5. Yuqori texnologik mahsulotlarning marketing xususiyatlari Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo’nalishida faoilikni ta’minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qoilab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o’rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish haqida yuqorida shakllantrilgan iezis jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o’sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblansada, bir qator sabablarga ko’ra bugungi kunda uni amalga oshirib bo’lmaydi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat korxonalari hamkorlar e’tiborini jalb qilish o’zaro raqobatlashishi lozim. Buning uchun nima sababdan xorijiy firmalar strategik ittifoq va hamkorlikka qadam qo’yishini aniq tasavvur etish lozim.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Zamonaviy innovatsion marketingni strategik ko’rinishlarini sharxlab bering.
2. Yuqori texnologik tovarlarning innovatsion marketing xususiyatlari qanday tavsiflanadi?
3. Yangi innovatsion tovarlarni ishlab chiqishda maqsadli bozor tahlili.
Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish.
1. Innovatsion marketing faoliyatini ahamiyati. Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalarni natijalarini tijoratlashuvi strategiyasini ishlab chiqishda maqsadli bozor tahlili. Innovatsion faoliyat yo‘nalishlari eng avvalo ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu mahsulotni tajriba joylarida so‘ngra esa bozorda tekshirib ko‘rishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar yangi mahsulot muvaffaqiyatinning quyidagi omillari aniqlab berdi (16.1-jadval).
16.1-jadval ma’lumotlaridan kelib chiqadiki, asosiy muvaffaqiyat omili mahsulotning bozor talablariga moslashganligi hisoblanadi. Bu innovatsion marketingning asosiy kompetensiyasi hisoblanadi.
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqarilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini o‘rganish, innovatsion loyihani biznesloyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi.