8-мavzu: Hazm fiziologiyasi. Og’iz boshlig’i, me’da hazimlanish. Reja



Download 1,37 Mb.
bet19/22
Sana31.12.2021
Hajmi1,37 Mb.
#200420
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
маъруза 8

Ochlik va chanqov hislari.

Ochlik va chanqov ozmi-ko‘pmi uzoq vaqt ovqat va suvdan mahrum bo‘lish natijasida kelib chiqadigan noxush, ko‘pincha xatto uqubatli hislardir. Bu hislarning biologik ahamiyati shundaki, ular organizmni ovqat yoki ichimlik qidirishga va uni iste’mol qilishga rag‘batlantiradigan kuchli omildir.



Ochlik hissi. Ochlik hissi me’da sohasida ko‘ngilsiz sezgilarning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu his odatda «ich talash» sezgisi bilan ifodalanadi. Bu sezgilar ko‘ngil aynish va ko‘ngil ozish bilan o‘tadi. Bunda ko‘pincha darmon quriydi va umumiy zaiflik seziladi. Ochlik hissi har 1-1,5 soatda davriy ravishda paydo bo‘ladi va 15-20 minut davom etadi. Odatda me’da bo‘sh turganda ochlik xissi paydo bo‘ladi. Patologik ochlik hissi bundan mustasno; u bosh miya ba’zi bo‘limlarining ho­lati buzilganda kuzatiladi va patologik ochko‘zlik - bulimiyada namo­yon bo‘ladi. Ochlik sezgisi markaziy nerv sistemasining keng sohasiga borliq, bu sohani I. P. Pavlov «ovqat markazi» tushunchasi bilan ifodalagan. Bu markaz anatomik tuzilma emas, balki funksional tuzilmadir. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining turli qismlarida, po‘stloq osti yadrolarida va oraliq miyaning retikulyar formatsiyasida, jumladan gipotalamusda joylashgan hujayralar ovqat markazining tarkibiga kiradi. Ochlik va to‘qliq sezgilari ovqat markazining holatiga bog‘liq. Ovqatga doir hulqni boshqarish, ya’ni ovqat topish va eyish, bir butun sistema sifatida hazm yo‘llari faoliyatini murakkab refleks yo‘li bilan boshqarish va koordinatsiyalab turish ovqat markazining funksiyalaridir. Ovqatga doir hulqni boshqarishda gipotalamus va retikulyar formatsiya yadrolarining roli kalamushlarda gipotalamus yadrolariga ta’sir etib o‘tkazilgan tajribalarda aniqlangan: ba’zi yadrolarga ta’sir etilganda ovqatga ehtiyoj ko‘payadi, boshqa yadrolar ta’sirlanganda esa hayvon ovqatdan yuz o‘giradi. Periferiyadagi turli retseptorlardan, jumladan, hazm yo‘lining uzidagi retseptorlardan keladigan impulslar ham, shuningdek gumoral agentlar, ya’ni qon bilan keluvchi turli ximiyaviy birikmalar ham ovqat markazini qo‘zg‘atadi va tormozlaydi. Ovqat markazi faoliyatida, aftidan, nerv hujayralarining o‘zida ruy beruvchi modda almashinuvi protsesslari muhim ahamiyatga ega bo‘lsa kerak Nafas markazining nerv hujayralarida hosil bo‘luvchi karbonat kislota bu markazni qo‘zg‘atgani singari, modda almashinuv protsesslari ham ovqat markazini avtomatik ravishda qo‘zg‘ata va tormozlay oladi. Ochlikning fiziologik mexanizmini tushuntirish uchun ikkita nazariya taklif etishgan.Birinchi nazariya ochlikni biror organdagi nerv oxirlarining ta’sir-lanishidan qat’i nazar paydo bo‘ladigan umumiy his deb talqin kiladi. Bu nazariyaga ko‘ra, qon tarkibinint va gavdadagi turli organlar, jumladan markaziy nerv sistemasi holatining o‘zgarishi natijasida ochlik kelib chiqadi, deb faraz qilinadi. Xujayralar oson o‘zlashtiradigan modda, masalan, glyukoza qonga yuborilganda ochlik xissining yuqolishi bu nazariyaning eng kuchli dalillaridan biri qilib keltiriladi. Biroq ochlikka mahalliy his deb qarovchi ikkinchi nazariya ham bu faktni oson izohlay oladi. Ikkinchi nazariyaga muvofiq, ochlik sezgisi mahalliy bo‘lib, hazm yo‘lining interoretseptorlaridan bosh miyata impulslar kelishiga borliq. Bu nazariya ochlik hissiga hazm yo‘li davriy faoliyatining natijasi deb qaraydi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish