73-savol Zigomitsetsimonlar sinfi
Bu sinfga 500 tur kiradi. Ular asosan quriklikda yashashga moslashgan. Ayrim turlari o’simlik chirindilarida, hayvon qoldiqlarida saprotrof oziqlanadi. Ba’zi turlari esa yuksak o;simliklarda umurqasiz hayvon va odam tanasida parazitlik qiladi.
Zigomitsetsimonlarning shoxlangan, to’siqsiz, yaxlit hujayrasiz mitseliylari ko’p yadroli . Mitseliyning hujayra devorida xitin va xitazin moddasi bor. Jinssiz ko’payishi endogen sporangiy va sporalar yoki koloniyalar hosil qilish vositasida sodir bo’ladi. Bu esa zigotamitsetsimonlarning suv muhitidan chiqib, quruqlikda yashashga moslashganligidan dalolat beradi. Jinsiy ko’payishi zigogamiya. Gametalarga differensiyalashmagan ikkita teng hujayra moddasining biridan ikkinchisiga o’tib, o’zaro qo’shilishidan ko’p yadroli gametangiya yoki tinimdagi zigospora hosil bo’ladi. Bunday sporaga azigospora deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |