8-март байрами муносабати билан қуйидаги онахонлар совға-саломлар билан табриклаб чиқилди



Download 4,68 Mb.
bet4/24
Sana13.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#785818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Eldor Ochilov dissertation1

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mevali daraxtlar ekilgan maydon o‘simlik ildizi, ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalar jamoasini o‘rganish mavjud parazit turlarni aniqlashga va ularga qarshi kurash, zararlanishni oldini olish chora-tadbirlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga imkon beradi.
Tadqiqot natijalaridan umurtqasizlar zoologiyasi, fitogelmintologiya, tuproq biologiyasi, tuproq ekologiyasi, tuproq zoologiyasi, ekologiya fanlaridan turli ko‘rsatmalar ishlab chiqishda foydalanishga tavsiya etiladi.
Mevali daraxtlar, jumladan, olma, o‘rik o‘simligi ildizi, ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalar jamoasini solishtirib o‘rganish, mevali bog‘lar ekilgan maydon o‘simliklar tuprog‘i fitonematodalar jamoasini shakllanishidagi rolini ochishga, olma, o‘rik o‘simliklari ildiz atrofi tuproqlari turli invaziyalarni rezervatsiya joyi bo‘lib qolishi mumkinligi haqidagi qonuniyatlarni isbotlashga imkon beradi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya ishi kirish qismi, 4 ta bob (1-bob o‘rganish tarixi, 2-bob tadqiqot materiali, uslublari, tekshirilayotgan o‘simliklarga tavsif, joyning geografik tavsifi, 3- va 4-boblar ishning borishi va olingan natijalar), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati qismlaridan iborat. Umumiy hajmi 67 bet.


I bob. Fitonematodalarni o‘rganish tarixi

  1. Tuproq fitonematodalarini o‘rganish tarixi

Fitonematodalar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar O‘zbekistonda “Fitogelmintologiya” maktabiga asos solgan olim A.T.Tulaganov ishlarida keltirilgan.
“O‘zbekistonning o‘simlikxo‘r va tuproq fitonematodalari” [55] asari Zarafshon vodiysi g‘o‘za maydonlari va ularning ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalari faunasini o‘rganishga doir ilmiy ekspeditsiyalar natijalari asosida yuzaga kelgan.
Asarda muallif birinchi marta g‘o‘za fitonematodalari tarkibini miqdoriy va sifat xususiyatlarini taxlil qilib bergan. Tadqiqotlar natijasida Zarafshon vodiysi g‘o‘za maydonlaridan 45 turga mansub fitonematodalar topilgan, shu fitonematodalarning 21 turi g‘o‘za maydonlari uchun xarakterli hisoblangan.
A.T.Tulaganov [53, 54] Qoraqalpog‘iston sharoitida Kegeyli, Kuybishev tumanlari g‘o‘za maydonlaridan 12 tur fitonematodalar aniqlaydi. Stilet formalaridan muallif tomonidan quyidagi turlar aniqlanadi: Aphelenchus avenae, Aphelenchoides parietinus.
A.T.Tulaganov tadqiqotlari natijasida Amudaryo o‘ng qirg‘og‘i g‘o‘za maydonlari fitonematodafaunasi tur tarkibi, Amudaryoning chap qirg‘og‘i g‘o‘za maydonlari fitonematodafaunasi tur tarkibidan turlarining xilma-xilligi, sonining kamligi bilan farqlanishi ilmiy isbotlangan.
A.T.Tulaganov [52, 53] va O.Mavlonov [38, 52] larning ishlarida g‘o‘za va uning ildiz atrofi fitonematodalari turi va soniga tuproqqa ishlov berish va agrotexnika tadbirlarining ta’siri yoritilgan.
A.T.Tulaganov [52, 53], E.S.Kiryanova [34], S.M.Karimova [29, 30], Z.N.Norboyev [40] va boshqalar, K.V.Belyayeva [22] ishlari g‘o‘za, beda fitonematodalari tur tarkibi, sonini, tuproq tarkibiga, antropogen va biologik omillarga bog‘liqligini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Fitonematodalar haqidagi dastlabki ma’lumotlar E.S.Kiryanovaning [34] maqolasida o‘z aksini topgan. Olima tomonidan o‘rganilgan g‘o‘za maydonlaridan 10 tur fitonematodalar aniqlangan. Muallif haqiqiy parazitlardan Pratylenchus pratensisni o‘simliklarga keltiradigan zararini o‘rgangan.
S.M.Karimova [29, 30] Qoraqalpog‘istonning Qipchoq, Qo‘ng‘irot, Shumanay tumanlari sharoitida yetishtirilgan g‘o‘za maydonlari tuprog‘i, o‘simlik ildizi va ildiz atrofi tuprog‘ini o‘rganib, 25 tur fitonematodalarni aniqlaydi. Stilet formalaridan muallif tomonidan quyidagi turlar aniqlangan: Aphelenchus avenae, Aphelenchoides parietinus.
V.F.Maslennikova [36] Toshkent, Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilayotgan sholi maydonlarini o‘rganish natijasida 103 tur fitonematodalarni aniqlaydi. Aniqlangan fitonematodalarning uch turi fan uchun yangi tur deb e’lon qilinadi: Dorylaymus mucronatus, Panagrolaimus congruensis, Aphelenchoides tridentifer.
Samarqand viloyati g‘o‘za fitonematodalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar P.K.Erjanova ishlarida [25] yoritilgan.
Toshkent viloyati g‘o‘za agrotsenozlari tuproq fitonematodalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar E.S.Strepkova [49] ishlarida yoritilgan.
G.A.Abduraxmonova, O.M.Mavlonov [4] ishlarida mineral va organik o‘g‘itlardan kompleks miqyosda foydalanish g‘o‘za o‘simligini parazit fitonematodalarga chidamliligini oshirishi ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonning janubiy tumanlari g‘o‘za agrotsenozlari fitonematodalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Sh.X.Xurramov [64], X.T.Tadjiyev [50, 51], O.M.Mavlonov [37, 38] larning ishlarida keltirilgan. Mualliflar tomonidan Surxondaryo viloyatining ko‘pgina rayonlarida g‘o‘za o‘simligi bo‘rtma fitonematoda bilan zararlanganligi va ularga qarshi kurash usullari haqida ma’lumotlar berilgan.
O‘simlikning spetsifik paraziti sifatida ro‘yxatga olingan–Meloedogyne avlodi vakillari, o‘simlik vegetatsiyasi mobaynida kam miqdorda aniqlangan: g‘o‘zada maxsus kasallik keltirib chiqaruvchi bo‘rtma fitonematodalar muallif ta’kidlashicha, g‘o‘za o‘simligi o‘sib rivojlanishi davomida ko‘payib boradi [43, 51, 52, 53].
Pararizobiontlar esa o‘simlik ektoparazitlari bo‘lib, ularning inokulyatorlik xossalari xaligacha to‘liq isbotlab berilmagan bo‘lsa ham, o‘simliklardagi virusli kasalliklarni kelib chiqishida ektoparazitlarning roli borligiga yetarlicha dalil, isbotlar mavjud [23, 24, 25, 54].


  1. Download 4,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish