8-ma’ruza. Mahsulot sifati, sifat ko‘rsatkichlari. Iso 9000 seriyasidagi standartlar reja


ISO 9000 seriyali standartlarning qisqacha tavsifi



Download 51,67 Kb.
bet4/5
Sana09.07.2022
Hajmi51,67 Kb.
#767342
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahsulot sifati, sifat ko‘rsatkichlari. ISO 9000 seriyasidagi standartlar.

8.3. ISO 9000 seriyali standartlarning qisqacha tavsifi


ISO 9000 seriyali standartlar – sifat menejmenti tizimini yaratish bo‘yicha xalqaro standartlar turkumi bo‘lib hisoblanadi.
ISO 9000 turkumli standartlari asosini to‘rtta standart tashkil etadi va bular quyidagilar:
ISO 9000 – standarti, atamalar va shu bilan birga sifat menejmenti konsepsiyasi;
ISO 9000 standarti sifatni boshqarish bo‘yicha standartlar tizimi yoki ISO 9000 standartlar oilasida qo‘llaniladigan bir qancha fundamental atamalarni ta’riflab, standartlarni anglash uchun asos qilib olingan xolati bo‘lib hisoblanadi.
ISO 9001 standarti sifatni boshqarish tizimiga, ya’ni mahsulot yaratishda sizning layoqatingizni namoyish qilishga imkon berish, qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlar va iste’molchilarni qondiruvchi talablarni o‘rnatadi.
ISO 9004 standarti barcha qiziquvchi tomonlar kutishini va ehtiyojlarni bajarish shaklida, sifatni boshqarish tizimini doimiy yaxshilash bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi. Bu qiziquvchi tomonlarga iste’molchi va so‘ngi foydalanuvchilarni, korxona xodimlari rahbarlari va direktorlar, mulkdorlar va hissadorlar hamda jamiyat tushuniladi.
ISO 9001 va ISO 9004 standartlari juft standartlarni tashkil etib, iste’molchilarni qoniqtirishga harakat qilish va doimiy taraqqiyotni rivojlantirish, tashkilotdagi jarayonlar va uning faoliyati bilan zamonaviy sifatini boshqarishni o‘zaro aloqasini o‘rnatadi. ISO 9001 standarti sifatni boshqarish tizimi natijaviyligi bilan iste’molchilar talablarini qonidirishga ahamiyat berish, xaridorlar va ta’minotchilar bilan shartnoma tuzishda yoki sertfikatlashtirishda foydalanishga asosiy e’tiborni qaratadi. Bundan farqli o‘laroq, ISO 9004 standartidan sertfikatlashtirishda foydalanish mumkin emas, unda talablar o‘rnatilmagan, balki, tashkilot ishlarini yaxshilash bo‘yicha qo‘llanma tartibidadir. ISO 9004 standartining ISO 9001 standartidan farqli jihati nafaqat natijaviylik, balki, samaradorlikni e’tirof etilishidir.
Ularga ISO 19011 atrof-muhitni boshqarish tizimi va sifat menejmenti tizimi auditini o‘tkazish bo‘yicha rahbariy qo‘llanmani o‘zida namoyon qiluvchi universal standartini ham qo‘shish mumkin.
Bulardan ISO 9001:2008 «Sifat menejmenti tizimi. Talablar» bu turkumning eng asosiy standartidir.
ISO 9000 standartiga ko‘ra sifatni boshqarish tizimlari – tashkilot yoki korxonaning sifat sohasidagi siyosati va maqsadlarini, shuningdek bu maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilagan holda, tadbirlar ishlab chiqish, yetarli darajada resurslar bilan ta’minlanishi va rahbarlik qilish uchun boshqarish tizimidir. Umuman olganda, sifatni boshqarish tizimi – mahsulot yoki xizmatlar yakuniy natijasining sifatli bo‘lishini ta’minlashga yo‘nalgan holda korxonaning barcha ishlab chiqarish faoliyatini o‘rnatilgan tartib va talablar asosida muntazam boshqarishdir. Bu, eng avvalom bor, korxona ichida xodimlarni ishlashi va o‘zaro aloqalari bo‘yicha zarur hajmda hujjatlashtiriladigan (uslubiy qo‘llanmalar, protseduralar, korxona yo‘riqnomalari va h.k. ko‘rinishda) va chuqur o‘ylangan tartib va qoidalar yig‘indisidir.
Tashkilot yoki korxonada ISO 9000 seriyali xalqaro sifat standartlari asosidagi SBT joriy qilish quyidagilarga imkon yaratadi:

  • korxonani maqsadlari, boshqarish vositalari va usullarini sifatga yo‘naltirish;

  • ma’muriy boshqarish samaradorligi;

  • ishlab chiqarish davomiyligini qisqartirish;

  • korxona bo‘linmalari orasida o‘zaro aloqani yaxshilash;

  • nomuvofiqliklarni oldini olishga e’tiborni qaratish;

  • xarajatlarni kamaytirish;

  • mahsulot tannarxini kamaytirish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • mahsulot (xizmat) lar sifati va raqobatbardoshligini doimiy oshirish;

  • tashkilot obro‘-e’tiborini oshirish;

  • ta’minotchilarni tanlash, baholash va nazorat qilish;

  • o‘zgarayotgan bozor sharoitlariga tezkor va samarali yondoshish;

  • iste’molchilar uchun doimiy ishonchlilik kafolatini ta’minlash;

  • iste’molchilarni qanoatlanish darajasini doimo tahlil qilish va oshirish.

Shak-shubhasiz, tuzilishi va tarkibi bo‘yicha to‘liq uyg‘unlashgan ISO 9001 va ISO 9004 standartlari muhim ahamiyatga ega. Standartlar bundan oldingi versiyalarda yetarli uyg‘unlashmagan edi.
Turkumga ISO 9001 joriy qilish va iqtisodiyotda, hamda turli sanoat sohalarida ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiya standartlar ham kiradi. Asosiy va yordamchi standartlar ro‘yxati 8.2-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadvalda O‘zbekiston Respublikasida yuritiladigan aynan o‘xshash me’yoriy hujjatlar ko‘rsatilagan.
8.2-jadval

Download 51,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish