- Qiz bolalarning ovozi yengil va tiniq bo’lib, ba’zan ularda tembr alomatlari ham uchraydi, lekin o’g’il bolalardagidek ravshan bo’lmaydi. Ovozning 1 va 2 da bo’linishi shartli bo’lib, asosan diapazaon kengligi va musiqa o’quvchining sifatiga qaratiladi.
- Diapazon: diskantlar (1-ovozlar do1 – dan fa2, primar tovushlar sol1, lya1, si1, altlar 2ovozlar si1 – dan re2 gacha, primar tovushlar fa, sol gachadir).
- Bolalar bilan olib boriladigan vokal ishlarida bu hodisalarni hisobga olishi kerak. Mutatsiya: o’g’il bolalar ovozini saqlab qolishda o’tish davri katta ahamiyatga ega, bunda bolalik ovozi erkak ovoziga aylanadi ya’ni mutatsiya (o’zgarish) yuz beradi.
- O’g’il bolalarda mutatsiyaning boshlanish davri odatda, jinsiy balog’atga yetish davriga to’g’ri keladi. Bu narsa ko’proq 12-15 yoshlar o’rtasida yuz beradi, lekin ba’zan mutatsiya ertaroq 11-12 yoshda, ba’zan kechroq 16-18 yoshda sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |