maxsus texnik reglament
– texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy
texnik reglamentda
nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining
xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
savdodagi texnik to‘siqlar
– mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir
majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud
bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlar.
2-rasm.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplariquyidagilardan iborat:
- texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;
- texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;
- texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi milliy va xalqaro
normativ hujjatlarga muvofiqligi;
- texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi
to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi.
Texnik jihatdan tartibga solish davlat
tizimini quyidagilar tashkil etadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari – O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-lashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
arxitektura va qurilish
qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga
oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlaydi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi,
shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari:
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish
dasturlarining loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni
ishlab chiqishga doir faoliyatini o‘z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda
tashkil etadi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish,
shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va
maxsus texnik reglamentlarni o‘z vakolati doirasida ekspertizadan o‘tkazadi;
o‘z vakolati doirasida: xo‘jalik boshqaruvi organlari
tomonidan ishlab chiqilgan
maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi,
shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o‘z vakolati doirasida
davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ
hujjatlar davlat fondini
shakllantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni
amalga oshiradi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: