8-mavzu. Huquqiy tadqiqotlar va ularning turlari. Keys stadi (case study) metodi. Irac/creac usuli reja



Download 55,8 Kb.
bet6/9
Sana21.04.2022
Hajmi55,8 Kb.
#570326
TuriМетодические рекомендации
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-мавзу назарий маълумоти

Muammoli savol – kazuslar.


Kazus – biror hayotiy hodisa, muammoli vaziyat bayoni bo'lib, bo'lg'usi yuristlar tomonidan uni qonuniy hal qilish talab etiladi. Bunda kazus tarkibida talaba uchun javobga ishora sifatida xizmat qiladigan ortiqcha yordamchi savollar bo'lmasligi lozim. Bu yerda ham savolning nomiga e'tibor kerak: muammoli savol. Demak, bu xil savollarda albatta muammoli holat, murakkabligi turlicha bo'lgan vaziyat, tortishuvchi tomonlarning har birini haqdek ko'rsatadigan jihatlar mavjud bo'ladi. Talaba o'zining nazariy bilimlariga – huquqshunoslikka oid darsliklar, ilmiy adabiyotlardagi aniq ko'rsatmalar, mavjud qonunchilikdagi normalarga tayangan holda bu muammoli holatga huquqiy baho berishi, kimning ko'proq haq ekanini isbotlab ko'rsatishi lozim bo'ladi.
Yaxshi kazus savoli, qoida tariqasida, sud tomonidan ko'rib chiqilgan amaliy holatlar, tipik vaziyatlar asosida shakllanadi. Biroq kazusda mazkur ishning dalillari o'zgartirilgan, qo'shimcha voqealar kiritilgan va talabadan har ikki tomonning huquq va majburiyatlari bo'yicha muhokama yuritish yoki holat yuzasidan huquqiy maslahat berish so'ralishi mumkin.
Ma'lumki, bo'lg'usi huquqshunos talabalar faqat mutaxassislik fanlaridangina emas, balki o'zining zamonaviy shaxs, inson sifatida shakllanishiga yordam beruvchi nomutaxassislik fanlaridan ham saboq olishadi. Bu fanlardan tuzilgan muammoli savollarning ham, tabiiyki, o'ziga xos jihatlari, talablari mavjud.
Umumta'lim fanlari, masalan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes, korporativ boshqaruv, huquq falsafasimi yoxud xorijiy tillar, hujjatlar tiliga oid bo'ladimi, mazkur savollarda ham sohalar faoliyatida, fanlardagi tushunchalar orasida uchrab turadigan murakkabliklar savol mazmunini tashkil etadi.
Ko'rinadiki, mantiqiy savol hamda muammoli savol (kazus)lar o'rtasida bir qator umumiyliklar hamda muayyan farqlar mavjud. Eng asosiysi – ular o'zaro bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, nazariy savollar to'g'risidagi bilimlarsiz kazuslarni “echib”, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish ko'nikma va tajribasisiz esa mantiqiy savollar ichidagi nozik jihatlarni to'la ochib bo'lmaydi.
Faqat bunda bir muhim shartga e'tibor qaratish lozim. Har ikki savol turi talabalarning bilimi, imkoniyati, tajribasini, demakki, ular nechanchi kursda ekanini inobatga olgan holda tuziladi.
Deylik, 1- va 2-kurs talabalarining bilim darajasini hisobga olgan holda, mantiqiy savollarga nisbatan quyidagi talablar belgilanishi maqsadga muvofiqdir: “Ushbu masalaning to'g'riligini tavsiflang yoki aniqlang”,O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda muhokama qiling”. Bu bosqichdagi talabalardan muayyan ziddiyatli vaziyat xususida olimlar, soha mutaxassislari fikrlari, huquqning fundamental tushunchalari, prinsiplari hamda qonunchilik ko'rsatmalariga tayangan holda o'z fikrlarini tizimli yozma bayon etish talab qilinadi. Ulardan mantiqiy savolning to'liq talqinini yoxud tanqidiy muhokamasini talab qilish o'rinsizdir. CHunki bu topshiriqlar javob beruvchidan anchagina katta huquqiy bilimlar bazasini, talqin va tahlilning qiyosiy metodlarini talab etadi.
3-kurs talabalari oldida esa o'rtaga qo'yilgan savolni endi atroflicha tahlil etish vazifasi turadi. Talaba huquqiy vaziyat, fakt, hodisaning mohiyatiga e'tibor qaratishi, qabul qilinadigan huquqiy yechimning oqibatlarini hisobga olishi, o'z xulosalarini bir necha qonun normalari bilan asoslashi lozim bo'ladi. Zero, bu bosqich talabasi ayni vazifalarni ado etishini ta'minlaydigan huquqiy bilimlar hamda tajribalarning muayyan zahirasiga ega bo'ladi.
4-kurs va magistratura talabalari esa savollarga javob tayyorlar ekan, ularda bayon etilgan muayyan huquqiy vaziyat, da'vo, tafsilotlarni tanqidiy nuqtai nazardan tahlildan o'tkazishi lozim. Bu yerdagi “tanqidiy nuqtai nazar” iborasi u yoxud bu tomonni, vaziyat yoki da'voni tanqid qilish deb tushunilmasligi, balki mantiqiy savol yoki kazusda o'z aksini topgan materialga mavjud qonunchilik normalari, turli nufuzli olimlar (mualliflar) qarashlari hamda o'z nuqtai nazaridan kelib chiqib har tomonlama yondashishga, shu tariqa haqiqatni yuzaga chiqarishga harakat qilish sifatida anglanilishi kerak. Demak, tanqidiy tahlilning mohiyati qonunchilikka va ilmiy fikr vakillarining qimmatli qarashlariga tayangan holda munozarali, noto'g'ri elementni o'z ichiga olgan vaziyatga nisbatan o'z pozitsiyasini aniqlash va ularni asosli rad etishdan iborat.

Download 55,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish