8-Mavzu. Iqtisodiy indekslar


O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli, tuzilmaviy (strukturaviy) siljishli indekslar. O’zaro bog’langan indekslar



Download 365,71 Kb.
bet5/8
Sana02.01.2022
Hajmi365,71 Kb.
#308219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Stat-8-mavzu

8.4. O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli, tuzilmaviy (strukturaviy) siljishli indekslar. O’zaro bog’langan indekslar.

O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli indekslar orqali o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning sifat ko’rsatkichlari (o’rtacha xosildorlik, chorva mollarning maxsuldorligi, o’rtacha ish haqi darajasi va hokazo) o’rganilsa, tuzilmaviy (strukturaviy) siljishli indekslar orqali esa shu o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi tarkibiy (strukturaviy) omili o’rganiladi (ekin maydonlarining, chorva mollarning, ishlovchi xodimlarning tarkibi va hokazo).

Endi bu indekslarni birma-bir ko’rib chiqamiz:

O’zgaruvchan tarkibli umumiy indekslar deb – bir xil to’plamdagi ikkita ijtimoiy xodisaning o’rtacha dinamika nisbiy darajasini taqqoslash natijasida olingan tafsivlovchi ko’rsatkichlarga aytiladi*. Bu formulani quyidagi tasvirda keltirish mumkin:

1. bunda,

- o’rtalashtiriladigan belgi;

f - o’rganilayotgan belgining og’irligi (o’lchami);

2. O’zgaruvchan tarkibli bahoning o’rtacha umumiy indeks formulasi:

bunda,

- bahoning o’rtalashtiriladigan belgisi;

q – ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori;

3. O’zgaruvchan tarkibli xosildorlikning o’rtacha umumiy indeks formulasi:

bunda,

- xosildorlikning o’rtalashtiriladigan belgisi;

P – xosil olinadigan maydon.

4. O’zgaruvchan tarkibli chorva mollar maxsuldorligining o’rtacha umumiy indeks formulasi:

bunda,

- chorva mollar maxsuldorligining o’rtalashtiriladigan belgisi;

s – chorva mollar bosh soni va hokazo.

O’zgarmas (doimiy) tarkibli umumiy indekslar deb – dinamika o’rtacha darajasiga tavsifnoma berish uchun o’rganilayotgan to’plamdagi ijtimoiy xodisani bir marta va shuning o’zini tuzilmaviy qayd etish orqali tavsiflovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Bu formulani quyidagi tasvirda keltirish mumkin:

1. yoki

2. O’zgarmas tarkibli bahoning umumiy indeks formulasi:

yoki

3. O’zgarmas tarkibli xosildorlikning umumiy indeks formulasi:



yoki

4. O’zgarmas tarkibli chorva mollar maxsuldorligining umumiy indeks formulasi:



yoki va hokazo.
Tuzilmaviy (strukturaviy) siljishli umumiy indekslar deb – dinamika o’rtacha darajasiga tavsifnoma berish uchun o’rganilayotgan to’plamdagi ijtimoiy xodisaga ta’sir etuvchi tarkibiy omil orqali tavsiflovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Bu formulani quyidagi tasvirda keltirish mumkin:

1.

2. Tuzilmaviy siljishli ishlab chiqarilgan maxsulotlarning umumiy indeks formulasi:

3. Tuzilmaviy siljishli ekin maydonlarining umumiy indeks formulasi:




4. Tuzilmaviy siljishli chorva mollarning umumiy indeks formulasi:

va hokazo.

Yuqorida keltirilgan indekslarning bir-biriga bog’liqligini quyidagi tasvirda keltirish mumkin:

1.

2.



3.




4.


.


.


.


.

va hokazo.




1.



2.



3.



4.





.



.



.



.

va hokazo.
Endi, yuqorida keltirilgan formulalar orqali xo’jalikning o’simlikchilik tarmog’iga tegishli bo’lgan g’alla ekinlari bo’yicha ishlab chiqarish dinamikasining statistik tahlil etish uslubini quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar orqali ko’rib chiqamiz (99-jadvalga qarang).

99-jadval

2002-2003 yil uchun xo’jalikning ayrim o’simlikchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar.


Ekin turlari

Ekin maydon ga

Xosil-dorli-gi, s/ga

Jami ishlab chiqarilgan maxsulot, s

Shartli xosil, s

Farqi (+,-)

Shu jumladan olingan omillar o’zgarishi hisobiga

Bazis yil uchun

(2002y)


Hisobot yil uchun (2003 y)

Bazis yil uchun

(2002y)


Hisobot yil uchun (2003 y)

Bazis yil uchun

(2002y)


Hisobot yil uchun (2003 y)

Ekin maydoni, ga





Xosildorligi, s

P0

P1

U0

U1

P0U0

P1U1

P1U0

P1U1-P0U0

P1U0-P0U0 =U0(P1-P0)

U1P1-U1P0 = P1(U1-U0)

Bug’doy

305

315

38,0

42,0

11590,0

13230,0

11970,0

+1640

+380,0

+1260,0

Arpa

130

125

28,0

31,0

3640,0

3875,0

3500,0

+235,0

-140,0

+375,0

Jami va o’rtacha

435

440

35,1

38,9

15230,0

17105,0

15470,0

+18775,0

+240,0

+1635,0

80-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida shirkat xo’jaligi bo’yicha hisobot yilida ishlab chiqarilgan maxsulotni bazis yilida ishlab chiqarilgan maxsulotga nisbatan o’zgarishini o’simlikchilik maxsulotini ishlab chiqarishning umumiy indeks (dinamikasi) formulasi orqali aniqlash mumkin:



=1,1231 yoki 112,31% ga teng bo’ladi.

Demak, hisobot yilda ishlab chiqarilgan maxsulotimiz bazis yildagi ishlab chiqarilgan maxsulotimizga nisbatan - 12,31 (112,31-100,00)% ga oshgan. Mutlaq o’zgarishi esa quyidagicha bo’ladi:



=17105,0-15230,0=+1875,0 s oshdi.

Buning o’zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi:

Birinchi omil, ekin maydonlarning xosildorligi ta’siri. Buning uchun xosildorlikning umumiy indeks formulasi orqali aniqlaymiz:

=1,1057 yoki 110,57% ga teng bo’ladi.

Demak, xosildorlikning o’zgarishi hisobiga shu davrda jami maxsulotimizni ishlab chiqarish - 10,57(110,57-100,00)% ga oshdi. Mutlaq o’zgarishi esa quyidagicha bo’ladi:



17105,0-15470,0=+1635,0 s oshdi.

Ikkinchi omil, ekin maydonlarning ta’siri. Buning uchun ekin maydonlarning umumiy indeks formulasi orqali aniqlaymiz:



=1,0158 yoki 101,58% ga teng bo’ladi.

Mutlaq o’zgarishi esa quyidagicha bo’ladi:



=15470,0-15230,0=+240,0 s oshdi.

Demak, ekin maydonlarning o’zgarishi hisobiga - 1,58(101,58-100,00)% ga oshdi.

Endi, yuqorida hisoblangan ko’rsatkichlarni bir-biriga to’g’ri kelishini (ularning tengligini) tekshirib ko’ramiz:

Nisbiy tenglikda:



1,1057 x 1,0158=1,1231

mutlaq tenglikda:

+1635,0 + 240,0=+1875,0

Demak, shu o’rganib chiqilgan davrda jami maxsulot ishlab chiqarish - 12,31% ga yoki (+1875,0)s oshdi. Bularning o’zgarishiga ikki omil ta’sir etdi. Birinchidan, ekin maydonlarning xosildorligi o’zgarishi hisobiga 10,57% ga yoki (+1635,0)s oshgan bo’lsa, ekin maydonlarning o’zgarishi hisobiga esa - 1,58% ga yoki (+240,0)s oshdi.

Endi, shu jadval ma’lumotlaridan foydalanib, shu davrdagi ekin turlari bo’yicha o’rtacha xosildorligini – o’rtacha xosildorlikning o’zgaruvchi tarkibli umumiy indeksi formulasi orqali aniqlaymiz:



38,9:35,1=1,1083

yoki 110,83% ga teng bo’ladi.

Demak, shu davrda o’rtacha xosildorlik – 10,83 (110,83-100,00)% ga oshdi. Mutlaq o’zgarishi esa quyidagicha bo’ladi:

=38,9-35,1=+3,8 s oshgan.

Buning o’zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi.

Birinchi omil, ekin maydonlarning xosildorligi o’zgarishi hisobiga. Buning uchun xosildorlikning umumiy indeks formulasi orqali aniqlaymiz:

=1,1057 yoki 110,57% ga teng bo’ladi.

Demak, xosildorlikning o’zgarishi hisobiga shu davrdagi o’rtacha xosildorligi - 10,57(110,57-100,00)% ga oshdi. Mutlaq o’zgarishi esa quyidagicha bo’ladi:



=(17150,0-15470,0):440=+3,70 s oshgan.

Ikkinchi omil, ekin maydonlarning tarkibi (strukturasi) o’zgarishi hisobiga. Buning uchun ekin maydonlarning tuzilmaviy siljishli umumiy indeksi formulasi orqali aniqlaymiz:



=35,2:35,1=1,0024

yoki 100,24% ga teng bo’ladi.

Demak, ekin maydonlarning tarkibi (strukturasi) o’zgarishi hisobiga – shu davrda o’rtacha xosildorlik – 0,24(100,24-100,00)% ga oshgan. Mutlaq o’zgarishi esa quyidagicha bo’ladi:

=35,2-35,1=0,1 s oshgan.

Endi, yuqorida hisoblangan ko’rsatkichlarni bir-biriga to’g’ri kelishini (ularning tengligini) tekshirib ko’ramiz:


Nisbiy tenglikda:

1.1057 x 1,0024=1,1083

Mutlaq tenglikda:

+3,2 + 0,1 = +3,8 ga teng bo’ladi.

Demak, ekin turlari bo’yicha shu davrda o’rtacha xosildorlik 10,83% ga yoki (+3,8)s oshgan bo’lsa, buning o’zgarishiga ikkita omil ta’sir etdi. Birinchidan, ekin maydonlarning xosildorligi o’zgarishi hisobiga 10,57% ga yoki (+3,70)s oshgan bo’lsa, ikkinchidan ekin maydonlarning tarkibi (strukturasi) bo’yicha esa-0,24% ga yoki 0,1 s oshgan.

Shu tartibda o’simlikchilikka tegishli bo’lgan boshqa maxsulot turlari bo’yicha ham tahlil etish mumkin.




Download 365,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish