7-sinf kimyo test.
1. Kimyo- nimani o’rganadi?
A) moddalarni
B) moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishini o’rganadi.
C) moddalarning xossalari va agregat holatini o’rganadi.
D) molekulalarni va atomlarni o’rgnadi.
2. Hozirgi kunda fanga nechta kimyoviy element ma’lum.
A) 98
B) 118
C) 128
D) 108
3. Jismlar nimalardan tashkil topgan?
A) moddalardan
B) atomlardan
C) molekulardan
D) vodoroddan
4. Moddalarning xossalariga nimalar kiradi?
A) hammasi
B) erish temperaturasi
C) qaynash temperaturasi
D) rangi, hidi,zichlik,ta’m,suyuq,gaz holati
5. ‘’ Atomos ‘’ so’zining ma’nosi.
A) bo’linadi
B) bo’linmas
C) mayda zarra
D) zarracha
6. Moddalar nimadan tashkil topgan?
A) atomlardan
B) jismlardan
C) molekulalardan
D) ko’zga ko’rinmas zarrachalardan
7. Molekulalar nimadan tashkil topgan?
A) atomlardan
B) jismlardan
C) molekulalardan
D) ko’zga ko’rinmas zarrachalardan
8. Diffuziya hodisasi nima?
____________________________
9. Broun nimani o’rgangan?
A) mikroskopda suyuqlikdagi mayda qattiq zarrachalarning harakatini kuzatgan.
B) atom va molekulalarni harakatini kuzatgan
C) molekulalar orasidagi masofani kuzatgan.
D) lupada molekulalarni kuzatgan.
10. 1827-yilda qaysi olim mikroskopda molekula va atomlarni harakatini kuzatgan?
A) R.Deyl
B) Ch. Darvin
C) Bersileus
D) R.Broun
11. Molekula nima?
A) atom
B) zarracha
C) moddaning kimyoviy xossalarini o’zida namoyon qiluvchi eng kichik bo’lagi.
D. moddaning xossalarini o’zida namoyon qiluvchi eng kichik bo’lagi.
12. Kimning taklifiga ko’ra kimyoviy belgi element nomining bosh harfi bilan belgilanadigan bo’ldi?
A) R.Deyl
B) Ch. Darvin
C) Bersileus
D) R.Broun
13. Davriy jadvaldagi 9- elementning nomi va massasini aniqlang?
A) H (vodorod) massasi 1
B) F ( ftor) massasi 19
C) Ne (neon) massasi 10
D) C (uglerod) massasi 12
14. Hidning havoda tarqalishiga nima deyiladi.
A) flotatsiya
B) diffuziya
C) sublimatsiya
D) agdeziya
15. Nisbiy atom massa nima ?
A) element atom massasi.
B) element atom massasining 12C ( uglerod-12) atom massasining 1/12 (o’n ikkidan bir) qismidan necha marta og’irligini ko’rsatuvchi kattalik
C) bilmayman
D) uglerod atom massasidan 12 marta kattaligini ko’rsatuvchi son.
16. 1 m.a.b nechaga teng?
A) 1,66*10-27
B) 6.02*1023
C) 19.93*10-27
D) 26.67*10-27
17. Inson tanasi asosan nechta elementdan tashkil topgan?
A) 99 ta
B) 109 ta
C) 118 ta
D) insonda element nima qiladi.
18.Kimyoviy birikma nima?
A) modda
B) element
C) ikki va undan ortiq har xil parchalanuvchi moddaga aytiladi.
D) jism va atomalarning yig’indisi.
19. Sof modda nima?
A) tarkibi va xossalari butun hajmi bo’yicha bir xil bo’lgan modda
B) aralashmaga aytiladi
C) toza moddaga aytiladi
D) bilmadim
20. Oddiy modda nima?
A) turli element atomlaridan tashkil topgan moddalar
B) bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar
C) ikki va undan ortiq element atomlaridan tashkil topgan moddalar
D) hamma modda oddiy modda
21. Murakkab modda nima?
A) turli element atomlaridan tashkil topgan moddalar
B) bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar
C) ikki va undan ortiq element atomlaridan tashkil topgan moddalar
D) hamma modda oddiy modda
22. Allotropiya ___________________________________
23. Moddaning nechta agregat holati bor?
A) 5 ta suyuq,gaz, qattiq,kristal,amorf
B) 4 ta suyuq,gaz, qattiq,kristal
C) 3 ta suyuq,gaz, qattiq
D) bilmayman
24. Sublimatlanish_________________________________
25. Valentlikni ta’rifi keltirilgan qatorni toping?
A) Valentlik deb, element atomining boshqa element atomlari aniq sonini biriktirib olish imkonyatiga aytiladi.
B) Valentlik deb bir element atomi boshqa element atomidan elektronlarni biriktirib olish xususiyatiga aytiladi.
C) Valentlik lotincha so’zidan olingan bo’lib kuchi bor degan ma’noni anglatadi.
D) Ava C javob
Do'stlaringiz bilan baham: |