Jadvallar, shakl va blanklar tashkil etish
a) Jadvallar tashkil etish.
Ma’lumki, jadval qator va ustunlarga bo`lingan katak(yacheyka)-lardan tarkib topadi. Kataklarga sonli yoki mantnli ma’lumotlarni joylashtirish mumkin va joylashgan ma’lumotlarning uzunligiga qarab, qator yoki ustunlarning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Bundan tashqari, kataklarni qo`shimcha ramkalash yoki ularga yangi kataklar qo`shish, jadvalda arifmetik amallarni ham bajarish, jadvaldagi ma’lumotlarga ko`ra diagrammalar ham yasash mumkin.
Uskunalar panelidagi - Добавит таблицу tugmasi
yordamida bo`sh jadval yaratish mumkin. Bo`sh jadvalni menyu satridan natijasida ham hosil qilish mumkin. Qator va ustunlar soni buyrug`i muloqot oynasi sanag`ichi yordamida ajratiladi.
Uskunalar panelidagi - Таблицы и границы tugmasi, hamda menyu satridan.
Buyruqlari hujjat ichida jadvalni qo`lda chizishni ta’minlaydi. Bunda Таблицы и границы uskunalar paneli ochiladi. Avvalo jadvalning tashqi shakli chiziladi, so`ngra uni alohida-alohida kataklarga bo`linadi.
Siz yaratmoqchi bo`lgan jadvalning qatorlari yoki ustunlari turli sondagi kataklardan tarkib topgan bo`lishi mumkin. Bunday jadvalni yaratish uchun, avvalo, qatorlar va ustunlarda teng miqdordagi kataklar yaratiladi, so`ngra ayrim kataklarni birlashtirish yoki bo`lish lozim. Buning uchun birlashtiriladigan (bo`linadigan) kataklar ajratilibnadi va OK bosiladi.
Jadvalni bo`luvchi chiziqlarni qo`lda chizish yoki o`chirish mumkin. Buning uchun Таблицы и границы uskunalar panelidagi Нарисоват таблицу va Ластик tugmalari xizmat qiladi.
Qator va uskunalar, jadvalning ramkasi "Sichqoncha" manipulyatori chap tugmasini bosib turib cho`ziladi(tortiladi).
Qo`lda jadval katagi chegarasi va rang holatini o`zgartirish uchun Таблицы и границы uskunalar panelidagi Внешныe границы va Цвет заливки tugmalari xizmat qiladi.
Jadvaldagi barcha harakatlar "Sichqoncha" yoki klaviatura tugmachalari orqali amalga oshiriladi. Jadval katagiga matn kiritish uchun, avvalo kursor katakka joy-lashtiriladi va shu joydan matnni kiritish mumkin. Katakda yangi satrdan(xat boshidan) matn kiritishni boshlash uchun ENTER tugmasi bosiladi. Jadval oldiga qatorni joylashtirish uchun kursorni birinchi qatorga qo`yib, ENTER tugmasi bosiladi. Jadvaldagi matn yoki uning qismini o`chirish uchun "Sichqoncha" yordamida qator yoki ustundagi matnni ajratib olib, so`ngra DELETE bosiladi.
Jadvalning har bir katagini boshqalariga bog`liqsiz ravishda formatlash mumkin. Agar jadval katagida "Sichqoncha" ning o`ng tugmasi bosilsa va uning hosil bo`lgan kontekstli menyusida Направление текста punkti tanlansa, u holda jadval katagidagi matn satrlari vertikal holatda joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |