8-март байрами муносабати билан қуйидаги онахонлар совға-саломлар билан табриклаб чиқилди


Mevali daraxtlar fitonematodalarini o‘rganish tarixi



Download 4,68 Mb.
bet5/24
Sana13.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#785818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Eldor Ochilov dissertation1

Mevali daraxtlar fitonematodalarini o‘rganish tarixi

Mevali daraxtlar fitonematodalari haqidagi ma’lumotlar S.M.Karimova, L.N.Arzumanovaning [6] maqolasida o‘z aksini topgan. Ular o‘rgangan gilos, olxo‘ri, behi va shaftoli kabi o‘simliklardan 63 tur fitonematodalar topilgan bo‘lib, shulardan 24 turi fitogelmintlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Fitonematodalar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar O‘zbekistonda “Fitogelmintologiya” maktabiga asos solgan olim A.T.Tulaganov ishlarida keltirilgan. “O‘zbekistonning o‘simlikxo‘r va tuproq nematodalari” [53] asari Zarafshon vodiysi tokzorlari va ularning ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalari faunasini o‘rganishga doir ilmiy ekspeditsiyalar natijalari asosida yuzaga kelgan. Asarda muallif birinchi marta tokzorlar fitonematodalari tarkibini miqdoriy va sifat xususiyatlarini taxlil qilib bergan. Tadqiqotlar natijasida Zarafshon vodiysi bir nechta rayonlaridan 120 ta tuproq namunalari olinib, 871 ta 71 turga mansub fitonematodalar topilgan, shu fitonematodalarning 16 turi toklarning ildizi va ildiz atrofi sistemasidan aniqlangan bo‘lib, o‘rganilgan joy uchun birinchi marta qayd qilingan.
1976-yilda F.K.Adilov [5] O‘zbekistonning Sebzor, Jarqo‘rg‘on tut ko‘chatzorlarining fitonematodalarini tekshirish natijasida 133 turga mansub fitonematodalarni aniqlab, ulardan 16 tasi parazit ekanligini ko‘rsatib berdi.
Adabiyotlarda 1972-2004-yillarda O‘zbekiston janubi Surxondaryo viloyati hududlaridagi subtropik mevali buta va daraxtlarning fitonematodalari o‘rganilganligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Sh.X.Xurramov va uning shogirdlari tomonidan Surxondaryo viloyati xo‘jaliklaridagi subtropik o‘simliklardan bodom, xurmo, unabi, anjir, anor, lavr va boshqa daraxtlar ildizi, ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalarini gorizontal, vertikal tarqalishini o‘rganish natijasida xurmo, anjir, dafna daraxti kabilarning yuqori qatlam tuproqlarida fitonematodalar miqdori kamligi, qatlam pastga tushib borgan sari 40 cm dan, 70 cm gacha fitonematodalarning soni oshib borishi aniqlangan.
Mualliflar fikricha anor, bodom, xurmolarning fitonematodalar soni yuqori qatlam tuprog‘ida bir qancha ko‘p va pastki 10-20 cm, 20-30 cm da fitonematodalarning soni kamayib, 60-70 cm da ko‘tarilib borgan. Ularning fitonematodalari tur tarkibi ham har xil. Anjirda 21 tur, xurmoda 17 tur, anorda 16 tur aniqlangan. Shulardan kelib chiqib, mualliflar quyidagi xulosaga kelishgan: subtropik mevali o‘simliklarning ildizi atrofi fitonematodalarining vertikal va gorizontal taqsimlanishi tuproqda ular ildiz sistemasining rivojlanishiga bog‘liq ekan.
Sh.X.Xurramov [60, 64] Surxondaryo viloyati xurmo va anor o‘simliklari fitonematodalarini tekshirish natijasida 66 tur aniqlangan. Shu jumladan xurmoda 41 tur va anorda 33 tur topilgan. Bu o‘simliklarda maxsus kasallik keltirib chiqaruvchi fitonematodalardan: Ditylenchus dipsaci, Merlinius dubius, Pratylenchus pratensis, Helicotylenchus multicinctus, Xiphinema sp., Trichodorus sp.lar topilgan bo‘lib, bular subtropik o‘simliklarning o‘sishiga va rivojlanishiga ta’sir etishi qayd etilgan. Sh.X.Xurramov [65, 66] 6 xil subtropik mevali daraxtlarni ildizi atrofi tuproq fitonematodalarini vertikal, gorizontal taqsimlanishini taxlili natijasida anor, anjir va xurmo kabi o‘simliklar fitonematodalarga boy ekanligini aniqlagan. Muallif fitonematodalar sonini ko‘p bo‘lishi o‘simlik turi, ularning ildiz sistemasini tuproqda tarqalishi bilan bog‘liqligini qayd qilgan.
Sh.X.Xurramov, E.T.Turayevlar [67] Surxondaryo viloyati behi, olma va jiyda daraxtlari fitonematodofaunasini tekshirishlari natijasida, behida 41 tur, jiydada 56 tur, olmada 16 tur nematodalar borligi aniqlangan. Zararli turlardan Longidorus, Xiphinema, Trichodorus, Eudorylaimus, Macrophostonia avlodi vakillari uchragan.
O‘zbekiston janubida o‘sadigan olma daraxtlari fitonematodalarining yil fasllari bo‘yicha miqdoriy o‘zgarishlarini tekshirish natijalari ularni ma’lum qonunga bo‘ysinishini ko‘rsatgan. Olma ildizi va uning atrofi tuprog‘ida yashovchi fitonematodalarning soni yanvardan boshlab, iyungacha oshib borishi kuzatilgan. Bu havo haroratini oshib borishiga va olma daraxtini yuksalib borishi bilan bog‘liqligini belgilaydi. Iyul, sentyabr oylarida fitonematodalar tur tarkibini kamayishi kunlarni isishi, yerdagi nam tanqisligi bilan bog‘langan.
Toshkent shahri va viloyati mevali daraxtlari ildizi va ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalarining ekologik xususiyatlarini to‘liq o‘rganish ishlari E.P.Azizovaning ilmiy-tadqiqot ishlarida aks etgan [9, 15].
E.P.Azizova [12] tomonidan Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on, Namangan tumanlari tokzorlari tuprog‘i o‘rganilib, natijada 72 xil fitonematodalar topilgan. Aniqlangan turlar ichida ektoparazit Xiphinema americanum, Xiphinema index turlari ham uchragan. Olimaning fikricha, tadqiqotlar natijasida Xiphinema avlodi vakillari tok o‘simligiga zarar keltirib qolmasdan, turli mikroorganizmlarni o‘simlikka kirishi uchun yo‘l ochib berishi haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Xuddi shu fikrlarni isboti sifatida AQSH virusolog olimlari tomonidan qilingan ishlarni keltirish mumkin [69]. Ularni fikricha tokzorlardagi virus kasalliklari haqiqatdan ham Xiphinema avlodi vakillari orqali kelib chiqishi ilmiy asoslab berilgan.
Ektoparazitlarning inokulyatorlik xossalari bizda to‘liq isbotlab berilmagan bo‘lsa ham, o‘simliklardagi virusli kasalliklarni kelib chiqishida ektoparazitlarning roli borligiga yetarlicha isbot, dalillar mavjud (E.Azizova, G. Xolmatova, [16], E.Azizova va boshqalar, [9, 13, 15], E.Azizova, Z.Jo‘rayeva, [14], E.Azizova, G.Abduraxmanova, [9].
E.P.Azizova, S.M.Rizayeva, Sh.J.Islomov [15]lar o‘z maqolalarida xuddi shu mavzuga to‘xtalib o‘tganlar. Taxlil uchun bir nechta mevali daraxtlarning ildizi va ildiz atrofi tuprog‘idan namunalar olingan. Hammasi bo‘lib, 80 ta tuproq namunalari o‘rganilib, tadqiqotlar natijasida 52 tur fitonematodalar topilgan. Aniqlangan turlar orasida ekologik guruhlarning barcha vakillari topilgan. Tokzorlar ektoparazitlari bo‘lgan Xiphinema avlodi vakillari uchragan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda mevali daraxtlar ildizi va ildiz atrofi tuproqlari fitonematodalari asosan Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ko‘p yillar avval yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, boshqa viloyatlar mevali bog‘lari fitonematodafaunasi tarkibi o‘rganishga muhtojligi aniqlandi.



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish