Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalarni natijalarini tijoratlashuvi strategiyasini ishlab chiqishda maqsadli bozor tahlili.
Yangi mahsulot va texnologiyalarni bozorga kirish strategiyasi.
Yuqori texnologik mahsulotlarning marketing xususiyatlari.
1. Zamonaviy innovatsion strategiyalar va innovatsiyalar marketingi O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan Respublika “Innovatsion g’oyalar, ishlamalar va texnologiyalar”, “Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjalar yarmarkasi”da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish ishlamalari va texnologiyalari, qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sifat ko’rsatkichlari xalqaro ISO/MEK standart talablariga mosligi va O’zbekistonda lokalizatsiya qilingan import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan ko’plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda.YUqori tartibdagi raqobat afzalliklari (yangi ilmiy ishlamalar, texnologiyalar, novotarlarning innovatsion monopoliyasi)ga asoslangan innovatsion rivojlanishi yangi sohalar va yangi bozorlarga faol bostirib kirishni tashkil qilish uchun katta strategik imkoniyatlar yaratadi. Bu strategik imkoniyatlar o’z navbatida iqtisodiy o’sishning sifatan yangi salohiyatini yaratadilar. Kompaniyaning har tomonlama rivojlanishi strategiyalarining variantlar berilgan.
Tashkilot uchun har tomonlama rivojlanishning oltita strategiyalari eng katta ahamiyatga ega:
1. Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo’shma korxonalar tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish.
2. Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish.
3. Turdosh bo’lmagan sohada har tomonlama rivojlanish.
4. Ishlab chiqarishni yig’ishtirish va tuzatish.
5. Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish.
6. Ko’p millatli har tomonlama rivojlanish.
Agar yangi sohaga kirib borish, yangi kompaniya yoki qo’shma korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o’rinlarini egallash uchun qo’llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig’ishtirish va tugatish va transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko’ra, kuchli va etarlicha keng har tomonlama rivojlangan korporatsiyalarda vujudga keladi.