanday va nima uchun hisoblanadi?
O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli, tuzilmaviy siljishli indekslari qanday va nima uchun hisoblanadi? O’zaro bog’langan indekslarni tushuntirib bering?
Qanday indekslar hududiy indekslar deb ataladi va ular qanday hisoblanadi? Bu indekslar qanday ko’rinishda bo’lishi mumkin?
Umumiy hududiy indekslarni hisoblashda vazn masalasi qanday yechiladi?
Indekslar yordamida omilli tahlil qanday amalga oshiriladi?
Aholi daromadi qanday indeksasiya qilinadi? «Iste’mol savatcha»ni qisqacha izoxlab bering?
Baxo indekslarining qanday shakllarini bilasiz va ularning mohiyatini tushuntirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |