- Bolalar ovozi apparatining tuzilishi va hushovozlikning shakllanish xususiyatlarini chuqur o’rganish bolalar ovozini saqlash va tarbiyalash uchun ma’lum metodika ishlab chiqishni zarur qilib qo’ydi. Bu ikki tushunchani (bolalar ovozining shakllanish va uni saqlash tushunchasini) bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki, bolalarni qo’shiq kuylashga to’g’ri o’rgatish ovozni saqlashning eng muhim usulidir, demak umumiy ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasini amalga oshiruvchi musiqa o’qituvchilarining roli juda kattadir. Bolalarni qo’shiqsevar qilib tarbiyalash, o’qituvchilarning malakasiga, bolalar ovozidagi xususiyatlarni bila olishiga, qo’shiqqa o’rgatish metodikasini qanchalik egallaganligiga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |