2. O’rinlashtirishlar va o’rinlashtirishlar soni. Elementlarning joylashish tartibi berilgan to’plam tartiblangan to’plam deyiladi. n ta elelmentlardan tuzilgan chekli to’plam berilgan bo’lsin. Bu to’plamning tartiblangan har qanday m elementli (m≤n) qism to’plami n ta elementdan m tadan o’rinlashtirish deyiladi.
n ta elementdan m tadan o’rinlashtirishlar soni orqali belgilanadi.
Bu son
=n(n-1)(n-2)···(n-m+1) (79.2)
formula bilan topiladi. Bu formulani
ko’rinishda yozish ham mumkin.
Agar m=n bo’lsa,
=Pn=n!
kelib chiqadi.
1-misol. Guruhning 25ta talabasidan uchta guruh faollarini necha usul bilan saylash mumkin.
Yechilishi. n=25, m=3. (79.2) ga ko’ra
.
2-misol. Yetti xonali 106 ta telefon nomerlarining qanday qismi yettita har xil raqamlardan iborat bo’ladi?
Yechilishi. n=10, m=7 chunki raqamlar soni 10 ta. (79.2) formulaga asosan
.
Demak millionta yetti xonali nomerli telefonlardan 604800 tasi har xil raqamli ekan. Bu millionning 0,6048 qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |