Jo‘natish (mailing lists). Elektron pochta yordamida siz jo‘natishga yozilishingiz mumkin. Ularning ayrimlari gazetalarga o‘xshash tuzilgan: yozilganingizdan keyin, siz davriy ravishda nashriyotchidan yangi axborotlar olib turasiz.
Elektron pochta adreslari.
Internetning barcha E-mail adreslari bir - biriga o‘xshash ko‘rinishga ega. E-mail adres
name @domain1.domain2.domain3.
Adres o‘rtasidagi @ belgisi adresni ikki qismga bo‘ladi: foydalanuvchi nomi chapda va domen nomi o‘ngda.
Domen nomi (domain name)- Internetda aniq kompyuterga berilgan noyob nom. Internet tarmog‘ini foydalanuvchining nomi unchalik qiziqtir-maydi. U, ko‘proq, xabarni, o‘ng tarafda nomi ko‘rsatilgan, kompyuterga yetka-zish xaqida, o‘ylaydi. Keyin bu kompyuter xabarni adresning chap tarafida ko‘rsatilgan pochta qutisiga yetkazadi.
Elektron pochtaning adresi formati umumiy ko‘rinishda quyidagicha bo‘ladi:
foydalanuvchi nomi@xost-kompyuter adresi @ belgisi ko‘pchilik klaviaturalarda (ALT)+ klavishlar kombinatsiyasi orqali teriladi.
Internetda marshrutizatorlar komanda qatorining @ belgisidan o‘ng tarafda joylashgan qismini ishlaydi, uning chap tarafiga foydalanuvchi nomini xost-kompyuter o‘qiydi.
2.Telekonferentsiya xizmati (audio va videokonferentsiya xizmatlari
Butun dunyodagi millionlab kishilar suhbatlashish, maslahatlashish, hamda bahslashishni xoxlaydilar. Internetda bunday joy bor. Bu shunday joyki, u yerda odamlar g‘oyalar va fikrlar almashadilar, jamoa e’lonlarini osib qo‘yadilar yoki yordam qidiradilar. Internetda ular Usenet konferentsiyalariyoki shunchaki, konferentsiyalar deyiladi. Microsoft Network da ular BBS (Bulletin Board System - e’lonlar taxtasi) deyiladi. Lekin konferentsiyalar forumlarga, BBS va e’lonlar taxtalariga nisbatan murakkabroq tuzilgan. Texnik ma’noda emas, madaniy ma’noda. Konferentsiyalar rasmiy qoidalarga ega emas, mahsus kishilar nazorat qilishligi uchun. Ular norasmiy qoidalarga bo‘ysunadi, konferentsiya qatnashchilarining o‘zi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari konferentsiyalarda butun dunyoning xar xil madaniyatli vakillari uchrashishadi. Bu siz va bizga o‘hshagan, dunyoning millionlab kishilari muloqat qilish usullaridan biridir.
Ishlab chiqarish korxonalari uchun videokonferentsaloqa
Xizmat xodimlari va xizmat agentligi videoaloqasi
Masofaviy o‘qitish va videokonferentsiya
9.4– rasm. Videokoferentsiyani sohalar bo‘yicha qo‘llanilishi
9.5 – rasm. Masofaviy o‘qitish va videokonferentsiya
Usenet foydalanuvchilarga turli mavzularga xos xamma bop xabarlar bilan almashish imkoniyatini beruvchi, kompyuterlar majmuidir. Bunday xabarlar shaxsiy almashuvga emas, ochiq muhokama uchun mo‘ljallangan.
Har bir Usenet-kompyuter xatlari ma’lumotlar bazasini saqlab turadi, u qo‘shni kompyuterlar bilan xatlar almashish yo‘li bilan yangilanib turadi. Usenet cheksiz darajada ko‘p mavzulardagi telekonferentsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda 4.500 dan ortiq telekonferentsiyalar mavjud bo‘lib, ulardan har biri ma’lum mavzu bilan shug‘ullanadi. Balki, bu yerda biror bir shaklda taqdim qilinmagan mavzu yo‘q bo‘lsa ham kerak. Siz butun dunyodagi kulinar retseptlarini almashishingiz, biologik izlanishlarning yangi uslublarini muhokama qilishingiz yoki turli hil sayoxatlar xaqida taassurotlar bilan tanishishingiz mumkin. Usenet hech qanday mavzuli cheklanishga ega emas. Mavjud telekonferentsiyalar mavzulari xaqida tahminiy tasavvur xosil qilish uchun, ular xar xil kategoriyalarning ierarxik tuzilmasi shaklida tashkil qilinadi. Bunda yuqorigi daraja yettita sarlavhani tashkil qiladi. Ularning har biri yuzlab guruhchalarni o‘z ichiga olib, daraxtsimon tuzilmani hosil qiladi. Quyidagi 15.1-jadvalda ana shu asosiy sarlavxalar keltirilgan:
9.4-jadval
Telekonferentsiyalarning asosiy sarlavhalari
Bu telekonferentsiyalar butun dunyodagi foydalanuvchilar uchun ochiq. Lekin shuni e’tiborga olmoq kerakki, lokal tarmoqlarning hammasi ham bu guruhlarning hammasiga kirishni ta’minlayvermaydi. Kelishmovchiliklarni oldini olish uchun u yoki bu xizmat ko‘rsatuvchi qanday telekonferentsiyalar bilan aloqani tavsiya qilayotganligini oldindan aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, internetning har qanday zahirasidan foydalanish uchun. kompyuteringiz kerakli klient-dasturini o‘rnatish kerak. Konferentsiyalar ham bundan mustasno emas. Juda ko‘p dasturlar bo‘lib, ular faqat imkoniyatlari bilan emas, foydalanish shakllari bilan xam farq qiladi.