IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Rusdagi feodal tarqoqlikning sabablari va oqibatlarini gapirib bering.
2.Rusda qanday knyazliklar paydo bo‘lgan?
3.Novgorod respublikasi haqida gapirib bering.
4.Moskva shahri qay tariqa tashkil topgan?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Ruslarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ruslarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Rusdagi feodal tarqoqlikning sabablari va oqibatlarini gapirib bering.
2.Rusda qanday knyazliklar paydo bo‘lgan?
3.Novgorod respublikasi haqida gapirib bering.
4.Moskva shahri qay tariqa tashkil topgan?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Chingizxon O‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng 1223-yilda mo‘g‘ul qo‘shinlari rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo‘g‘ullar harbiy hiyla ishlatib rus askarlarini otliq qo‘shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, so‘ng hujumda tor-mor qiladi.
Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237 – 1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari avval Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi.
Rusdagi feodal tarqoqlik mo‘g‘ullarga qo‘l keladi, uzoq qamaldan so‘ng 1240-yilda Kiyev olinadi.
Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O‘rda xonligini tuzadi. Uning dastlabki poytaxti Saroy Botu Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo‘lgan.
Botuxon bo‘ysundirilgan aholi soliq va to‘lovlarni tezroq to‘lay boshlashi uchun rus knyazlariga nisbatan himmat ko‘rsatadi. Yaroslav “knyazlar oqsoqoli” deb tan olinib, Vladimir knyazligini boshqarishga yorliq oladi.
Knyazlardan bosqinchilar talabini qabul qilishni istamaganlari, ularning joriy etgan tartiblarini bajarishdan bosh tortganlari ham uchragan. Mo‘g‘ullar istilosi rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir o‘tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Rusda mo‘g‘ullar istilosi va uning oqibatlari haqida so‘zlab bering.
2.Qaysi yillarda Botuxon Rus yerlarini bosib oladi?
3.Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich kimlarga qarshi jang olib boradi?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Rusning mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lishi.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga rusning mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lishi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Rusda mo‘g‘ullar istilosi va uning oqibatlari haqida so‘zlab bering.
2.Qaysi yillarda Botuxon Rus yerlarini bosib oladi?
3.Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich kimlarga qarshi jang olib boradi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Mo‘g‘ullar istilosi natijasida Rus yerlari og‘ir talafot ko‘rgan bo‘lsa-da, iqtisodiy rivojlanish butunlay to‘xtab qolmaydi. Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi, turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi, qishloq xo‘jaligidagi siljishlar — Rus yerlarining birlashishiga yordam beradi.
Mamlakatning birlashishiga tashqi dushmanlarga, avvalo, Oltin O‘rda xonlari zulmiga qarshi kurash zaruriyati ham ko‘p jihatdan ta’sir qiladi. XIV asrning boshlarida Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi.
Oltin O‘rda xoni yorlig‘iga binoan Rus yerlaridan soliq yig‘ish masalasida Tver va Moskva knyazlari o‘rtasida jiddiy kurash ketadi va, oqibatda, knyazlardan bir nechtasi mo‘g‘ullar qo‘lida o‘lim topadi. Bu kurash faqat knyaz Ivan Kalita (1325-1340) davrida uzil-kesil Moskva foydasiga hal bo‘ladi. Moskva knyazlari XIV asrning o‘rtalariga kelib ancha kuch to‘playdi. Bu kuch bilan Oltin O‘rdaga qarshi kurashish ham mumkin edi.
Oltin O‘rda ham XIV asrning o‘rtasidan siyosiy nizolar davriga kirib, u deyarli 20 yil davom etadi. Mo‘g‘ullarga qarshi kurashda Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (1359-1389) 1378-yilda Voja daryosi bo‘yida dastlabki g‘alabaga erishadi.
Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida knyaz Dmitriy qo‘shinlari 1380-yilning sentabrida Oltin O‘rda tumanboshisi Mamay boshchiligidagi qo‘shin ustidan yana bir g‘alaba qozonadi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Qaysi shaharlar ХIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi?
2.Moskva knyazligida Oltin O‘rdaga qarshi kurashish uchun qanday qulay vaziyat vujudga keladi?
3.Kulikovo jangining ahamiyati nimada edi?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Nazorat ishi – 5.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
D A R S N I N G B O R I S H I:
Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
Nazorat ishi savollari:
1.Angliya XIV-XV asrlarda.
2.Yevropa madaniyati XI-XV asrlarda. Maorif va fan.
3.Rusda feodal tarqoqlik, uning oqibatlari.
1)Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard II (1377-1399) 1377-yilda mamlakatda qo'shimcha jon solig'i joriy etadi. 1380-yilda jon boshi solig'i 3 baravarga oshiriladi. Soliqni yig'ishdagi suiiste’molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo‘zg‘oloni boshlanishiga olib keladi.
Kambag‘al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq orasida katta obro'ga erishgan Jon Boll o‘z va’zlarida “Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytda kim dvoryan bo’gan!” deb aytgan kinoyali so'zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Jon Boll hamma odam teng, yer esa uni ishlayotgan kishiniki ekanligini ana shu bilan isbotlar edi. U arxiyepiskop buyrug'i bilan qamoqqa olinadi.
Uot Tayler qo‘zg‘oloni. Qo‘zg‘olon 1381-yilning may oyida soliq yig'uvchilar bedodligidan boshlanib, tez orada Angliyaning katta qismini qamrab oladi. Qo‘zg‘olonchilar tomonidan ozod etilgan Jon Boll uning rahbarlaridan biriga aylanadi. Dehqonlardan iborat qo‘zg‘olonchilar tunukasoz Uot Tayler boshchiligida poytaxtga yo‘l oladi.
2)O‘rta asr kishilarining tasavvurlari din bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Kishilar yerdagi og‘ir qismatlari uchun vafotidan so‘ng jannatda “haqqoniy” hayot bilan taqdirlanishga ishonganlar.
Bu davr kishilari uchun vaqt tong, kun, kech va kechadan iborat bo‘lgan. Inson hayoti faqat yil fasllarining: qish, bahor, yoz, kuzning almashinuvi bilan belgilangan. Ayni paytda aholi tomonidan an’analar, urf-odatlar va udumlarning bajarilishiga qat’iyan rioya qilingan.
Insonning o'rtacha umri uzoq bo‘lmasdan, odamlar 40 yoshdan so‘ng keksa hisoblangan. Bolalar o'limi ko‘p bo'lgan.
Shaharlar va savdoning rivojlanishi bilan odamlarda dunyoni ko'rish imkoniyati tug'iladi. Salib yurishlari esa yevropaliklar uchun dunyoga darcha ochgan edi. Sayohatchilar uzoq mamlakatlarda yashovchi xalqlarning urf-odatlari va madaniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar olib kela boshlaydilar.
3)Rus knyazliklari tarqoq va o‘zaro qonli urushlar holatida edi. Bundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar, ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo‘shni knyazliklarga qarshi yurishlar qilish holatlari ham uchrab turardi.
Asta-sekin ko‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qo‘yishni o‘ylay boshlaydilar. Kiyev knyazi Yaroslav Donishmandning o‘g‘li Vladimir Monomaxning 1097-yilda Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi ham, asosan, o‘zaro urushlarga chek qo‘yishga mo‘ljallandi. Syezdning “har kim o’z yeriga egalik qilsin”, degan muhim qarori o‘zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to’xtatishni ko‘zda tutgan edi.
Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei pasayadi. U ilgarigidek rus yerlarini o’g’illariga istaganicha bo’lib berish huquqidan voz kechishga majbur bo’ladi. Kiyev rusi siyosiy tarqoqlik davriga kiradi.
XII asr o‘rtalarida nizolar kuchayib boradi. Rusda bu paytda 15 ta mustaqil knyazlik bo‘lgan. Botuxon bosqinlari arafasida ularning soni 50 taga yetadi.
Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Saljuqiylar va usmonli turklar davlatlari.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Saljuqiylar va usmonli turklar davlatlari haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Qaysi shaharlar ХIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi?
2.Moskva knyazligida Oltin O‘rdaga qarshi kurashish uchun qanday qulay vaziyat vujudga keladi?
3.Kulikovo jangining ahamiyati nimada edi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
O‘rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o‘g‘uz qabilalarining Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari XI asrdan boshlab kuchayadi. Ichki ziddiyatlardan zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasi ko‘chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko‘isata olmaydi. Vizantiyaning yollanma qo‘shini esa 1071-yilda Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan Mansikert jangida tor-mor etiladi. Imperator Roman IV Diogen jangda asir olinadi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng vizantiyaliklar deyarli qarshilik ko‘rsata olmaganligi tufayli ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oladi.
O‘g‘uzlar bu paytda urug‘-jamoachilikning inqirozi va yangi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo‘lishi bosqichida yashaganlar. XI asr oxirida Kichik Osiyoni deyarli to‘liq bosib olgan o‘g‘uzlar o‘zlarining qator amirliklarini tuzadilar. Amirliklar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmronligini tan olsalar-da, amalda o‘z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Ko‘chmanchi turkiy qabilalarning o‘troq hayotga o‘tishi ayni shu paytdan boshlanadi. O’troqlashayotgan turklar o’lkaning tub aholisi kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlaydi. Bu jarayonlar XII-XIII asrlarda saljuqiylarda ham feodal davlatining uzil-kesil shakllanishiga olib keladi.
Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharqdagi islom davlatlarinikidan deyarli farq qilmagan. Ahamiyatli jihati, saljuqiylarda davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko‘p bo‘lishida edi. Davlat yerlarining katta qismi iqto’ tarzida harbiylar va amaldorlarga xizmatlari evaziga in’om etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |