35-bob. Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhudan: «Rasulullox sollallohu alayhi va sallam
ansoriylardan biriga odam yubordilar. Ansoriy sochidan suv tomib keldi. Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam: «Biz sizni shoshirib qo‘yibmiz-da (jimo’ qilib ulgurmabsiz)?!» -dedilar.
Ansoriy: «Ha, Yo Rasululloh»,— dedi. «Agar shoshib qolsangiz (oxiriga yetmasangiz) yoki
maniy to‘kmasangiz, tahorat olsangiz, basdir»,— dedilar».
4-bob. Abu Ja’farga Jobir raziyallohu anhu bunday degan ekanlar: «Yonimga amakivachchang (Hasan
ibn Muhammad, Hazrat Alining Fotimadan boshqa xotinlaridan tug‘ilgan bola) keldi. «Jimo’dan so‘ng
qanday g‘usl qilinadi?»—deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 3 hovuch suv olib,
boshlaridan quyar edilar, so‘ng badanlarini yuvar edilar»,—dedim. «Mening sochim ko‘p»,— dedi
Hasan. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlari senikidan ham ko‘p edi»,— dedim unga».
Do'stlaringiz bilan baham: |