7 – SINF O’ZBEKISTON TARIXI
I. BOB
V asrning o’rtalari - obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi
XORAZM
III asrda Xorazmda bir nechta mahalliy hokimliklar mavjud bo’lgan
III asr o’rtalarida – Xorazm davlati Qang`dan Ajralib chiqqan poytaxti – Tuproqqal’a edi 7soha rivojlangan
Hukmronlik ramzi burgut(tuproqqala) va lochin(Anqaqala)
Milodiy 305-yilda – Afrig’ o’z qarorgohini Tuproqqal’adan Kat shahriga ko’chiradi, kumush tangalar zarb zarb ettirgan
Vizantiya va turklar bilan diplomatic Aloqalar qilgan
Xorazmda hukmronlik qilgan sulolar (xorazmshohlar):
Agrig’iylar sulolasi – IV asrdan – X asrga qadar (995 yillar)
Ma’muniylar sulolasi – 995-1017-yillar
Anushtaginlar sulolasi- 1040-1231-yillar
XIONIYLAR DAVLATI
IV asrning 70-yillaridan - V asrning ikkinchi yarmiga qadar – O’rta Osiyoda xioniylar hukmronlik qilishgan
Davlat markazi Zarafshonda bo`lgan
Hududi Shim Hind mar Tohar Afg`on Xuroson
Xioniylar O’rta osiyoda 120 yil faoliyat yuritgan
KIDARIYLAR DAVLATI
V asrning 20-yillarida – sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga ko’chmanchi chorvador aholi — toxarlar (kidariylar) kirib keldi
Xioniylar janubida davlatini quradi
456-yil – kidariylar bilan sosoniylar o’rtasidagi jangda kidariylar yengildi
EFTALLAR DAVLATI
V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha O’rta osiyoda Eftalilar davlati faoliyat yuritgan
456-yilda – Eftallar Xitoyga elchi yuboradi
Sosoniy hukmdorlar:
Pero’z
484-yilda – Pero’z eftallarga qarshi yurishda halok bo’ld.
Anushervon (531-579)
V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida – Eftallar davlati hududi: O’rta Osiyo,Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston
V asrda – Zog’ariq, Bo’zsuv (Janubiy Qozog’iston va Toshkent) va Darg’om (Samarqand viloyati janubiy tumanlarining) kanallari barpo etildi
V-VI asrlarda – O’rta Osiyoda sug’d yozuvi, xorazm va eftal yozuvlari tarqaldi
V asrda–O’rta osiyoda shishasozik rivojlangan.
TURK XOQONLIGI
VI asr o’rtalarida (552–yilda) – Oltoy va Janubiy Sibirda Turk xoqonligi vujudga keldi. Asoschisi Bumin
Harbiy yurishlari: 555-yilda – Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylari yerlarini egallab, oladilar
563-yilda – Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar
563–567-yillarda – Eftallar davlati janubdan Eron sosoniylari, shimoldan Turk xoqonligining zarbasiga uchrab, so’ng tamomila barham topdi.
563–567-yillarda Turk xoqonligining Eftallarga hududiga yurushlari: Parak (Chirchiq) vodiysi va uning
markazi Choch shahri – Sirdaryodan o’tib, – Zarafshon vodiysi – Samarqand – Kesh – Naxshab – Buxoro (8 kun)
VI asrda – Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimliklar mavjud edi
VI asrning 80-yillari oxirlarida – Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi
VII asrning birinchi choragida – G’arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi
618–630-yillarda – To’ng yabg’u hukmronlik qilgan davri
VII asrning birinchi yarmida – G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Shu davrda xitoyga 9 marta elchi jo’natilgan
Turk xoqonligi davrida – O’rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi
585–586-yillarda – Buxoroda Abro’y qo’zg’aloni bo’lib o’tdiV–VII asrlarda – O’rta Osiyoda 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi
|
718-yilda – Xitoyga hadya tariqasida Samarqanddan dubulg’a yuborildi
V asrda – Choch va Eloq Eftallar davlatiga, VI asrda esa G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysundiriladi.
VII asrning dastlabki choragida – G’arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko’chiradi
V-VII asrlarda – O’rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o’rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko’chmanchi chorvadorlarning beto’xtov shiddat bilan kirib kelishi va o’troqlashuvi shahar va qishloqlaming qiyofasi va aholisining turmush tarziyu ahvoliga jiddiy ta’sir ko’rsatdi
VI–VII asrlarda – O’rta Osiyoda zardnshtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi dinlar mavjud bo’lgan
II. BOB – ARAB XALIFALIGI (632-1258)
|