3. Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalarni natijalarini tijoratlashuvi strategiyasini ishlab chiqishda maqsadli bozor tahlili
XXI asr dastlabki kunlaridanoq dunyo rivojlanishining barcha jabhalarida - iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy jarayonlar, demografiya, geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar yangi sifat o’zgarishlaridan darak bermoqda. YAqin o’tmishda etarlicha barqaror va muvozanatli bo’lgan bu jarayonlar duch kelayotgan o’zgarishlar girdobi ortidan zamonaviy fan vaqti kelganda ulgurmay ham qolmoqda.
Shu narsa tobora yaqqol ko’zga tashlanib bormoqdaki, geostrategik holat, fan va texnika yutuqlari, kadrlar va ilmiy salohiyat, tabiiy resurslar kabi mavjud ob’ektiv omillardan samarali foydalangan mamlakatlar rivojlanish borasida ancha ilgarib ketgan. Bu mamlakatlar ichki iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlar yangicha tizimini shakllantirib, odamlar hayot tarzini yanada yuqori darajaga etkazib oldi. Ushbu ijtimoiy tizimga AQSH va arbiy Evropaning bir qator mamlakatlari, sharqda esa YAponiya misol bo’la oladi.
Fan - texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalana olmagan mamlakatlar vujudga kelgan sharoitlarga moslasha olmay, rivojlanish yo’lida ancha ortda qolib ketmoqda. Bunday tendensiya yangi emas, albatta. U XX asrda ham tadqiqotchilar tomonidan kuzatilgan. Uchinchi ming yillik bo’sag’asida bu tendensiya yanada kuchayib, uning ta’siri ostida iqtisodiyoti rivojlanmagan mamlakatlar faol xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar doriasidan chetga chiqib qolmoqda. Bu mamlakatlar global xarakterga ega, o’ta murakkablashgan munosabatlar tizimida teng huquqli hamkor bo’la olmaydilar. Ular jahon ijtimoiy jarayonlarining ishtirkochilariga aylana olmaydilar, ularga eng yaxshi holatda kuzatuvchilar roli ajratiladi.
4. Yangi mahsulot va texnologiyalarni bozorga kirish strategiyasi.
Hozirgi sharoitlarda iqtisodiyotning eng muhim tavsifnomasi fan, ilg’or texnologiyalar, texnologik bazalarning qanday holatda ekanligi boiib, bu o’z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.
Rivojlangan davlatlarning texnologik yutuqlaridan foydalanish, bu sohada avvalo, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik o’rnatish, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyadan imkon qadar keng foydalanishga intilish zarur. Bunday jarayonlar butun dunyoda ro’y bermoqda. YUqorida qayd etib o’tildiki, texnologik jihatdan ilg’or mamlakatlar yagona texnologik makon tuzgan boiib, mamlakatimiz unga teng huquqli hamkor boiib kirishi, ayrim yo’nalishlarda esa etakchilik uchun kurashishi lozim, buning uchun esa milliy texnologik darajada etarlicha yuqori boiishi zarur.
Bu borada Prezidentimiz LKarimov o’z asarlarida uzoq muddatga, ya’ni 2009-2014 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqish to’g’risidagi masalaga alohida e’tibor qaratdilar. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha maqsadli loyihalar o’z ifodasini topadi.
Mazkur keng koiamli dasturni amalga oshirish uchun mamlakatimizda so’nggi yillarda jiddiy tayyorgarlik ko’rib kelinmoqda. Jahon iqtisodiy inqirozi bu jarayonni yanada jadallashtirishga turtki berib, uni har tomonlama tezlashtirishni taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |