Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yili
|
Hisоbоt yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznes reja bo’yicha
|
Haqiqatda
|
O’tgan yildan
|
Biznes rejadan
|
sоni
|
%
|
sоni
|
%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1.Ishchilar.
|
412
|
420
|
?
|
376
|
?
|
?
|
?
|
2. Xizmatchilar.
|
78
|
76
|
?
|
81
|
?
|
?
|
?
|
3. Rahbar xоdimlar.
|
41
|
36
|
?
|
38
|
?
|
?
|
?
|
4. Mutaxassis va texnik xоdimlar
|
89
|
90
|
?
|
87
|
?
|
?
|
?
|
5.Qоrоvullar
|
6
|
5
|
|
5
|
?
|
?
|
?
|
Jami:
|
626
|
627
|
?
|
587
|
?
|
?
|
?
|
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yili
|
Hisоbоt yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznes reja bo’yicha
|
Haqiqatda
|
O’tgan yildan
|
Biznes rejadan
|
sоni
|
%
|
sоni
|
%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1.Ishchilar.
|
412
|
420
|
67,09265176
|
376
|
64,05451448
|
-36
|
-44
|
2. Xizmatchilar.
|
78
|
76
|
12,14057508
|
81
|
13,79897785
|
3
|
5
|
3. Rahbar xоdimlar.
|
41
|
36
|
5,750798722
|
38
|
6,473594549
|
-3
|
2
|
4. Mutaxassis va texnik xоdimlar
|
89
|
90
|
14,37699681
|
87
|
14,82112436
|
-2
|
-3
|
5.Qоrоvullar
|
6
|
5
|
0,798722045
|
5
|
0,851788756
|
-1
|
0
|
Jami:
|
626
|
627
|
100,1597444
|
587
|
100
|
-39
|
-40
|
|
Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar: - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; - reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish; - faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash; - xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash. - iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash; - belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat
Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ishlab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqos- 157 lanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutlaq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim. Bunday tahlil qilishda taqqoslanuvchi ko‘rsatkichlar bir xil baholarda hisoblangan, ya’ni taqqoslanuvchi talabga keltirilgani maqsadga muvofiqdir. Sababi, aniqlangan o‘zgarish va farqlarda baho omilining ta’siri bo‘lmasdan faqat miqdoriy o‘sish yoki kamayishlar aniq holati ko‘ringani tahlilning ta’sirchanligini orttiradi. Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘tgan yillarga nisbatan o‘sish sur’atlari bir xil solishtirma ulgurji bahoda aniqlanadi. Amaldagi ulgurji bahoda ifodalangan mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini solishtirma bahodagisi bilan taqqoslash orqali bahoning o‘zgarishini mahsulot miqdoriga ta’siri aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish biznes-rejasini bajarilishi va uning dinamikasi miqdoriy (dona, kg, tonna) o‘lchamlarda aniqlanib tahlil etiladi. Bunday tahlil miqdor o‘lchamidagi ma’lumotlarni o‘rgansa-da, aniq holatni va mavjud imkoniyatni batafsilroq aks ettiradi. Sababi, firma qancha turdagi va miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqargan bo‘lsa, faqat haqiqatda erishilgan natijalargina o‘rganiladi. Tahlil davomida mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘rtacha yillik o‘sish darajasini aniqlash lozim. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja bajarilishini tahlil qilish uchun hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha haqiqiy miqdorini reja bo‘yicha ko‘zda tutilgan miqdoriga solishtiriladi va o‘zgarishi mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda aniqlanib, baho beriladi. Mahsulotlarning turlari bo‘yicha dinamikasini tahlil qilish uchun hisobot yilida yetishtirilgan mahsulotning haqiqiy 158 miqdorini bazis yilida yetishtirilgan mahsulotning haqiqiy miqdoriga solishtirib, o‘zgarishi aniqlanadi va baho beriladi.
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda ularning pulga aylanish tezligi tushuniladi. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi koeffitsiyenti joriy aktivlarning moddiy aktivlar va debitorlik qarzlariga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar bevosita korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u asosida biznesni boshqarishda resurslar cheklanganligi va ulardan unumli foydalanish darajasi tahlil qlinadi va uning muhim yo‘nalishlari belgilanadi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishning muhim yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin: - mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini o‘stirish; - mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larni iste’molchilarga yetib borishi va ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini tezlashtirish; - aylanma mablag‘lar bo‘yicha me’yoriy zaxiralar saqlanishiga amal qilish; 349 - aylanma mablag‘larning me’yordan ortiqchaligini maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yish (mollarni imtiyozli shartlarda sotish, ijaraga berish va hokazolar); - aylanma mablag‘larni qayta baholashni balans tuzish sanasiga hisobga olish va to‘g‘ri belgilash; - aylanma mablag‘larni hisobdan chiqarishning xalqaro usullaridan foydalanish; - korxonaning hisob siyosatini, shuningdek, aylanma mablag‘larini baholash usulini belgilashda tarmoq rivoji va texnologik jarayonlarning murakkabligiga ahamiyat berish; - tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri baholash; - aylanma mablag‘lar normativini belgilash; - aylanma aktivlar aylanishini tezlashtirish maqsadida tovar va moddiy boyliklarni sotish bo‘yicha hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish; - mahsulotlarni markazlashgan holda sotib olish, sotuvchi va sotib oluvchining monopolligini cheklash; - moddiy aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda texnik va texnologik yangilanishni ta’minlash va hokazolar. Aylanma mablag‘larning aylanishini tahlil qilganda quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: a) aylanish koeffitsiyenti = mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan sof tushum/ tovar-moddiy zaxiralari b)) aylanish kuni = tovar-moddiy zaxiralari * hisobot davr kuni (360/ mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan sof tushum 350 d) aylanish salmog‘i koeffitsiyenti = tovar-moddiy zaxiralari/. mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan sof tushum
Do'stlaringiz bilan baham: |