7-sinf. Jahon tarixi. Mavzu: Kirish: O’rta asrlar tarixi nimani o’rgatadi? Darsning maqsadlari


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni



Download 0,75 Mb.
bet7/13
Sana26.01.2020
Hajmi0,75 Mb.
#37140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2 5381949056769589313


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Xaritadan Fransiyaning XI-XIV asrlardagi hududlarini topib ko'rsating.

2.Aniq misollar asosida (kamida uchta) Fransiya­ning XV asrda XI asrdagiga nisbatan kuchli mamlakat ekanligini tasdiqlab bering.

3.1420-yildagi shartnoma Fransiyaga qanday o‘zgarishlar olib kelgan?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.


7-SINF Jahon TARIXI Tasqidlayman

MO’IB director o’rinbosari:

Sinf: 7-a 7-b 7-d ___________Nishonova Q.

Sana:

Mavzu:Nazorat ishi – 4.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Nazorat va umumlashtirish

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.

D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



Nazorat ishi savollari:

1.Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi.

2.General shtatlar. Toifaviy monarxiyaning vujudga kelishi.

3.Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri. Jakeriya.

1)Salibchilar Suriya cho'lida musulmonlar bilan jang qilayotganida Fransiya og‘ir davrlarni boshdan kechirayotgan edi. Avvalgi G'arbiy Frank qirolligi bir-biridan mustaqil katta-kichik o'nlab knyazliklarga bo'linib ketadi. Knyazliklar merosga qoldirilganida yana bo‘linar, sulolaviy nikohlar natijasida qo‘ldan-qo‘lga o'tardi. Qirolning shaxsiy yer-mulklari (domeni) shimolda Parijdan — janubda Orleanga qadar joy­lashgan edi. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya gersoglarining har biri qirolga nisbatan ko'proq hudud va aholiga ega edilar. Anju, Tuluza, Blua graflari ham kuch-qudrat bobida qiroldan kam bo'lishmagan. Qirol domenida esa unga bo'ysunmagan feodallar mustahkam qal’alar qurib joylashib olgan edilar. Qirol Lyudovik VI (1108-1137) o‘z domenida tartib o'rnatishga harakat qila boshlaydi. U Burj va Sans shaharlarini o‘z yer-mulkiga qo'shib oladi. Qirol o'zboshimcha baronlar qal’alarini buzib, ularni bo'ysundiradi. Lyudovik VI ning omadi yurishib o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo'riga uylantirishga muvaffaq bo'ladi.

2)Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285-1314) o‘z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol domeniga qo'shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimoli-g‘arbidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi. Filipp IV Yevropa hukmdorlaridan birinchi bo'lib katta yer-mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294-1303) ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to'lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to‘xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bо‘ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ni cherkovdan xoliligini tantanali e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi.

General shtatlar. Bunga javoban Fransiya qiroli 1302- yilda uch toifa vakillari: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muhokama qilishni taklif etadi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi.

3)Ang­liya va Fransiya o'rtasida ХIV asrning 30-yillarda boshlangan urushlar (1337-1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda “yuz yillik urush” nomini olgan. Filipp IV ning o'limidan so‘ng taxtga da’vogar erkak zurriyot qolmaydi. X asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard III, Filipp IV ning qizidan nabirasi, o'zini har qanday valualardan taxtga haqliroq deb e’lon qiladi. Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi “ Sali haqiqati”dan yerning meros bo'yicha ayol kishiga o'tishi mumkin emasligi ha­qidagi qonunni topishadi. Huquqshunoslar bu qonunga ko‘ra, qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak Filipp IV ning qizi o‘z o‘g‘li Eduard III ga Fransiya taxtiga o'tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida qaror chiqarishadi. Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlana­di. Fransiya qiroli 1337-yilda inglizlarning mamlakatning janubi-g'arbidagi Akvitaniya yerlarini o‘z tasarrufiga olganini e’lon qiladi.

Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.


_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Xaritadan Fransiyaning XI-XIV asrlardagi hududlarini topib ko'rsating.

2.Aniq misollar asosida (kamida uchta) Fransiya­ning XV asrda XI asrdagiga nisbatan kuchli mamlakat ekanligini tasdiqlab bering.

3.1420-yildagi shartnoma Fransiyaga qanday o‘zgarishlar olib kelgan?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Angliyada qirol hokimiyatining zaiflashuvi uni daniyaliklarning talonchilik maydoniga aylantiradi. Angl-sakslar bunga qarshi XI asrning 40-yillarida qo‘zg‘olon ko‘targanida, ularga Fransiyaning shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Ammo ko‘p o‘tmay bu kо'mаk beg‘araz bo’lmagani tasdiqlanadi.

Normandiya gersogi Vilgelm qo‘shinlari 1066-yilda Angliyaga kelib tushadi. Gastings jangida normandlarning otliq ritsarlari inglizlar piyoda qo‘shinini qurshab oladi. Angliya qiroli Garold va uning qo'shini tengsiz jangda halok bo‘ladi. Normandiya gersogi qirollik taxtini egallab, Vilgelm I nomini oladi. Vilgelm ma­halliy feodallar — angl-sakslar yerlarini tortib olib, o‘z ritsarlariga bo'lib beradi. Ayni paytda kichik va o‘rta yer egalari o'z mulklarini saqlab qolishadi. Mamlakatni itoatda saqlash uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Vilgelm I barcha feodallarni qirolga sodiqlikka qasamyod qildiradi.

Qirolning eng yirik mulkdor bo‘lishi, baronlarga esa yer-mulklarining turli viloyatlardan taqdim etilishi Fran­siyadagi kabi mustaqil grafliklarning tashkil topishiga to‘sqinlik qiladi. Normandlar istilosi natijasida Angliya dehqonlariga zulm o'tkazish kuchayadi.

O‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida normandlar Angliya bo'ylab ko'plab qal’alar qurdirgan. Ulardan eng mashhuri Londondagi Tauer bo‘lib, u hozirgacha mavjud.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Normandlar istilosining Angliya uchun ahamiyatini ta’riflab bering.

2.Feodal jamiyatining Angliya va Fransiyada o‘rnatilishi xususiyatlarini qiyoslab, farqlarini aniqlang.

3.“Buyuk ozodlik xartiyasi”ni siz qanday tushundingiz?

4.Angliya parlamenti haqida so'zlab bering.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Angliya XIV – XV asrlarda.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Angliyaning XIV – XV asrlardagi tarixi haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Normandlar istilosining Angliya uchun ahamiyatini ta’riflab bering.

2.Feodal jamiyatining Angliya va Fransiyada o‘rnatilishi xususiyatlarini qiyoslab, farqlarini aniqlang.

3.“Buyuk ozodlik xartiyasi”ni siz qanday tushundingiz?

4.Angliya parlamenti haqida so'zlab bering.

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Ri­chard II (1377-1399) 1377-yilda mamlakatda qo'shimcha jon solig'i joriy etadi. 1380-yilda jon boshi solig'i 3 baravarga oshiriladi. Soliqni yig'ishdagi suiiste’molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo‘zg‘oloni boshlanishiga olib keladi.

Kambag‘al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq orasida katta obro'ga erishgan Jon Boll o‘z va’zlarida “Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytda kim dvoryan bo’gan!” deb aytgan kinoyali so'zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Jon Boll hamma odam teng, yer esa uni ishlayotgan kishiniki ekan­ligini ana shu bilan isbotlar edi. U arxiyepiskop buyrug'i bilan qamoqqa olinadi.

Uot Tayler qo‘zg‘oloni. Qo‘zg‘olon 1381-yilning may oyida soliq yig'uvchilar bedodligidan boshlanib, tez orada Angliyaning katta qismini qamrab oladi. Qo‘zg‘olonchilar tomonidan ozod etilgan Jon Boll uning rahbarlaridan biriga aylanadi. Dehqonlardan iborat qo‘zg‘olonchilar tunukasoz Uot Tayler boshchiligida poytaxtga yo‘l oladi. Londonliklar qo‘zg‘olonchilarga shahar darvozalarini ochib berishadi. Qirol a’yonlari, taniqli amaldorlar uylariga o‘t qo'yiladi. Aybdor deb topilgan amaldorlar qatl etila boshlanadi. Yosh qirol Richard II qo'zg'olonchilar bilan muzokaralar boshlashga majbur bo'ladi. Uchrashuvda qabul qilin­gan “Mayl End” dasturiga binoan: dehqonlarning qaramligini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish, yer solig‘ini kamaytirishga rozilik beriladi.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Angliyaning yuz yillik urush davridagi iqtisodiy ahvoli haqida nimalar deya olasiz?

2.Uot Tayler qo’zg’oloni va uning ahamiyatini gapirib bering.

3.“Oq va qizil gullar” urushi haqida nimalarni eslab qoldingiz?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Germaniya XII – XV asrlarda.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Germaniyaning XII – XV asrlardagi tarixi haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Angliyaning yuz yillik urush davridagi iqtisodiy ahvoli haqida nimalar deya olasiz?

2.Uot Tayler qo’zg’oloni va uning ahamiyatini gapirib bering.

3.“Oq va qizil gullar” urushi haqida nimalarni eslab qoldingiz?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi XII asrdan boshlanadi. O'rmonlar kesilib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi hosildorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig'ir yetishtirish, bog‘dorchilik, uzumchilik rivojlanadi. Qishloq xo'jaligi taraqqiyoti shaharlarning vujudga kelishi, yuksalishi bilan bevosita bog'liq edi. Kyoln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nyurnberg, Augsburglar yirik hunarmand­chilik va savdo markazlariga aylanadi. Germaniya shaharlari qo'shni Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon yarim orolidagi mamlakatlar bilan qizg'in savdo-sotiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab chiqargan movut, surp, metalldan yasalgan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o'lkalarda ham qadrlangan.

Shtaufenlar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa (1152-1190) edi.

Dastlab Fridrix o‘z istilolarini salib yur­ishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Barbarossaning maqsadi Italiyani o'z viloyatlaridan biriga aylantirish edi. Bunga faqat Milan va Lombardiyaning bir necha shaharlari qarshi chiqadi.

1158-yilda Ronkal vodiysida chaqirilgan seym (kengash) imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof etadi. Fridrix I ning Bolonyadan taklif etgan eng bilimdon huquqshunoslari uning xizmatiga kirib, qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Bu qonun to‘plamlarida Fridrix I “yerdagi jonli qonun” deb e’tirof qilinadi.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Germaniyada XI-XV asrlarda xo'jalik qanday rivojlangan?

2.Xaritaga Germaniya shaharlarini tushirib, ular haqida gapirib bering.

3.Fridrix I Barbarossa haqida qanday taassurotga ega bo'ldingiz?

4.Rim papalarining Germaniyaga o'tkazgan ta’siri haqida gapirib bering.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.

Mavzu: Yevropa madaniyati XI – XV asrlarda. Maorif va fan.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Yevropa madaniyati haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish