8- ma’ruza: Bronza davri va uning o‘rganilishi



Download 36,87 Kb.
bet1/6
Sana05.12.2022
Hajmi36,87 Kb.
#879135
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8- ma’ruza Bronza davri va uning o‘rganilishi


8- Ma’ruza: Bronza davri va uning o‘rganilishi
Reja:

        1. Bronza davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

        2. Bronza davri xo‘jaligida yuz bergan o‘zgarishlar

        3. Diniy urf-odatlar va marosimlar

Adabiyotlar:

  1. Asqarov A. Jo‘raqulov M. Eneolit va bronza davrida O‘rta Osiyo. Samarqand 1984.

  2. Avanesov N.A.Kultura pastusheskix plemen epoxi bronzы aziatskoy chasti SSSR. Tashkent 1991.

  3. Asqarov A. Sapallitepa. Tashkent 1973.

  4. Asqarov A. Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzы yuga Uzbekistana. Tashkent 1977.

  5. Asqarov A. Buxoroning ibtidoiy tarixidan lavhalar. tosho‘kent 1973.

  6. Asqarov.A O‘zbekiston hududidagi eng qadimiy shahar. Moziydan sado. №1 2001.

  7. Asqarov A. Matboboev B. O‘zbekistonda /Farg‘ona vodiysida / bobo dehqonlar madaniyati. Fan va turmush. 1985. I son.

Mehnat qurollarini yasashda bronzadan foydalanish ibtidoiy jamoa xo‘jaligida buyuk o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina emas, balki siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi.
Bronzaning tarkibi mis va qalay qotishmasidan iborat bo‘lgan.Eng yaxshi bronzaning tarkibida 90 % mis va 10 % qalay bo‘lgan. U dastlab miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida Mesopotamiyada (ikki daryo oralig‘ida) kashf etilgan . Bronza misga nisbatan o‘z xususiyati jihatdan ustun bo‘lganligi sababli ham sof misning qo‘llanilishi barham topdi. Lekin tabiatda mis va qalayning juda kam miqdorda mavjudligi sababli tosh qurollarni siqib chiqara olmadi. Bronzaga ishlov berish misga nisbatan ancha qulay bo‘lgan, birinchidan: pishiq, qattiq; ikkinchidan: u misga nisbatan past haroratda erigan. Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 700-900 gradusda erigan. Unga bunday past haroratda ishlov berila olinishi, uning har bir xo‘jalikda qurollar yasash imkonini bergan. Bu esa mehnat, jangovor qurollarning turi ko‘payishiga va samaradorligining oshishiga olib kelgan.
Bronza maxsus qalin sopol idish—tigellarda eritilib, sopol qoshiqlar orqali tosh va sopoldan yasalgan qoliplarga solingan. Bronza qoliplarga yopishib qolmasligi uchun qoliplarga mumiyo surtilgan, bu esa bronza qotgach qolipdan oson ajralishiga olib kelgan .
Jahon tarixida bronza davri miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan boshlanadi . Bu davrda Qadimgi Misr , Mesoptamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g‘arbida davlatlar shakllanib, quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan edi. O‘zbekiston hududida esa bu davr miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida boshlanib, miloddan avvalgi VIII asrlargacha davom etadi. Shuningdek jamiyat taraqqiyoti ham o‘ziga xos tarzda davom etadi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida. dehqonchilik madaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. O‘zbekistonning janubiy—sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Farg‘ona, Toshkent, Qarshi hududlarida o‘troq dehqonchilik madaniyati, ilk shahar madaniyati izlari so‘nggi bronza bosqichiga kelganda vujudga keldi. Ilk va o‘rta bosqichlarida bu hududlarda ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni dasht qabilalari madaniyati–Tozabog‘yob madaniyati izlarini ko‘ramiz. O‘zbekistonning shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so‘nggi bronza davrida chorvador qabilalar o‘troqlashib, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar va uning bazasida qishloqlarni tashkil etadilar
Bronza davri xo‘jaligining eng katta yutug‘i bu dehqonchilik madaniyatining keng yoyilishi va uning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti deb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning 2 chi yarmida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi, ya’ni cho‘l va dasht zonalarida chorvachilar, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan janubiy-sharqiy, markaziy hududlar va daryo bo‘yida dehqonchilik madaniyati yetakchi o‘rinni egalladi. Ikkinchidan bronza davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirdi, natijada dehqonchilik yoki chorvachilikni rivojlantirish uchun alohida keng hududlar va ma’sul odamlar zarur bo‘lib qoldi. Dehqonchilikdan chorvachilikning alohida soha bo‘lib ajralib chiqishi qonuniy zaruriyat edi.
Bronza davri yutuqlarini quyidagilar qilib ko‘rsatishimiz mumkin: bronzadan yasalgan qurollar mehnat unumdorligini oshirdi, sug‘orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar ko‘paydi, yangi yerlar o‘zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari—metallurgiya, zargarlik rivojlandi, kulolchilikda charxdan foydalanishga o‘tildi, uy-joy qurilishida g‘ishtdan foydalanildi, mustahkam mudofaa devorlari shaklandi. Ot eshakdan transport sifatida foydalanildi, g‘ildirakli aravalar kashf etildi, jamiyat hayotida monogam oila tarkib topib, hayotda otalar yetakchi bo‘la boshladilar, patriarxat davri boshlanib, urug‘ jamoasi yemirila boshladi va ilk davlatchilik elementlari shakllandi. Qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa chorvadorlar bilan dehqonlar o‘rtasida tovar ayirboshlash jonlandi. Qabilalararo munosabatlarda bir – biri bilan aralashib, yangi yuqoriroq rivojlanish darajasidagi madaniyatlar vujudga kela boshladi. Masalan, hozirgi Qirg‘iziston va undan naridagi cho‘llarda yashagan Andronova madaniyati chorvadorlari miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga kirib borib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan va Tozabog‘yob, Qayroqqum kabi madaniyatlar shakllangan.
O‘zbekiston hududidagi bronza davri yodgorliklarini o‘rganishda S.P. Tolstov, Ya. G‘ulomov, A. Asqarov, M.A. Itina, T.Shirinov, A.Sagdullaev, M.Shaydullaev, Yu.A. Zadneprovskiy, V.I.Sprishevskiy, A.I.Terenojkin, B.Matboboev, B.Abdullaev, U.Raxmonov va boshqalar olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, O‘zbekistonning janubiy hududlarida, ya’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. U Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari asosida o‘rganilgan.
Sopollitepa manzilgohi Surxondaryo viloyatidagi Sherobod cho‘lida Amudaryodan 2,5-3 km sharqda Ko‘ngitong daralaridan biri bo‘lgan Qaynarbuloq asosida vujudga kelgan Ulanbuloqsoyning yoqasida joylashgan. U Termiz shahridan 70 km shimoliy—g‘arbdadir. Bu manzilgoh Sherobod cho‘lini o‘zlashtirish jarayonida, 1968 yilda topilgan. 1969—1974 yillarda uni A.Asqarov o‘rgangan. Surxondaryo xududidan 20 dan ortiq yodgorlik topilgan.
Bugungi kunda Sopollitepa madaniyatining rivojlanishi 5 ta bosqichga bo‘linadi;
1.Sopolli davri—miloddan avvalgi 2150—1900 yillar;
2.Jarqo‘ton davri—miloddan avvalgi 1900—1600 yillar;
3.Ko‘zali davri—miloddan avvalgi 1600—1500 yillar;
4.Mo‘lali davri—miloddan avvalgi 1500—1400 yillar;
5.Bo‘ston davri—miloddan avvalgi 1400—1300 yillar;
Sopollitepa madaniyati bronza davriga oid yodgorlik bo‘lib, u miloddan avvalgi II ming yillikning 1 chi yarmida shakllangan. Sopollitepa manzilgohi mustahkamlangan yirik qishloq bo‘lib, umumiy maydoni 4 ga ga yaqin bo‘lgan. Lekin uning ancha hududi paxta maydoni hisobiga o‘zlashtirib yuborilgan. Faqatgina, uning markaziy qismigina saqlanib qolgan. U 82 X82 metr bo‘lgan istehkom bo‘lib, uning atrofi 3 qator mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Devorlar qalinligi 2 metrdan bo‘lib,u somon qo‘shilgan xom g‘ishtdan ishlangan. Mudofaa devorlari juda murakkab me’moriy reja asosida qurilgan. U to‘lg‘ama tuzoq usulida ishlanib, aniq o‘lchamli koridorsimon bloklarga bo‘lingan. Tashqi bloklar dahliz tipidagi xonalar orqali ichkaridagi uy-joylar bilan birlashtirilgan. Ichki bloklar mudofaa tizimida qopqon rolini o‘ynagan. Tashqaridan qaraganda go‘yo ular qal’a ichiga olib kiruvchi darvozalarni eslatadi. Aslida xuddi shu tipda ishlangan yagona darvoza qal’aning janubiy tomonida joylashgan. Keyinroq bu mudofaa inshoatiga zaruriyat qolmagan. Mudofaa tizimidagi ichki va tashqi bloklar Sopollitepaning keyingi bosqichlarida urug‘ xilxonasi, uy-joy, kulolchilik xumdoni kabi maqsadlarda foydalanilgan.
Mazkur istehkom ichida turar joylar, xo‘jalik xonalari, xunarmandchilik ustaxonalari topildi.
Sopollitepadan 3 ta madaniy qurilish davri o‘rganildi, bu uy-joylarni o‘rganish jarayonida aniqlandi.
Olimlar fikricha, har bir oila yakka uylarda yashagan va ularning jamoasi qishloq kvartallariga aylangan. Uylar orasida ko‘chalar shakllangan bo‘lib, ular qal’a-qo‘rg‘onning markaziy maydoni bilan bog‘langan. Uy-joylar ko‘p xonali bo‘lib, xom g‘ishtdan qurilgan va yuzasi somonli loy bilan suvalgan. Uylarning pollari xom loy bilan, don saqlanadigan xonalarning poli alebastr bilan suvalgan, yoki pollarga sopol siniqlari yotqizilgan. Uylarda o‘choq va sandallar uchraydi. O‘choq bor xona alohida ozoda saqlangan. Omborlardan ko‘plab sopol idishlar, g‘alla va hayvon suyaklari topildi.
Sopollitepa materiallarini keng ko‘lamda o‘rganish natijasida qator ilmiy xulosalarga kelindi. Birinchidan O‘zbekiston xududida sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilik xo‘jaligining kelib chiqishi tarixi ming yilga qadimiylashdi. Ikkinchidan, O‘zbekiston xududlarini qadimgi Sharq madaniyati yoyilgan zonaga kiritish imkoni tug‘ildi. Uchinchidan, ilk shaxarlar haqidagi ma’lumotlar ham ming yilliklarga qadimiylashdi, O‘zbekistonda ilk shaharning kelib chiqish negizi respublikamizning janubiy rayonlarida ekanligi isbotlandi. To‘rtinchidan, ipakchilik, bog‘dorchilik va qorako‘lchilikka doir yangi materiallar qo‘lga kiritildi.
Sopollitepada hayot taxminan 200 yillar davom etgan. Keyinchalik uning axolisi yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida sharq tomon siljib, hozirgi Sherobod yaqinidagi Oqqo‘rg‘on qishlog‘i xududiga ko‘chib borganlar.

Download 36,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish