11-rasm. Elektr simiga ikki fazada tegib ketish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar kо‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bо‘lib qaraladi:
1) tok ta’siridan qutqarish;
2) birinchi yordam kо‘rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish о‘z navbatida bir necha xil bо‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining о‘sha qismiga kelayotgan tokni о‘chirishdir. Agar buning iloji bо‘lmasa (masalan, о‘chirish qurilmasi uzoqda bо‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan kо‘p bо‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini yog‘ochli bо‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bо‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan saqlab qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bо‘lsa, unda dizlektrik qо‘lqop va elektr himoyasi (izolyatsiyasi) mustahkam bо‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam kо‘rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi xushini yо‘qotmagan bо‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutishi yoki tezda davolash muassasasiga olib borishi zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yо‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotan bо‘lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bо‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va oyoqlarini uqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, ammo yurak urishi nisbatan yaxshi bо‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur.
Klinik о‘lim holati yuz bergan takdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan uqalash va ezgan holatda harakatga keltirish lozim.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak Sun’iy nafas oldirish «Og‘izdan og‘izga» deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam kо‘rsatuvchi kishi о‘z о‘pkasini havoga tо‘ldirib, jarohatlangan kishi og‘zi orqali uning о‘pkasiga havoni haydaydi. Odam о‘pkasidan chiqkan havo, ikkinchi odam о‘pkasi ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bо‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi, havo о‘tish yо‘lini ochish uchun boshini bir qо‘li bilan peshona aralash kо‘tariladi, ikkinchi qо‘l bilan dahanidan tortib, dahanini bо‘yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi (10.1. -rasm). Shundan keyin kо‘krak qafasini tо‘ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam kо‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zi butunlay berkitiladi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak bо‘ladi(10.2. -rasm). Shundan keyin yordam kо‘rsatuvchi boshini kо‘tarib, yana о‘pkasini havoga tо‘ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi kamkuch holda nafas chiqaradi.
Bir daqiqa vaqtda taxminan 10—12 marta puflashni doka, dastrо‘mol va kuvurchasimon asbab orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishni tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor о‘ziga kelguncha davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |