Qiymadan shakllar yasash. Tayyorlangan qiymadan kotlet, bitokchi, zrazi, teftellar yasaladi.Taxminan 50-60 grammli teng qismlarga bo'linib ularga shkl beriladi. Kotlet-oval, bir uchi esa uchli, uzunligi 10-11 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 1-2 sm. Bitochki-doira shaklida, diametri 6 sm, qalinligi 2 sm. Teftel-dumaloq, (diametri 3-4 sm). Zraza-oval shaklida, uzunligi 10 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 1,5 sm, ichiga qovurilgan piyoz va qattiq pishgan tuxum mayda to'g'rab solinadi. Ularni oq non talqoniga yoki unga bulab olinadi. Mahsulotlarga shakl berilganda usti tekis va yoyilmagan bo'lishi kerak, aks holda tashqi ko'rinishi sifatsiz bo'ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |