Qishloq xo’jaligida texnikaviy servis xizmatini ko’rsatish:
«mashina-traktor parklari» birlashmasi ochiq hissadorlik jamiyati tarkibidagi mashina-tarktor parklari (MTP);
texnik servis markazlari va ta’mirlash ustaxonalari;
muqobil MTPlar;
xususiy mulk shaklidagi servis xizmati ko’rsatish korxonalari.
Qishloq xo’jalik korxonalarini texnika vositalari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash xizmatlarini kuyidagi korxona va tashkilotlar amalga oshiradi:
«O’zagromashservis» uyushmasi tizimidagi viloyat ta’minot bazalari;
«O’zqishloqxo’jalikmash» xolding kompaniyasi;
«O’zqishloqmashlizing» lizing kompaniyasi;
«O’zkeysagrolizing» kompaniyasi»
lizing operatsiyalarini bajaruvchi banklar va boshqalar.
Melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash xizmatini qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi tizimidagi va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar amalga oshiradi. Bularga quyidagilar kiradi:
suvdan oqilona foydalanish va sug’orishning ilg’or texnologiyalarini qo’llash xizmati;
melioratsiya suv qurilish trestlari, ularning tarkibidagi maxsus mexanizatsiyalashgan ko’chma kolonnalar;
suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va boshqalar.
Agrokimyo xizmatini «O’zqishloqxo’jalikkimyo» birlashmasi tizimidagi korxonalar amalga oshiradi. Bularga quyidagilar kiradi:
«O’zqishloqxo’jalikkimyo» bazalari;
tuman va tumanlararo «O’zqishloqxo’jalikkimyo» birlashmalari;
mineral o’g’itlar va kimyoviy preparatlar sotish do’konlari.
Etishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini axoliga sifatli, tabiiy holatini saqlagan holda yetkazib berishda mahsulotlarni saralash, saqlash va qayta ishlash xizmatining o’rni katta ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo’jaligida ushbu xizmatlarni quyidagi korxonalar amalga oshiradi:
Kooperativlarni ilmiy asosda shakllantirish tizimi zamon talabiga javob bera oladigan xo’jalik yuritishning yangicha shakllariga o’tishni, balki kompleks agroxizmat ko’rsatishni ta’minlash imkonini beradi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning kooperativlari tizimini shakllantirishga bo’lgan bunday yondoshuv quyidagi vazifalarni hal etishni ko’zda tutadi:
ishlab chiqarishni tashkil etishning kooperativ shaklini asoslashni;
xo’jalik yuritishning kooperativ shakllarini tashkil etish va amalga oshirish tamoyillarini ishlab chiqishni;
kooperativlar tuzishga talab katta bo’lgan joylarda kooperativlar va xizmat ko’rsatish doiralarini tashkil etish yo’nalishlarini belgilashni;
xududlarda xo’jalik yuritishning (xukukiy, tashkiliy, iqtisodiy) oqilona shakllarni aniqlash hamda asoslashni;
hududiy kooperativ xo’jalik va boshqalarning o’zaro munosabatlari sxemasini ishlab chiqishni.
Kooperatsiya bir necha ustunliklarga ega bo’lib, ulardan eng muhimi kapital tarkibining mayda shaklidan katta miqyosda ishlab chiqarishni hech bo’lmaganda iqtisodiy maqsadga muvofiq sohalarda (saqlash, qayta ishlash, sotish, jamg’arish, servisda) faoliyat yuritishni tashkil qilish imkonini yaratadi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Kooperativlar faoliyat ishlab chiqarishning boshqa shakllaridan qator omillar bo’yicha farq qiladi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning o’z tashabbuslari bilan tashkil etiluvchi va ular tomonidan tavakkalchilik asosida boshqariluvchi kooperativlar jamoa mulkining bo’lishini tavsiflaydi. Kooperativning asosiy vazifasi o’z a’zolariga xizmat ko’rsatuvchi va tovar ishlab chiqarish, uning faoliyat natijasida olinuvchi daromad esa asosan rezerv va birlashmaning boshqa fondlarini to’ldirishga ketadi. Qolgan daromad qismi kooperatsiya bo’yicha sheriklar o’rtasida ularning ulushiga proportsional ravishda taqsimlanadi.