61-savol Xarasimon suvo‘tlar sinfi-Charophyceae
Xarasimonlar boshqa sinf vakillaridan tallomining morfologik
tuzilishi jihatdan murakkabligi, jinsiy ko’payish organlarining ko’p
hujayrali bo’lishi bilan farq qiladi. Xarasimonlarning 200 ga yaqin turi bo’lib, 5 ta turkum va bitta oilaga birlashadi. Ular bir va ko’p yillik o’simliklar bo’lib, bo’yi 10-15 dan 90-100 sm gacha boradi.
Xarasimonlar osti balchiq, suvi tiniq sholipoyalar, hovuzlar, buloqlar, ko’l va ariqlar, soy hamda kanallarda to’p-to’p, ba’zan yashil gilamlar hosil qilgan holda uchraydi.
Xara tallomining ustki qismi ohakli tuzlarni shimib olganligi sababli mo'rt bo'ladi.
. Xara vegetativ va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishda, uning rizoidlari, tuganaklar yoki «poya» bo’g’imlarida yulduzsimon hujayralar to’plami hosil bo’ladi va ular unib yangi tollomini paydo qiladi. Jinsiy ko’payishi esa oogamiya yo’li bilan boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |