6 -bob. G’uslni xushbo‘yliklar ishlatishdan boshlamoq
Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
jimo’dan keyin g‘usl qilsalar, hilob (muattar suyuqlik)ga o‘xshash biror xushbo‘ylik olib kelmoqni
buyurar edilar. Uni kaftlariga quyib, avval boshlarining o‘ng qismiga, so‘ng chap qismiga surtar
edilar» (bir yo‘la ikki kaftlari bilan ham surtar edilar, deyishadi).
7-bob. Jimo’dan keyin g‘usl qilish vaqtida og‘iz va burunni chayqamoq hukmi
Ibn Abbosga Maymuna raziyallohu anho bunday rivoyat qilgan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi
va sallamga g‘usl uchun suv quyib berdim. Qo‘llarini yuvdilar, keyin olatlarini yuvdilar, so‘ng
qo‘llarini yerga ishqab, yuvib tashladilar. So‘ng og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar,
boshlaridan suv quydilar, keyin chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar. Sochiq uzatishgan edi,
artinmadilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |