7 variant Mоliyaviy tahlil fanining bоshqa fanlar bilan o’zara bоg’liqligi. Bir so’mlik tоvar mahsulоt uchun qilingan xarajatlar tahlili. Mahsulоt turi
Mahsulоt nоmenkulaturasi va assоrtimentini tahlil qiling va xulоsa bering.
Mahsulоt turi
Mahsulоt bahоsi, so’m
Ishlab chiqarilgan mahsulоt natura shaklida (dоna)
Ishlab chiqarilgan mahsulоt qiymat shaklida (ming so’m)
Assоrtimentga qabul qilingan mahsulоt
1
2
3
4
5
6
7
A
7779
4255
4630
?
?
?
B
14251
1486
1701
?
?
?
V
2282
4735
4045
?
?
?
G
14826
6451
5760
?
?
?
D
23348
1195
1550
?
?
?
Yo
-
-
-
?
?
?
Jami
X
X
X
?
?
?
Bunda assorsimentga qabul qilingan mahsulot reja va haqiqiy ko’ratkichlarning eng kichigi olinadi. 1. Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular o‘rtasida tutgan o‘rni g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikka va aloqadorlikka ega: - buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot nazariyasi, makro va mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar, moliya matematikasi. Tahlil fanining “Buxgalteriya hisobi” fani bilan bog‘liqligi. Moliyaviy tahlil va buxgalteriya hisobi (Moliyaviy hisob, Boshqaruv hisobi) uzviy bog‘liqlik va aloqadorlik mavjud. Hech bir qayd etilgan, jamlangan va umumlashtirilgan hamda hisobotlangan axborot tahlilsiz, analitik qayta ishlovlarsiz boshqaruvda foydalanilmaydi. Uning eng muhim aloqasi tahlilda axborotlar oqimi bosh manbasi ekanligi bilan izohlanadi. Olingan axborotlarning 70-80 foizi buxgalteriya hisobidan olinadi. Tahlil fanining “Moliyaviy hisobot” fani bilan bog‘liqligi. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy tahlil fanining axborot asosi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlar – foydalanuvchilar keng doirasining axborotga bo‘lgan talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‘lganda, moliyaviy hisobotda bor bo‘lgan axborotga qo‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. Moliyaviy hisobotlar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) asosida tuziladi. Zarur hollarda kompaniyalar Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) asosida tuzishlari mumkin. Tahlil fanining “Audit” fani bilan bog‘liqligi. Audit – mustaqil ekspertlar, auditorlar tomonidan korxona moliyaxo‘jalik faoliyatini tekshirishni anglatadi. Bunda nafaqat tekshirish balki korxonaning iqtisodiy, moliyaviy faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha ham tavsiyalar ishlab chiqiladi. Audit – ishonchlilik bo‘yicha mustaqil tekshiruv hisoblanadi. Audit – auditorlarning yoki auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi yoki moliyaviy hisobotlarni, buxgalteriya hujjatlari, soliqlar va boshqa majburiyatlarni auditorlik tekshiruvini amalga oshirishdan iborat tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi.
2. Rejali iqtisod davrida har bir korxonaga mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha yuqori tashkilotlar tomonidan topshiriq berilar edi. Korxonaning ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi ko‘rsatkichlardan biri bo‘yicha tannarxni pasaytirish rejasi belgilangan. 1. Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi. 2. Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajat. 3. Mahsulot birligini tannarxi. Mahsulot tannarxini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan eng muhimi bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdir. Bu ko‘rsatkich tiyin hisobida quyidagicha aniqlanadi:
Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat = Ishlab chiqarish tannarxi/ Tovar mahsulotini ulgurji bahosi
Bu ko‘rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin. Tahlil etishda bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar dinamikasi, biznes-rejaga nisbatan o‘zgarishi aniqlanadi. 69-jadval Bir so‘mlik mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili Tahlil davomida 1 so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarni rejaga, o‘tgan yildagiga nisbatan o‘zgarish sababalari va unga quyidagi omillarni ta’sirini aniqlash lozim. 1. Mahsulot strukturasi va assortimenti o‘zgarishi. 2. Xomashyo yoqilg‘i energiya bahosini o‘zgarishi. 3. Mahsulot bahosini o‘zgarishi.
69-jadval 3. Gorizontal tahlil – alohida moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash orqali moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarga
baho berish usuli hisoblanadi.Moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini, moliyaviy ko‘rsatkichlarni gorizontal tahlili asosida ularning o‘zgarishiga mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi.
Moliyaviy tahlilda gorizontal tahlilning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
1. Hisobot ko‘rsatkichlarini davr boshiga va oxiriga taqqoslash;
2. Hisobot ko‘rsatkichlarini o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
3. Hisobot ko‘rsatkichlarini dinamik taqqoslash;
4. Turli tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy taqqoslash.
Moliyaviy hisobotni gorizontal tahlili deganda – moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini mutlaq va nisbiy ifodalarda, hisobot davri boshiga yoki o‘tgan yilga nisbatan qiyosiy o‘rganishga aytiladi.
Gorizontal tahlilda ikki va undan ortiq davrlarga tegishli moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga (mutlaq va nisbiy ifodada) baho beriladi. Davr oralig‘ini tanlashda interval oraliqlar kengligi bir xilda olinadi. Masalan‚ hisobot yilining chorak, yarim yillik va yillik ko‘rsatkichlari mos ravishda o‘tgan yilning chorak, yarim yillik va yillik ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanadi.
Gorizontal va vertikal tahlil turlarini bir-biridan ajratgan holda tasavvur qilish qiyin. Negaki‚ ulardan birgalikda foydalangandagina mazmun kasb etadi. Shu sababli‚ gorizontal va vertikal tahlil turlari doimo bir butunlikda olib boriladi.
8 variant
Moliyaviy tahlilning asоsiy vazifalari.
Mahsulоt ishlab chiqarish rejasining bajarilishini tahlili.
Jоriy aktivlar aylanishining tahlili.
Mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlil eting va xulоsa bering.