Yurakni tashqaridan massaj qilish. Jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. Qorin bо‘shlig‘idan kо‘krak qafasiga о‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan tana uqalanib (massaj) qilinadigan joyni belgilab, qо‘lni bir-biri ustiga to’g’ri burchak shaklida qо‘yib, jarohatlangan kishining kо‘krak qafasi tana og‘irligi bilan 15—25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.
Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bо‘lishi kerak Bunda kо‘krak qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi harakatiga moslab davom ettiriladi.
10.2. rasm. Sun’iy nafas berish usullari.
Tanani uqalash orqali sun’iy nafas oldirish birgalikda olib borilishi kerak Agar yordam kо‘rsatayogan kishi bir о‘zi bо‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta kо‘krak qafasini bosishi kerak Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bо‘lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2—3 sekundga tо‘xtatib, tomir urishi sanab kо‘riladi.
Tok ta’siriga tushib qolish xususiyatlari
Agar elektr kuchlanishi ostida bо‘lgan elektr о‘tkazgichning bir uchi yerga tegib tursa, unda elektr toki yerga о‘ta boshlaydi. Bunday holat tasodifiy yoki maqsadli bо‘lishi mumkin. Maqsadli bо‘lgan tokning oqib о‘tishini yerga ulash yoki elektrod deb ataladi.
Shikastlanish tok kuchi, vaqti va odamning qarshilik kо‘rsatish qobiliyatiga bog‘liq bо‘lib, tok miqdori
J = Uch / R0
tenglama bilan aniqlanadi. Bunda Uch – chiziqli kuchlanish; R0 – odam qarshiligi.
Yer bilan neytralli ulangan uch fazali elektr tarmoqning bir fazasiga odamning bog‘lanishida shikastlanish xavfi ikki fazaga bog‘lanishga nisbatan kamroq bо‘lib, odam tanasidan о‘tadigan tok miqdori
J = Uch / √3 R0 + Rie /√3
Bunda Rie – qoplama qarshiligi.
Bu vaziyatda tokning ta’siri qoplamaning himoya holatiga, qarshiligiga bog‘liqdir. Tokni о‘tkazmaydigan himoya vositalari yordamida ikki fazaga bog‘lanish ham xavfli hisoblanadi. Bir fazaga ulanish himoya vositalari yordamida xavfsiz hisoblanib, bu vaziyat vositalarning qarshiligiga, xonalarning turiga bog‘liq.
Elektr qurilmasida elektr potensialini kamaytirgani bilan, ulangan yer yuzasida toqning oqib о‘tishidan hosil bо‘lgan potensial xayot uchun yangidan xavf to’g’diradi. Potensiallarni yer yuzasi bо‘ylab tarqalish tavsifini kо‘rib chiqamiz. Bunda potensiallar yerga bevosita tegib turgan nuqtada maksimal miqdorda bо‘ladi. Tok tarqalish qonuniyatiga asosan elektr potensiali cheksiz masofaga tarqalishi kerak Lekin amalda bu tarqalish 20 m radius atrofida bо‘ladi. Bu holatni kuzatish uchun yerga ulagich sifatida oddiy, p(m) radiusli yarim sharni qabo’l qilamiz (10.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |