8-Mavzu. Iqtisodiy indekslar


Bazisli va zanjirli indekslar



Download 365,71 Kb.
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi365,71 Kb.
#308219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Stat-8-mavzu

8.3. Bazisli va zanjirli indekslar.

Indekslar o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning o’sish dinamikasi o’zgarishiga tavsifnoma berishda keng qo’llaniladi. Masalan, yildan-yilga ishlab chiqarilgan maxsulotlarning hajmi, chorva mollarning bosh soni, ekin maydonlarning miqdori va hokazolarning o’zgarishi hisoblab beriladi. Shu o’rganilayotgan xodisalarning iqtisodiy o’zgarishlari dinamikasini o’rganishda dinamika indekslar tizimi (sistemasi) qo’llash zaruriyati tug’iladi, ya’ni bazisli va zanjirli indekslardan foydalaniladi.

Agarda, ikki davr ko’rsatkichlari o’rniga, uch va undan ortiq davr ko’rsatkichlari taqqoslash zaruriyati tug’ilsa, u holda taqqoslash bazasi tanlab olinadi. Shu tanlab olingan bazasiga qarab indekslar o’zgarmas bazali (bazisli) va o’zgaruvchan bazali (zanjirli) indekslarga bo’linib o’rganiladi.

Bazisli indekslar deb, o’rganilayotgan davrdagi barcha ma’lumotlar bir davr bilan taqqoslanishi tushuniladi. Bu davr bazisli davr deb yuritiladi.

Zanjirli indekslar deb, o’rganilayotgan davrdagi barcha ma’lumotlar o’zidan oldingi bir davr bilan taqqoslanishi tushuniladi. Bu davr zanjirli (o’zgaruvchi) bog’lanishli davr deb yuritiladi.

Endi bazisli va zanjirli indekslarni quyida keltirilayotgan chizma tasviri orqali keltirib o’tamiz:

Bazisli indekslar

Zanjirli indekslar.

Bazisli va zanjirli indekslar yakka (individual) va umumiy bo’lishi mumkin.

Yakka bazisli va zanjirli indekslar bazisli va zanjirli nisbiy dinamika darajasining bir ko’rinishi bo’lib, u yoki bu ko’rsatkichlarni hisoblash usullariga aynan mos keladi. Lekin bazisli va zanjirli umumiy indekslarni hisoblash usullari o’ziga xos xususiyatlariga egadir.

Umumiy indekslar (bazisli va zanjirli) o’zgarmas va o’zgaruvchan o’lchamli (og’irlikda) bo’lishiga qarab bir-biridan farqlanadi.

O’zgarmas o’lchamdagi indekslarni hisoblashda uning o’lchami (og’irligi) hamma qatorlar uchun uning o’lchov birligi sifatida biron-bir davr olinadi.

O’zgaruvchan o’lchamdagi (og’irlikdagi) indekslarni hisoblashda esa uning o’lchami (og’irligi) hamma qatorlar uchun uning o’lchov birligi sifatida har safar boshqa davr olinadi.

Endi ketma-ket keladigan to’rt davrni 0,1,2,3 satr ishorachasi orqali baho va miqdor umumiy indekslarni (bazisli va zanjirli) yozib chiqamiz:

Bazisli indekslar:

; ; .

; ; .

Zanjirli indekslar:



; ; .

; ;

Yuqorida keltirilgan indekslar shuni ko’rsatib turibdiki, bazisli indekslardagi hisobotli hamma ma’lumotlar faqatgina bazisli (maxkamlab qo’yilgan) ma’lumotlar bilan taqqoslansa, zanjirli indekslar esa faqatgina o’zidan oldingi (yonma-yon) ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.

Hamma baho indekslari uchun uning o’lchami (og’irligi) sifatida hozirgi davr (o’zgaruvchan o’lchamli indekslari) olinsa, miqdor indekslar uchun esa maxkamlab qo’yilgan davr (o’zgarmas o’lchamdagi indekslari) olinadi.

Bazisli va zanjirli indekslar o’rtasida ma’lum darajada bog’lanish mavjuddir: ketma-ket keladigan bir necha zanjirli indekslarning kupaytmasi shu davrdagi bazis indeksining tengligi kelib chiqsa, keyin keladigan bazis indeksini oldingisiga bo’lish orqali esa shu davrdagi zanjirli indeksining tengligi kelib chiqadi.

Bu hisoblash uslubini quyidagi tasvir orqali ko’rsatib o’tamiz:







Demak, yuqorida o’rganilib chiqilgan bog’lanish faqatgina o’zgarmas o’lchamli (og’irlikli) barcha indekslarga to’g’ri kelsa, ya’ni birlamchi belgili indekslar uchun (bizning misolimizda umumiy miqdor indeksi). Lekin o’zgaruvchan o’lchamdagi (og’irlikdagi) barcha umumiy indekslar uchun esa bunday bog’lanish yo’qligini ko’rish mumkin, ya’ni ikkilamchi belgili indekslar uchun (bizning misolimizda umumiy baho indeksi).

Endi ushbu indekslarni (bazisli va zanjirli) o’zgarmas va o’zgaruvchan o’lchamdagi (og’irlikdagi) hisoblash usulini quyida keltirilayotgan ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (98-jadvalga qarang):

98-jadval



Xo’jalik bo’yicha 2000-2003 yillar uchun ishlab chiqarilgan maxsulot va sotish baholari to’g’risidagi ma’lumotlar

Maxsulotlar

2000 yil

2001 yil

2002 yil

2003 yil

maxsulot miqdori (ming.s)

Sotish baxolari (sum hisobida)

maxsulot miqdori (ming.s)

Sotish baxolari (sum hisobida)

maxsulot miqdori (ming.s)

Sotish baxolari (sum hisobida)

maxsulot miqdori (ming.s)

Sotish baxolari (sum hisobida)

A

q0

p0

q1

p1

q2

p2

q3

p3

Bugdoy

3

30

4

40

5

50

6

60

Kartoshka

10

80

11

90

12

110

13

125

Sut

15

150

17

170

20

190

23

210

1. O’zgarmas o’lchamli fizik miqdordagi bazisli umumiy indeksni







Demak, o’zgarmas o’lchamli fizik miqdordagi bazisli umumiy indeksning keyin keladigan bazis indeksini oldingisiga bo’lish orqali hisoblangan natija shu davrdagi o’zgaruvchan o’lchamli fizik miqdordagi zanjirli umumiy indeksiga tengligi kelib chiqadi, ya’ni bu indekslarning bir-biriga bog’liqligini yana bir bor ko’rsatib turibdi.

2. O’zgaruvchan o’lchamli (og’irlikli) fizik miqdordagi zanjirli umumiy indeksni:







Demak, o’zgaruvchan o’lchamli fizik miqdordagi zanjirli umumiy indekslarni ko’paytirish orqali hisoblangan natija o’zgarmas o’lchamli fizik miqdordagi bazisli umumiy indeksiga tengligi kelib chiqadi, ya’ni bu indekslarning bir-biriga bog’liqligini yana bir bor ko’rsatib turibdi.

3. O’zgaruvchan o’lchamli (og’irlikli) bahodagi zanjirli umumiy indeksni:



Bu hisoblangan o’zgaruvchan o’lchamli bahodagi zanjirli umumiy indekslarda (boshqa shu turdagi indekslar kabi) yuqoridagi hisoblangan bog’lanish bo’lmaganligi uchun, bu hisoblangan indekslarni bir-biriga bog’lab hisoblash zaruriyati tug’ilmaydi.

Shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, iqtisodiy ilmiy izlanishda qaysi indeksni qo’llash shu statistik tahlil etish vazifasidan kelib chiqadi.

Agarda, o’rganilayotgan iqtisodiy xodisalarning umumiy o’zgarishi o’rganilib chiqilmoqchi bo’lsa, u holda bazisli umumiy indekslar qo’llaniladi. Agarda, o’rganilayotgan iqtisodiy xodisalarni bir davrdan ikkinchi davrga nisbatan ketma-ketligi o’rganilib chiqilmoqchi bo’lsa, u holda zanjirli umumiy indekslar qo’llaniladi.

Bundan tashqari, bazisli umumiy indekslarni hisoblashda ayrim xollarda «punkt» indeks tushunchasidan ham foydalaniladi. Agarda, indeks besh «punkt» ga oshgan bo’lsa, u holda, bazis indeks besh birlikka oshganligini ko’rish mumkin, hisoblangan ma’lum bazaga nisbatan. Masalan, xo’jalik 1994 yilga nisbatan hisoblangan bazisli umumiy indeksli maxsulot miqdori 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 186 dan 200% ga yetgan bo’lsa, ya’ni 14 «punkt» ga, foizda esa – 1,08 (200:186) yoki ortish darajasi 8% ga teng bo’lganligini ko’rish mumkin.


Download 365,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish