8-laboratoriya ishi. Elektr jihozlarini nollashning unumli ishlashini aniqlash


-rasm. Tok potensiallarni yer yuzasi bо‘ylab tarqalishi



Download 371,37 Kb.
bet4/5
Sana26.02.2022
Hajmi371,37 Kb.
#468402
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-laboratoriya ishi

10.3-rasm. Tok potensiallarni yer yuzasi bо‘ylab tarqalishi.
Yerning tok oqib о‘tish mumkin bо‘lgan hajmida elektr tokining о‘tish maydoni hosil bо‘ladi. Doimiy elektr tokida, shuningdek sanoat chastotasidagi (50Gs) о‘zgaruvchan toklarda bir xil muddatda tarqalayotgan elektr tokining statsionar elektr maydoni bor deb qarash mumkin.
Kо‘rinib turibdiki, bunday hollarda elektr о‘tkazgichlarning himoya qobig‘i, shuningdeq odam turgan pol, uning oyoq kiyimining qarshiligi ham yordam bermaydi. Bunday elektr toki hayot uchun xavfli bо‘lib, о‘limga olib keladi. Kо‘rib о‘tilgan ikkala holatdagi elektr tokiga tushib qolish nazariy jihatdan tо‘g‘ri bо‘lib, hayotda kam uchraydi.
Odam asosan elektr toki ta’siriga elektr qurilmalarida ishlayotgan vaqtda biror-bir sabab natijasida elektr qurilmani elektr bilan ta’minlayotgan elektr simlarining himoyasi yemirilishi yoki elektr qurilmasini harakatga keltirayotgan ichki elektr о‘ramlarini tashkil qilgan elektr о‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlari yemirilganda elektr qurilmasi tanasiga tok о‘tkazib yuborishi natijasida tushib qoladi. Bunda elektr qurilmasining tanasi elektr qurilmasini ishlatayotgan kishi unga tegishi bilan xuddi bir fazali tok urishi singari jarohatlash rо‘y beradi.
Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va asosiy muhofaza vositalari
Elektr toki ta’siridan jarohatlanishning asosiy sabablari quyidagilardir:
1) kuchlanish ostida bо‘lgan elektr tarmoqlari yoki elektr о‘tkazgichlarga tegib ketish yoki xavf to’g’diruvchi masofaga yaqinlashish;
2) elektr qurilmalari asbob-uskunalarining ustki metall sirtlari va qopqoqlarida elektr о‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlari shikastlanishi natijasida eletr kuchlanishi hosil bо‘lishi;
3) elektr tokini о‘chirib, ta’mir ishlarini bajarayotgan vaqtda tasodifan elektr tokini ulab yuborish;
4) yer yuzasiga uzilib tushgan elektr о‘tkazgichi yer yuzasi bо‘ylab elektr tokini tarqatayotgan — tok potensiallari ayirmasi hosil bо‘lgan mintaqaga bilmay kirib qolish natijasida qadam kuchlanishlar ta’siriga tushib qolishi.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar quyidagilardir:
1) kuchlanish ostida bо‘lgan о‘tkazgichlarni qо‘l yetmaydigan qilib о‘rnatish;
2) elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirish;
3) elektr qurilmalari tanasida elektr tokining hosil bо‘lishiga qarshi chora-tadbirlar belgilash:
a) kam kuchlanishga ega bо‘lgan elektr manbalaridan foydalanish;
b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;
v) potensiallarni tenglashtirish;
g) yerga ulab muhofazalash;
d) nol simiga ulab muhofazalash;
e) muhofaza о‘chirish qurilmalarini о‘rnatish.
f) maxsus elektr muhofazalash tizimlaridan foydalanish;
h) elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora-tadbirlarini qо‘llash.
Kuchlanish ostida bо‘lgan elektr о‘tkazgichlarini qо‘l yetmaydigan qilib bajarishda tok о‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash, ularni bо‘y yetmaydigan balandliklarga о‘rnatish, shuningdek о‘tkazgichlarni tо‘siq vositalari bilan ta’minlash kerak
Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirish deganda elektr tarmoqlarini о‘zaro transformator yordamida tarmoqlarga bо‘lib yuborish tushuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyatsiyasi qarshiligiga ega bо‘ladi, shuning uchun о‘tkazgichlarning yerga nisbatan sig‘imi kichkina bо‘lganligi xavfsizlikni ta’minlashda muhim о‘rin tо‘tadi.
Elektr qurilmalarida qо‘llaniladigan shaxsiy muhofaza vositalari
Elektr qurilmalarida ishlayotganlar uchun muhofaza vositalarini sanab о‘tdiq Bu vositalarning eng mukammal qilib bajarilganlari ham ba’zi hollarda elektr xavfsizligini bari bir tо‘la ta’minlay olmaydi. Masalan, elektr о‘tkazgichni mustahkam tok о‘tkazmaydigan muhofaza qobiqlari bilan jihozlanmasa bunday о‘tkazgichlar yaqinida ishlayotgan kishilar uchun elektr xavfi aniq. Shuningdeq ba’zi bir ishlarni elektr tokini о‘chirmagan holda bajarishga tо‘g‘ri keladi, bunda elektr asboblarining turlarini muhofazalash talab qilinadi, shuningdeq ba’zi bir hollarda elektr tarmoqlarida elektr kuchlanishini uzib, ta’mirlash ishlarini bajarish kerak bо‘ladi. Bunday paytlarda tо‘satdan bilmasdan tokka ulab yuborish hollari tuzatib bо‘lmaydigan xavfli vaziyatlarga olib keladi.
Yuqorida sanab о‘tilgan holatlarning har biri о‘ziga yarasha muhofaza vositalarini yoki muhofaza asboblarini yoki bu xavfni aniqlash uchun ishlatiladigan muhofazalangan asboblardan foydalanishga tо‘g‘ri keladi. Muhofaza aslahalari shartli ravishda uch turga bо‘linadi: muhofaza qobiqli, tо‘siq va saqlovchi vositalar. Elektrdan saqlovchi muhofaza qobiqli vositalarni asosan ikki turga bо‘lib о‘rganiladi:
1) asosiy muhofaza vositalari;
2) yordamchi muhofaza vositalari.
Asosiy muhofaza qobiqli vositalarga uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta’sirida ishlashi mumkin bо‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega bо‘lgan vositalar kiradi. Ular bilan elektr kuchlanishiga ega bо‘lgan о‘tkazgichlarda elektrni uzmasdan ishlashga ruxsat etiladi. Bunday vositalarga rezinadan qilingan qо‘lqoplar dastasi, muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr о‘lchash asboblari, shuningdek muhofazalangan kuchlanishli о‘lchash asboblari kiritiladi.
Elektr tokidan muofaza qiluvchi yordamchi vositalarga о‘zi yetarli qarshilikka ega bо‘lmagan va shuning uchun ayrim holda elektr tokidan himoya qila olmaydigan, lekin elektr ta’sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega bо‘lgan vositalar kiradi. Ular asosiy vositalarga qо‘shimcha ravishda ularning muhofaza qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi muhofaza vositalariga dielektrik kalishlar, gilamchalar, oyoq ostiga qо‘yiladigan quruq taxtadan qilingan tagliklar va boshqalar kiradi.
Tо‘siq muhofaza vositalari elektr toki ta’siridan vaqtincha tо‘sish yо‘li bilan muhofaza qiladi, masalan, panjara sifatidagi tо‘siqlar, panjarasimon eshiklar, shuningdek tok taqsimlagich shkaflar va boshqalar. Ba’zi hollarda esa vaqtincha ogohlantiruvchi plakatlar osib qо‘yiladi, vaqtincha elektr asboblarini yerga ulab muhofazalash ham mumkin.
Bundan tashqari elektr ta’minoti baland stolbalarda va chuqur yer osti kabellari orqali amalga oshiriladi. Bular ham о‘z navbatida tо‘siq vositalari hisoblaniladi.
Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, issiqlik va mexanik jarohatlardan shaxsan saqlash vazifasini bajaradi. Bularga muhofaza kо‘zoynaklari, protivogazlar, maxsus qо‘lqoplar kiradi.

Download 371,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish