Word dasturlari oynasi. Word dasturlari oynasiga matnlarni muharrirlik va formatlash uchun zarur elementlar kiradi. Oynaning yuqori qismida buyruklar paneli joylashgan bo`lib, ularga menyu satri va uskuna panellari kiradi. Uskunalar paneli 2 xil - standart va formatlash uskunalar panelidan iborat bo`ladi
Word 9X matnli protsessorini ishga tushirish tartibi quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
ishchi stolda Microsoft Word yorlig`ini tanlash;
bosh menyu orqali, buning uchun avval Пуск(ishga tushirish) tugmasi bosilib, so`ngra Программы bo`limi tanlanib, uning ichidan esa Microsoft Word buyrug`ini tanlash.
Menyu satridagi har bir menyu o`z buyruqlariga ega bo`lib, ularning vazifalari quyidagilardan iboratdir (bu vazifalar «sichqoncha» manipulyatorining chap tugmasi yordamida ishga tushiriladi):
Файл (fayl) menyusi – Создат (yaratish), Открыт (ochish), Закрыт (yopish), Сохранит (saqlash), Параметры страницы (sahifa parametrlari), Печат (chop etish), Выход (dasturdan chiqish);
Правка (to`g`rilash) menyusi – Отменит (bekor qilish), Повторит (qaytarish), Вырезат (qirqish), Копироват (nushalash), Вставит (joylashtirish), Очистит (tozalash), Выделит (ajratish), Найти (izlash), Заменит (almashtirish), Перейти (o`tish);
Вид (ko`rinish) menyusi – hujjatni ko`rish rejimini tanlash buyruqlari (Обычный (oddiy), Web-документ (Web-hujjat), Разметка страницы (sahifani belgilash)), uskunalar paneli va hujjat matni masshtabi tasvirini sozlash;
Вставка (joylashtirish) menyusi – har-xil ko`rinishdagi matnlar va grafik tasvirlarni hujjat matni ichiga joylashtirish;
Формат (format) menyusi – matnlar va grafiklarni formatlash (ularning o`lchami va rangini o`zgartirish);
Сервис (xizmat) menyusi – hujjatlarni tekshirish va Word dasturlarini sozlash;
Таблица (jadval) menyusi – jadvallarni hosil qilish, to`\rilash va formatlash;
Окно (oyna) menyusi - ochiq hujjatlar (fayllar) oynasini tartibga keltirish va kerakli oynani hujjatda ishlatish;
Справка (ma’lumot olish) menyusi – Word dasturi bilan ishlashga doir ma’lumotlarni berish uchun xizmat qiladi;
Standart uskunalar paneli Wordning zarur bo`lgan uskunalaridan iborat bo`lib, har bir uskuna «sichqoncha» manipulyatorining chap tugmasini bosish natijasida ishga tushiriladi.
Formatlash uskunalar panelida uskunalar tugmalari joylashgan bo`lib, bu tugmalar yordamida shriftning o`lchovi, ko`rinishi (og`ma (K), yarim to`q (J), tagiga chizilgan(Ch)) va turini tanlash mumkin. Bundan tashqari, chop etilgan matnni tekislashni, raqamlashni,belgilashni, abzats chekinishlarini tanlash va uskunalar joylashagan. Ish jarayonida boshqa uskunalar paneliga extiyoj tug`ilsa, u holda ularni "ochish" mumkin va oynaning ixtiyoriy chegarasiga joylashtirish mumkin.
Uskunalar paneli ostida chizg`ich (lineyka) joylashgan bo`lib, u santimetr yoki dyuymlarda ifodalangan. Chizg`ich oynaning ishchi sohasida elementlarning joylaninishini va formatlash amallarini boshqarishni nazorat qilishda yordam beradi.
Oynaning asosiy qismini "ishchi soxa" egallaydi, u muharrirlanadigan hujjat mazmunidan iborat bo`ladi. Oynada ikki xil o`lchamni boshqarish tugmachalari mavjud: yuqoridagi tugmachalar dasturga, pastdagilari esa hujjatga tegishlidir.
Word 9X dasturining vertikal aylantirish sohasida uchta qo`shimcha o`tkazish tugmalari joylashgan: bitta varaq yuqoriga va pastga yoki tanlangan ob’yektga. Oynaning eng pastki qismida "Holatlar satri" joylashgan. U hujjatlar haqidagi joriy ish rejimini ko`rsatuvchi so`rov ma’lumotnomadan tarkib topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |