Mahalliy IP telefoniya mahalliy telefon tarmog‘i abonentlariga va xususiy kompaniyalariga IP telefoniya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ko‘p hollarda mahalliy tarmoq operatorlari IP telefoniya tarmog‘iga ulanish provayderlari hisoblanadi. Asosan ularning tarmog‘i internet tarmog‘i orqali yoki ajratilgan kanal orqali yirikroq tarmoqqa ulovchi bitta yo‘lakka ega bo‘ladilar. Bunday operatorlarni resselerlar deb atashadi. Chunki ular boshqa tarmoq xizmatlarini mahalliy telefon abonentlariga olib sotadilar. Ko‘pgina operatorlar uchun mahalliy tarmoq rivojlanishining oraliq bosqichi bo‘lib, ular milliy yoki xalqaro bosqichga chiqishga harakat qiladilar.
IP telefoniyada ulanish usullari
IP protokoli asosida so‘zlashuv axborotlarini tarmoq orqali paketlarni jo‘natish bilan uzatish vazifasini amalga oshiruvchi aloqa jihozlari yordamida quyidagi aloqalarni tashkil etish variantlari mavjud:
«Telefondan-telefongacha» (11.5-rasm). Oddiy telefon jihozidan chaqiruv IP telefoniya yo‘lagi biron-bir chiqishiga ulangan ATSga boradi va IP tarmoq orqali xuddi shu jarayonning aksini amalga oshiruvchi yo‘lakka boradi.
11.5-rasm. «Telefon-telefon» aloqa tizimi.
«Kompyuterdan-telefongacha» (11.6-rasm). IP telefoniya dastur ta’minotiga, ovoz platasi (adapter)ga, mikrofon va akustika tizimiga ega multimedia kompyuteri IP tarmog‘iga yoki internet tarmog‘iga ulanadi, ikkinchi tomon esa IP telefoniya yo‘lak orqali ATS yordamida oddiy telefon apparati bilan ulanadi.
11.6-rasm. «Kompyuter-telefon» aloqa tizimi.
«Kompyuterdan-kompyutergacha» (11.7-rasm). Bunday holatda IP telefoniya bilan ishlovchi apparat va dastur vositalari bilan jihozlangan ikki multimedia kompyuterlari orasida IP tarmoq orqali ulanish amalga oshiriladi.
11.7-rasm. «Kompyuter-kompyuter» aloqa tuzulishi.
«WEB brauzeridan-telefongacha» (11.8-rasm). Internet tarmog‘ining rivojlanishi bilan ovoz xizmatlariga ulanish imkoni tug‘ildi, masalan, ba’zi kompaniyalarning WEB sahifalaridagi «aloqa» bo‘limida «chaqirish» tugmasi o‘rnatilgan. Ushbu tugma bosilishi orqali yuqoridagi kompaniya vakili bilan telefon raqamlarini termasdan turib ovozli ulanishini amalga oshirish mumkin. Chaqirishni amalga oshirgan foydalanuvchi uchun bunday qo‘ng‘iroq harajatlari internet tarmog‘idan foydalanish harajatlariga kiritilgan.
11.8-rasm. «WEB brauzer-telefon» aloqasining tuzilishi.
IP telefoniya bilan ulanish an’anaviy telefonlar singari amalga oshiriladi. Abonent go‘shakni ko‘tarib, ATS signalini eshitgach, o‘zi joylashgan yoki unga yaqin bo‘lgan shahardagi yo‘lak raqamini teradi va abonent mahalliy yo‘lak bilan bog‘langach, ovoz chaqirig‘ini oladi. Telefon apparati klaviaturasida o‘z parolini ovoz orqali terib yuborish bilan avtorizatsiyalashdan o‘tadi, so‘ngra chaqirilayotgan abonentning davlat kodi va telefoon raqami teriladi. Mahalliy yo‘lak davlat va shaxarning kodiga qarab IP manzillar zahirasi ma’lumotlaridan abonentga eng yaqin bo‘lgan yo‘lakni aniqlaydi. Mahalliy yo‘lak uzoqdagi yo‘lak bilan internet orqali ulanishni o‘rnatadi. Uzoqdagi yo‘lak shahar UFTfT orqali kerakli abonentni chaqiradi. So‘zlashuv yakunida biron bir abonent go‘shakni qo‘ysa, mahalliy yo‘lak uzoqdagi yo‘lak bilan ulanishni uzadi va ulanish vaqtini qayd etadi hamda boshqa kerakli operatsiyalarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |