8. amaliy. Kun tartibini gigienik baholash. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash. Darsning maqsadi


Kuni uzaytirilgan sinf bolalari uchun taxminiy kun tartibi



Download 192,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana23.01.2023
Hajmi192,56 Kb.
#901422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8. AMALIY. Kun tartibini gigienik baholash. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash.

 
Kuni uzaytirilgan sinf bolalari uchun taxminiy kun tartibi 
8.30-9.00 - Bolalarning yig'ilishi. Ertalabki gimnastika. 
9.00-9.35 - Ertalabki birinchi dars. 
9.35-9.55 - Birinchi tanaffus (serharakat o'yinlar). 
9.55-10.30 - Ikkinchi dars. 
10.30-10.50 - Ikkinchi tanaffus, issiq ovqat bilan nonushta. 
10.50-11.25 - Uchinchi dars. 
11.25-12.25 - Dinamik mashg'ulotlar (uyushgan, serharakat o'yinlar, sayr, 
kiyimni o'zgartirib olish uchun vaqt). 
12.25-13.00 - To'rtinchi dars. 
13.00-13.30 - Tushlik. 
13.30-15.45 - Uyqu. 
15.30-15.45 - O'rinni yig'ishtirish, yuvinish. 
15.45-16.20 - Bolalarning qiziqishiga qarab o 'tkaziladigan mashg'ulotlar. 
Osoyishta o'yinlar. 
16.20-16.40 - Kechki tushlik. 
16.40-18.00 - Toza havoda sayr qilish, serharakat o'yinlar o'ynash. 
Shanba kuni o'qilmaydi. 
Internat maktablarning quyi sinfida tarbiyalanuvchilar uchun sinfda 
o'tkaziladigan va mustaqil mashg'ulotlar kuniga uzog'i bilan 4-5 soat, 5-8-sinf 
o'quvchilarining mashg'ulotlari 6,5 soat, yuqori sinf o'quvchilarining mashg'ulotlari 
8 soatdan oshmasligi lozim. Quyi sinflarda tarbiyalanuvchilar kuniga 3,5-4 soat,
yuqori sinf o'quvchilari 2-3 soat ochiq havoda bo'lishlari kerak. 
O'quvchilar bo'sh vaqtlarini ko'proq o'z qiziqishlariga qarab o'tkazadilar.
Uning davomiyligi kichik maktab yoshidagi o'quvchilari uchun 1,5-2,5 soatni 
tashkil qiladi (badiiy kitob o'qish, rasm chizish, bichish-tikish, telekursatuvlar va 
filmlar ko'rish va uy ishlariga yordam berish kerak). 
To’garaklarga, sport sektsiyalariga qatnashish boshlang‘ich sinflarda 45 
daqiqadan haftasiga 2 martta, o’rta va yuqori sinflarda 1,5-2 soatdan ko’p 
bo‘lmasligi kerak. 
0’z-o’ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat turlaridan maktabda, 
internat va boshqa muassasalarida bolalar quyidagilarga: o'rinni yig’ish, oyoq kiyim 


va ko'ylaklarni ozoda tutish, xonadagi yengil ishlarni bajarishda ishtirok etish 
(xonani shamollatish, changlarni artish, supurish, gullarga suv quyish), oshxonada 
navbatchilik qilish, hovli ishlari (xazonlarni yig‘ishtirish, gul va daraxtlar ekish va 
ekinlarni sug'orish, jonli burchakda hayvonlarni parvarishlash va boshqalar). 
10-13yoshdagi bolalar uchun o’z-o’ziga xizmat qilishdan tashqari quydagi 
mehnat turlari tavsiya etiladi: o’z kiyim boshlarini yuvish, ta’mirlash, tikish-chatish, 
hovlida ozodalik va tartibni saqlash, sabzovat hosilini yig’ishtirish va h.k. 
14-15 yoshli bolalar ijtimoiy-foydali mehnat va o’z-o’ziga xizmat qilish
jumladan, yotoqxonalarni tozalash, tayyor ovqatlarni idishlarga quyish kabi ishlarni 
ham bajarishi mumkin. Ularni qishloq, xo’jalik tajriba, uchastkasidagi ishlarga ham 
jalb qilish maqsadga muvofikdir. Ijtimoiy-foydali mehnat bilan uzluksiz 
shugullanish salbiy tasirlarni oldini olish uchun uning davomiyligi 1-4-sinf 
o‘quvchilari uchun 30 daqiqa, 5-9-sinf uchun 40 daqiqa, 10-11-sinflar uchun 1,5 
soatdan oshmasligi kerak. Barcha ishlarni bajarishga o’quvchilarning salomatliklari 
va jismoniy imkoniyatlarga qarab ruxsat etish kerak. Barcha yoshdagi bolalar kun 
tartibida o’z-o’zini tartibga keltirish, ozodalik va gigiyenik tadbirlarni bajarish 
uchun yetarli vaqt ajratishi kerak. Ilmiy tekshirishlar uzaytirilgan guruhar kun tartibi 
noto’g’ri tuzilgan bolalar uzoq vaqt dars tayyorlab, ochiq havoda kam bo’lishlarini 
ko’rsatadi. Bu esa organizmning funksional holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, xususan 
oksidlanish-qaytarilish jarayonlari yomonlashadi, toliqish belgilari kuchayadi. 
Ochiq havoda yetarli vaqt mobaynida o’tkazilgan harakatli ko’ngil ochar o’yinlarga 
vaqt ajratish, uy vazifalarini unumli va tez sur’atlar bilan bajarishga imkon yaratadi. 
O'quvchini yoshligidan o’rin ko’rpasini yig’ishtirishga, kiyim boshini tartibga 
solishga, kechqurin va erta bilan yuvinishga o’rgatib borish kerak. 
Kun tartibida uyquning o’rni va ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2-2,5 soat 
oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so‘ng sof havoda bir oz sayr qilishi
kiyimlariga qarashi lozim. 
Uxlashdan avval zo'riqib aqliy mehnat talab yetadigan ishlarni bajarish, 
xayajonli uyinlar uynash, televizor ko'rish tavsiya etilmaydi. Televizorni 
boshlang'ich sinf o'quvchilari haftada 3-4 marta kuniga 1-1,5 soatdan, yuqori sinf 
o'quvchilari 4-5 marta 2-2,5 soatdan undan 2-2,5 m uzoqda o 'tirib, qad-qomatni 
to'g'ri tutgan holda ko'rishlari mumkin. Yotib yoki yonboshlab televizor kurish 
mumkin emas. 
Boshlang'ich sinf o'quvchilari kechki soat 8 va 9 larda, yuqori sinf o'quvchilari 
kechki soat 10 da uyquga yotishi kerak. O'rin toza bo'lishi, juda yumshoq bo'lmasligi 
lozim. Xona harorati 18-20 °C bo'lishi, qishda fortochkani ochib qo'yish kerak. Har 
kuni bir vaqtda ovqatlanishi shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaha 
paydo bo'ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bo'ladi. Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati 
organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak. 
Pedagoglar o'quvchilarda kun tartibini bajarish ko'nikmasini hosil qilishlari 
kerak. Har o'quv yilining boshida sinf rahbari ota-onalarni va o'z sinfi o'quvchilarini 
taxminiy kun tartibi bilan tanishtiradilar. Bu tartib asosida har bir o'quvchi uy 
sharoitiga qarab o'zining kun tartibini belgilaydi. 
Maktab internatlarda kun barcha uchun shart bo'lgan ertalabki 
badantarbiyadan boshlanadi. So'ngra o'rin va xonalar tartibga solinadi, yuz-qo'l 


yuviladi, nonushta qilinadi, sayr va o 'quv mashg'ulotlari boshlanadi. Tushlik va 
sayrdan so'ng tarbiyalanuvchilar uy vazifalarini bajaradilar. Shundan keyin to'garak 
mashg'ulotlari o'tkaziladi, o'z xohishiga qarab sarf qilish uchun bo'sh vaqt ham 
beriladi. 1-4-sinf o'quvchilari soat 20:30 da, 5-8-sinf o'quvchilari soat 21:00-22:00 
da uxlashga yotadilar. 

Download 192,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish