Bir nechta hujjatlar bilan ishlash. Word 9X matnli protsessor bir vaqtning o`zida bir nechta hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Ularning har biri o`z oynasida ochiladi. Bu oynalar dasturning umumiy oynasi chegarasidan chiqmaydi, lekin bir-birini yopib qo`yishi mumkin. Matnli protsessor vositalari ekranda bu oynalarni ekranda qulay joylashtirishni boshqarish va o`zaro almashtirishni ta’minlaydi. Har bir aktiv oyna uchun quyidagi tugmalar mavjud:
Yig`uvchi tugma bosilsa, hujjat oynasi ishchi sohaning chap pastki burchagiga panel tarzida joylashadi.
Yoyuvchi tugma bosilsa, aktiv oyna butun ishchi sohani egallaydi. Joriy fayl nomi sarlavha satriga o`tkaziladi, oyna o`lchamini boshqarish tugmalari esa menyu satriga o`tkaziladi.
Yopuvchi tugma yordamida hujjat yopiladi.
Agar kerakli hujjat oynasi boshqa hujjat oynalari bilan to`laligicha bekitilgan bo`lsa, u holda bu oynani ishga tushirishda Okno menyusidan foydalanish mumkin. U har bir ochilgan hujjatlarga xos punktlardan tarkib topgan.buyrugi ishchi sohada barcha hujjatlar oynalarini bir vaqtda ko`rishni ta’minlaydi, bunda oynalar ustma-ust joylashgan holatda bo`ladi. Ularning barchasi bir xil o`lchamga ega bo`lib, balandliklari yi\indisi ishchi soha balandligiga mos keladi.
Matnlarini kiritish va muharrirlash. Word 9X matn protsessorida ham matnlarni kiritish va muharrirlik qilish amallari, barcha matnli muharrir va matnli protsessorlardagidek standart holatda quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Joriy hujjat oynasida har doim o`chib - yonuvchi vertikal chiziqcha - kursor joylashgan bo`ladi. Matnlarni kiritish tugmachaxona orqali amalga oshiriladi. Kursor turgan joydan boshlab belgilar kiritiladi, belgi kiritilsa kursor o`ngga siljiydi.
2. Matnlar ikki xil rejimda kiritiladi:
- surish rejimi, bunda kiritilayotgan belgilar kursordan o`ngdagi belgilarni o`ngga suradi;
- almashlash rejimi, bunda kiritilayotgan belgini kursor turgan joydagi belgi bilan almashtiradi. Rejimlarning o`zaro almashishi INSERT tugmasi yordamida yoki "holatlar satri"dagi ZAM indikatorini manipulyatorning chap tugmasini ikki marta bosish bilan amalga oshiriladi.
3. Matn so`zlari satrning o`ng chegarasiga kiritilgandan so`ng, avtomatik tarzda keyingi satrga ko`chiriladi. Satr tugatilib, yangi abzatsdan belgilar kiritilishi lozim bo`lsa, ENTER bosiladi.
4. Kursorni hujjatining kerakli joyiga o`rnatish uchun, uni kerakli nuqtaga o`rnati-lib, manipulyatorning chap tugmasini bosish kerak. Bu vazifalarni tugmachaxonadan ham bajarish umkin. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan:
5. Matn va uning lavhalarini (fragmentlarini) ko`chirish, o`chirish va nushalash ishlarini amalga oshirish uchun avval ular belgilanishi (ajratilishi) lozim. Belgilash ishlarini sichqoncha yordamida yoki tugmachaxona yordamida SHIFT tugmasi bosilgan holatda kursorni ko`chirishda qo`llaniladigan tugmalardan foydalanib amalga oshirish mumkin. Ajratilgan lavha DELETE tugmasini bosib o`chiriladi.
Ko`chirish va nushalash ishlarini almashish buferi ("cho`ntak") yordamida amalga oshirish qulaydir. Matnni almashish buferiga o`tkazish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi:
Eslatma: Almashish buferida joylashgan matndan ko`p marotaba foydalanish mumkin.
Word 9X dasturida matnlarni turli ko`rinishlarda tartiblash, tasvirlash ishlarini amalga oshirish mumkin. Matnlarni tartiblashda ularni ro`yxat ko`rinishida yozish qulaydir. Word 9X da ro`yxatning ikki xil ko`rinishidan foydalaniladi:
1) Markerlangan ro`yxat, bunda ro`yxatlanayotgan matnning har bir
punkti bir xil markerlar bilan belgilanadi;
2) Nomerlangan ro`yxat, bunda punktlar natural sonlar ketma-
ketligida nomerlanadi.
Matnni yoki uning qismini nomerlangan yoki markirlangan ro`yxat tarzida ifodalash uchun, avvalo u ajratilib, so`ngra uskunalar panelidagi tugmalardan birini, mos ravishda, bosish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |