Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular
muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar
ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor,
bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni
tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator
chora-tadbirlar
XX
asrning
20-yillari
o‘rtalaridan
boshlangan.
104
qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur
doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at
tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni
(terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni
lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-
yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy
masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik
jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi,
mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada
chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi
masalaga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga
bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy
konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili
terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili
terminologiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan
birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi. Shuni qayd
etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an’anasini davom ettirib, ko‘rsatilgan
“Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi
yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har
xilligiga chek qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha
1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi
qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik
komissiya (RMTK)ning tashkil etilgan.
105
qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib
yuborildi. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab
chiqildi va e’lon qilindi. Atamaqo‘m mana shu prinsiplarga suyanib, ilm-fan,
ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasiga chiqara
boshladi.
Shuni aytish kerakki, tilda an’anaviy tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan
iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor.
Qadimgi iqtisodiy atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi
davr, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga ehtiyoj ortishi
munosabati bilan iqtisodiy terminlar beqiyos boyib bormoqda. O‘zbek tilining
iqtisodiy terminlarini to‘plash, sistemalashtirish, ilmiy nuqtai nazardan tadqiq
etish va shu asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga solish zarurati
tug‘ildi.
Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday
narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr
yuritganini ko‘rsatib turadi. Boshqa tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham
xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan
munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa
boshlagan. Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagani sari, boshqa sohalarda
bo‘lganidek, iqtisodiyotda ham yangidan-yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi,
iqtisodiyotni o‘rgana boshlashga yo‘l ochildi, pirovardida, hozirgi davrda
hayotimizning asosini tashkil etgan tom ma’nodagi iqtisodiyot ro‘yobga chiqdi.
Bunday ekstralisoniy omillar iqtisodiyotning o‘ziga xos terminologik tizimining
qaror topishiga sabab bo‘ldi. Demak, iqtisodiyot terminologiyasi hozirgi holatiga
yetib kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.
106
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” lug‘ati, inqilobgacha
yaratilgan bir qancha lug‘atlar, o‘zbek adabiyoti vakillari, xususan, Alisher
Navoiy, Bobur va boshqalarning badiiy, ilmiy-badiiy asarlari o‘zbek iqtisodiy
terminlarning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutgan manbalar hisoblanadi.
Asarda o‘z ifodasini topgan ba’zi leksemalar davr o‘tishi bilan is’temoldan
tushib, hozirda arxaizmga aylanib qolganligini ham qayd etish lozim. Маsalan,
bergo‘ - qarz; oto‘nch - qarz; o‘ro‘nch - pora; og‘ur - davlat; yomg‘a -mollarni
saqlovchi va ularni yig‘uvchi (amaldor); sart - savdogar; terchi - muzd, ish haqi
oluvchi.
3.
Iqtisodiyot terminologiyasining istiqloldan keyingi davrdagi taraqqiyoti.
Makler, marketing, menejment, bankomat.
2
. Iqtisodiyot terminologiyasining XX asrning 20-90-yillardagi taraqqiyoti.
Veksel, blanka, reyskurant, kredit, tovar.
1. Iqtisodiyot terminologiyasining XX asrning boshlarigacha bo‘lgan
davri. savdogar, sarmoya, davlat, baho, qiymat, manfaat, foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |