Normal rivojlangan bolalar ovoziga xos bo’lgan bola ovozining shakllanishidagi asosiy davrlar bilan tanishamiz: - 1. 7-9 yoshli bolalarning ovozi o’zining yengilligi, tiniqligi, yorqinligi hamda ovozning tanglaydan chiqishi bilan ajralib turadi. O’g’il va qiz bolalarning ovozi bir-biriga o’xshaganligi sababli ba’zi vaqtda qo’shiqni kim ijro etayotganligini o’g’il bolami, qiz bolami bilish qiyin. Ovozlarning deyarli hammasi diskant ovozlardir. Ovoz hajmi do1-re2 dan do2-re2 gacha birinchi oktavadagi fa, sol, lya tovushlari (primar zonasi) eng yaxshi sado beradigan tovushdir.
- 2. 10-11 yoshli bolalalarning ovozi ancha kuchli va quyuqroq eshitiladi. Quyi tovushlarda, ko’krakdan chiqarib aytish elementlari uchraydi. Bu yoshda ovoz shakllana boshlaydi, hiyla muayyan tembrdagi ohang paydo bo’ladi. Shu tufayli o’g’il bolalar ovozi diskant va altga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |