8-март байрами муносабати билан қуйидаги онахонлар совға-саломлар билан табриклаб чиқилди


II bob. Tadqiqot materiali, uslublari, o‘simlik haqida ma’lumot joyning geografik tavsifi



Download 4,68 Mb.
bet7/24
Sana13.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#785818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Eldor Ochilov dissertation1

II bob. Tadqiqot materiali, uslublari, o‘simlik haqida ma’lumot joyning geografik tavsifi

  1. Tadqiqot materiali, uslublari

Ushbu ish tadqiqoti uchun materiallar 2021-yilda Jizzax viloyati, mevali daraxtlari ildizi, ildiz atrofi tuprog‘idan, fitonematodalar tarkibini tekshirish uchun zarur bo‘lgan namunalar bahor, qish fasllarida to‘plandi.
Tuproq va ildiz namunalari o‘simlik pishib yig‘ilgandan keyin (fevral), gullab, meva tugganda (may) meva pishmasdan oldin olindi.
Fitonematodalarni aniqlashda, ko‘rinishidan kasallangan yoki nimjon bo‘lgan o‘simliklardan namunalar olishga katta e’tibor berildi. O‘simlikning ildiz sistemasini E.S.Kiryanova, E.L.Krall [34] uslubi bo‘yicha ko‘zdan kechirildi.
Mevali daraxtlar ildizi, ildiz atrofi tuprog‘i turli gorizontlaridan (0-20cm, 20-40, 40-60 cm) qish va bahor fasllarida o‘simlik ildizi, ildiz atrofi tuprog‘idan namunalar olindi. 100 dan ortiq doimiy va vaqtinchalik preparatlar tayyorlandi.
Namunalarni olishda biotik (o‘simlikning tashqi qiyofasi, fiziologik ahvoli) va abiotik (tuproq va havoning harorati, namligi, sug‘orish usullari, yondosh o‘simliklar, tuproq xili) omillar ham hisobga olindi. Namunalar alohida polietilen xaltachalarga solindi va etiketkalandi.
Fitogelmintologiyada o‘simlik va tuproqdan fitonematodalarni ajratib olishning eng qulay usullaridan biri Berman uslubidan va qo’shimcha usullardan foydalanildi.
Bu maqsad uchun tuproq namunalari yaxshilab aralashtiriladi, 10 g namuna olib, simli to‘r ustiga qo‘yiladi. Simli to‘r suvli shisha voronkani ustiga qo‘yiladi. Shisha voronkani uchiga rezina shlang o‘rnatilgan bo‘lib, uchi Mor qisqichi (zajim) bilan siqiladi. Voronka rezina nay bilan yog‘och shtativga tik shaklda o‘rnatiladi. Shundan keyin voronkalarni suvi ustiga mayda katakchali simli to‘r qo‘yiladi. Voronkadagi suv ustiga tekshirilayotgan tuproq doka tugunchada qo‘yiladi. Solingan tuproq suvga botib turishi kerak.
Namunalar bir sutkaga qoldiriladi. Bundan uzoq vaqt qoldirilsa, unda fitonematodalarning to‘qimalari parchalana boshlaydi. Cho‘kmaga tushgan fitonematodalarni asl nusxasini saqlash uchun 4-5% li formalinga (fiksator) o‘tkaziladi. Probirkani 1/9 qismiga 40%li formalin solib, qisqich oldida to‘plangan fitonematodalarni suvi bilan formalinli probirkaga o‘tkazildi. Probirkaga namunalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozilgan yorliq qog‘ozi solinadi va po‘kak qopqoqcha bilan yopiladi.
Ajratib olingan fitonematodalar namunalari tadqiqot uchun rasmiy sirka (FA) yoki rasmiy propionik (FP) 4:1 bilan fiksatsiya qilindi. Bunda 10 ml formalin (40%) formaldegid), 1 ml muzli sirka kislota (yoki propion kislotasi), 2 ml glitserin, ustidan 100 ml gacha distillangan suv quyiladi.
Keyinchalik ularning tur tarkibini aniqlash maqsadida doimiy preparatlar tayyorlandi. Preparatlar DN-300 M 18x100 mikroskopida tekshirildi.
Tekshirish uchun olingan mevali daraxtlar ildizi, ildiz atrofi tuprog‘i alohida taxlil qilindi. To‘plangan mevali daraxtlar ildizlari birma-bir toza suvda yuvilib, 0,5 cm kattalikda maydalab qirqildi, so‘ngra yaxshilab aralashtirildi.
Hosil bo‘lgan qorishmadan o‘rtacha miqdorda 10 g dan olindi. Har bir gorizontdan besh marta 10 g dan olindi. Voronka suviga botirilgan tuproqdan, ildiz namunalaridan fitonematodalar ajralib, kapron to‘r orqali suvga chiqib, qisqich oldida to‘planadi. Namunalarni olishda, alohida probirkaga nematodalarni fiksirlash uchun formalin solinadi, so‘ng qisqich olinib, suv nematodalari bilan probirkaga o‘tkaziladi.
Fitonematodalarni tur tarkibini aniqlashga o‘tishdan oldin fitonematodali probirkani 60%li issiq suvga tushirilib olinadi, isitib olish orqali fitonematodalarni bujmayib qolishdan saqlanadi. Ehtiyotlik bilan isitish fitonematodalarni tuzilishiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Fitonematodalar tur tarkibini aniqlash uchun E.S.Kiryanova [33], O.M.Mavlonov [38] bo‘yicha doimiy mikropreparatlar tayyorlandi.
Nematodalarni turgacha aniqlashda DN-300 M 18x100 mikroskopdan foydalanildi.
Vaqtinchalik va doimiy preparatlar tayyorlash uchun nematodalar 4% formalinda fiksirlandi va preparoval nina orqali, binokulyar yordamida terilib, soat oynachasiga qo‘yildi. Terilgan nematodalar spirt-glitserin aralashmasida qoldirildi (ikki qism spirt, bir qism glitserin).
Aralashmadan suv bug‘lanib chiqib ketguncha qoldirildi. Glitserin nematodalarni ichki a’zolarini tiniqlashtiradi, aniqlash oson bo‘ladi. Keyin nematodalar doimiy preparat tayyorlash uchun glitserin-jelatinga o‘tkazildi va ulardan doimiy preparatlar tayyorlandi. Doimiy preparatlardan aniqlagichlar yordamida fitonematodalar turgacha aniqlandi.
Doimiy preparatlar uchun glitserin-jelatin quyidagicha tayyorlanadi: 7 g maydalangan jelatin 42 g distillangan suvga solib qo‘yildi, jelatin ivib shishgandan keyin 50 g glitserin solindi. Hamma aralashma bir xil holatga kelguncha suv hammomida isitildi.
Glitserin-jelatin tayyor bo‘lgach uni uzoq saqlash maqsadida 1g karbol kislotasidan solindi. Glitserin-jelatin buyum oynachasiga tomizilib, uni ustiga 5-8 tadan nematodalar terildi, usti qoplagich oyna bilan yopildi, etiketkalar yozilib, DN-300 M 18x100 mikrometrli mikroskop yordamida nematodalar turgacha aniqlandi. Nematodalarni turgacha aniqlash ishlari kafedrada ilmiy rahbarim boshchiligida olib borildi.
Topilgan nematodalarning foiz nisbatiga qarab, (Witkovsky, [59]) Vitkovskiy qo‘llagan termindan foydalanildi. Vitkovskiy bo‘yicha bularni 5 guruhga bo‘lish mumkin, bular eudominantlar (hamma topilgan nematodalarning 10%ini tashkil qiladiganlari), dominantlar (5-10% gacha), subdominantlar (2-5%gacha), retsedentlar (1-2%gacha), subretsedentlar (1 foizdan past).




  1. Download 4,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish