8. amaliy. Kun tartibini gigienik baholash. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash. Darsning maqsadi



Download 192,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana23.01.2023
Hajmi192,56 Kb.
#901422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8. AMALIY. Kun tartibini gigienik baholash. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash.

 
IV. Nazariy qism. 
Nerv jaroyonlarini turli xususiyatlari kuchliligi yoki 
zaifligi, muvozanatlashganligi yoki muvozanatlashmaganligi, va xarakatchanligi 
yoki inertligidan tabiatda juda ko’p kombinatsiyalar shakllanishi mumkin. Bo’lishi 
mumkin bo’lgan kombinatsiyalar ichidan to’rtasi aniq ko’rinadi. Bular nerv 
sistemasining umumiy tiplari xisolanib, Gippokrat tomonidan belgilangan to’rta 
temperamentga mos keladi. 
Nerv sistemasining to’rta asosiy umumiy tiplarini oliy nerv faoliyati 
jaroyonlarining ketishini qaysi xususiyatlari tavsiflaydi? 
Birinchi, xayotda ko’p uchraydigan nerv jaroyonlarini xususiyatlarini bir 
biriga mos kelishi ularni qoniqarli darajadagi kuchi, yaxshi muvozanatlashganligi va 
yetarli xarakatchanligi bilan namoyon bo’ladi. Nerv jaroyonlarini yaxshi kuchi, 
muvozanatlashganligi va xarakatchanligi Pavlov bo’yicha serxarakat tipni tavsiflab, 
Gippokratni sangvinikiga to’g’ri keladi. Laboratoriya tajribalarida bunday 
xayvonlarda shartli reflekslar tez va mustaxkam xosil bo’ladi (kuchli), farqlovchi 
tormozlanish tez yuzaga keladi (muvozanatlashgan) va signalni axamiyatini tez 
almashtiradi (xarakatchanlik). 
Bunday nerv tipiga mansub xayvonlarni xulq atvorida kurashda faollik va 
turg’unlik (kuch), o’ljani kutishda katta chidamlilik (muvozanatlashganlik) va 
sharoitni o’zgarishiga qarab xayotiy malakalarini tez o’zgartirish qobiliyati 
(xarakatchanlik) sifatlari ko’rinadi. Serxarakat odamlarning xulq atvorida 
qiyinchiliklarni yengishda sobit qadamlik (kuch), o’zini-o’zi boshqarishi, o’zini 
iroda qilaolishini yaxshiligi (muvozanatlashganlik) va sharoitga ko’ra tezda o’zi 
o’rganib qolgan ananalarini o’zgartirishi (xarakatchanlik) ko’rinib turadi. Bunday 
odamlar o’zini qiziqtirgan faoliyatni bajarishda juda mexnatkash va maqsadiga 
erishishda chidamli. Ular xayotdagi o’zgarishlarni oson qabul qiladi va yangi 
sharoitga tez moslashishadi. 
Xayotda nerv jaroyonlarini kuchi va muvozanati yaxshi, biroq xarakatchanligi 
past individlar xam uchraydi. Nerv jaroyonlarini kuchi va muvozanati yaxshi, biroq 


inert individlarni Pavlov tinch tip deb atadi, Gippokrat bo’yicha flegmatikka to’g’ri 
keladi. Laboratoriya tajribalarida bu tipga mansub itlarda shartli reflekslar tez va 
mustaxkam xosil bo’ladi (kuch) va o’xshash signallar oson farqlanadi 
(muvozanatlashganlik), biroq signallarni axamiyatini o’zgartirish qiyin ketadi 
(xarakatchanlik sust). 
Tabiatda bu tipga mansub xayvonlarning xarakatlarida katta turg’unlik 
(kuchli) va sharoitdan kelib chiqib o’zini tutib turish (muvozanatlashganlik) sifatlari 
bilan birga o’zini xulq atvorini tezda o’zgartiraolmaslik (sust xarakatchanlik) 
namoyon bo’ladi. 
Flegmatik temperamentga xos odamlarni xarakterida eng avvalo xar qanday 
sharoitda shoshilmaslik sifati namoyon bo’ladi. Ulardagi shiddat -lilik va yaxshi 
mexnat qobiliyatchanlik (kuch), o’zini tutaolish va “chegarani” yaxshi sezish 
(muvozanatlashganlik) bilan birga, odatlarni mustaxkamligi, bir qarorga kelishdagi 
sustkashlik (past xarakatchanlik) xususiyatlari ko’rinib turadi. Bunday odamlar 
shoshilmaydilar va xar qanday sharoitda o’zini yo’qotmasdan xarakat qiladilar. 
Flegmatiklar yot odamlar bilan sekin kirishadi, moboda yaxshi kirishib qolsa eng 
ishonchli do’st bo’ladi. 
Xayotda yana ko’p uchraydigan individlardan yana biri nerv jaroyonlarini 
kuchi qoniqarli, biroq ular muvozanatlashmagan. Bu xolatda xarakatchanlik xaqida 
biror narsa aytish qiyin. Muvozanatlashmaganlik qo’zg’alish jaroyonini 
tormozlanishdan ustunlik qilishi bilan namoyon bo’ladi. Kuchli, biroq 
muvozanatlashmaganilik qo’zg’alishni ustunligi bilan bo’lishi Pavlov bo’yicha 
o’zini tutaolmaydigan shashqaloq tip, Gippokrat bo’yicha xolerikka mos keladi. 
Laboratoriya tajribalarida bu tipga mansub itlarda shartli reflekslar tez va 
mustaxkam xosil bo’ladi (kuchli), ammo o’xshash signallarni farqlash juda qiyin 
bo’ladi. Tabiatda ularning xulq atvorida shashqaloqlik, qo’rqmaslik bilan ko’rinadi: 
masalan, o’zidan katta yirtqichga xam tashlanadi va o’ljani poylab turganda vaqtdan 
avval joyidan chiqib ketadi. 
Bu tipga mos keladigan odamlar xarakterida faoliyatga o’ta berilish xisobiga 
ular juda katta ishni bajaraoladi (kuchli), keyin xuddi shunday shijoat bilan boshqa 
ishga berilishi mumkin, yani “o’lchovni” bilmaydi. Bunday odamlar boshqalar bilan 
munosabatda o’zini tutaolmasligi sababli oddiy narsaga juda kuchli jaxli chiqib 
janjal 
ko’taradi, 
keyin 
afsuslanib 
yuradi 
(qo’zg’alish 
ustunligidagi 
muvozanatlashmaganlik). 
Va nixoyat xayotda nisbatan kam uchraydigan temperament, qo’zg’alish va 
tormozlanish jaroyonlarini kuchini ozligi bilan ko’rinadi. Nerv jaroyonlarini 
kuchsizligi va postloq xujayralarini tezda xaddan tashqari tormozlanish xolatiga tez 
o’tishi Pavlov bo’yicha kuchsiz tipga xos bo’lib, Gippokratni melanxolikiga to’g’ri 
keladi. Laboratoriya tajribalarida bunday itlarda shartli reflekslarni xosil qilish qiyin 
xosil qilinganlari xam mustaxkam bo’lmaydi, ayniqsa ta’sirlagichni kuchi katta 
bo’lsa xayvon xaddan tashqari tormozlanishni rivojlanishi bilan javob beradi. Bu 
xayvonlar qo’rqoq bo’ladi. Ular kuchli ta’sirlardan o’zini olib qochadi, dushman 
bilan uchrashganda qochib ketadi, o’ljani quvishdan tez voz kechadi (nerv 
jaroyonlarini kuchsizligi). 


Melanxolik temperamentini belgilari eng avvalo odamni xarakterini 
kuchsizligida ko’rinadi, ular boshqalarni ta’siriga tez beriladi, o’z fikrida 
mustaxkam turmaydi. Kuchli xayotiy ta’sirlar ular uchun o’ta kuchli xisoblanadi
fovqulotda xolatlarda ular vaximaga tushadi, xayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tish 
mumkinmasday bo’lib ko’rinadi (nerv jaroyonlarini kuchsizligi). Bunday odamlar 
o’zini ko’pchilikdan olib qochadi, xar qanday javobgarlikdan qo’rqadi. 
Xayotda uchraydigan odamlar va xayvonlar uchun nerv sistemasining umumiy 
to’rta tipi yuqoridagilar xisoblanadi. Biroq, yuqorida bayon qilingan tiplarni toza 
xolda xayotda uchratish qiyin, ko’proq oraliq shakllar bo’lib ularda u yoki bu sifat 
ustunlik qiladi. 
Nerv sistemasini tiplarini aniqlashda odamlarni “sorti” baxolana –di degan 
noto’g’ri fikr ko’pchilik orasida yuradi. Sangivinik nerv sistemasi birinchi sortga, 
melanxoliknikini esa oxirgi sortga kiriti -shadi. Bunday fikr xato xisoblanadi, 
biologik belgisiga ko’ra odamni sotsial baxolab bo’lmaydi. Odamlar faliyatining 
turli soxalarida qaysidir sifat qimmatliroq bo’lishi mumkin. Masalan, sportning 
ayrim turlarida tez qarorga kelish muvoffaqiyatni belgilasa, ayrimlarida 
shoshilmasdan qaror chiqarish yutuqni ta’minlaydi.
Odamlarning sotsial qimmati temperametiga bog’liq bo’lmasdan, ularninig 
ongini boshqaruvchi axamiyati bilan belgilanadi. Odamning ongi xulq atvorini 
boshqaradi. Burchni sezish odamni extiroslarga berilishdan saqlaydi, tarbiya 
ta’sirida shashqaloq odam o’zini tiyib turishga o’rganadi. 

Download 192,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish