7-sinf Фан: Ona tili
Mavzu: Sodda va qo`shma olmoshlar. Ularning imlosi.
Maqsad: a) ta`limiy mavzu haqida ma`lumot
b) tarbiyaviy (she`rlardan tarbiyaviy xulosalar chiqarish)
g) rivojlantiruvchi matn tuzish, mashq bajarish.
d) kasbga yo`llovchi kasbiy ma`lumotlar berish.
e) mafkuraviy tarbiya tinchlik g`oyasini, o`quvchilar ongiga sindirish.
Dars uslubi. savol javob,yozma topshiriq.
Jihozi: darslik, ko`rgazmalar, test tarqatmalari
Darsning borishi;
O`quvchilar bugun olmoshlar haqida ma`lumot olishdan oldin ayrim savollarga javob bersangiz.
1. Biz ertaga qaysi bayramni nishonlaymiz?
2. O`zbekiston Respublikasining davlat tili qaysi til?
3. Eng qadimgi turkiy asarlar qaysilar?
4. Ozbek tili haqida qaysi yozuvchi va shoirlarni bilasiz?
I Demak, Savollarimiz o`z javobini topdi. Endi mavzu haqida ma`lumot olasiz.
Bugun hamma darsga tayyor.
Baxtni har kim o`zicha tushinadi.
1- gapda bitta olmosh qatnashgan. Bu sodda olmosh deyiladi.
2- gapda ikki asos: har kim ishtirok etgan. Bu qo`shma olmoshga misol. Faqat birasosdan iborat bo`lgan olmoshlar hisoblanadi.
Kim, nima, hamma,barcha singari tub olmoshlar, kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday singari yasama olmoshlar sodda olmoshlardir.
Tarkibida hech, bir qismlari mavjud bo`lmagan olmoshlar qo`shma olmoshlardir.
Yasama sodda olmoshlar qismlari qo`shib, qo`shma olmosh qismlariqo`shib, qo`shma olmosh qismlari esa ajratib yoziladi.
II Mustahkamlash
86-mashq. Gaplarni o`qing. sodda va qo`shma olmoshli gaplarni alohida ko`chirib yozing.
O`quvchilar doskada mashq bajarishadi. Mashq bajarilgunch o`zbek tili haqida To`yiyeva madinadan she`r tinglaymiz.
Ona tili H. Nuriy
Paxtakor xalqimning dilidek jo`shqin,
Bahordek ilhombaxsh ona tilimsan.
O`zbekcha she`r o`qir Lermantov,Pushkin
Tuganmas xazina,bitmas bilimsan
Navoiy g`azalin har bir satrida
Nafosat go`zalik shu tilga xosdir
Shunchalar qudratli bor so`zing atrida
Har bir so`z durdona yoki olmosdir
Tongotar fayzini nay navosini
Dalalar shukuhin ob havosini
Visol chog`larini dil sadosini
Odamning jamiki mudaosini
Barini barini kuylamoq mumkin
Odamda ne bo`lsa o`ylamoq mumkin
Shu qadar serma`no ona tilimsan
Tarjimon engdono ona tilimsan
Dunyoda eng ulug` muqaddas so`zni
Shu tilda aytganim bilan baxtliman
Yurak mahzanini ochqichi sensan
Sening boyligingla men qudratliman
Paxta degan bitta oddiy so`zigda
Jahonga arzirlik ulug` ma`no bor
Nega maqtamayin men onatilim
Dilrabo so`zlari o`ynatsa dilim
Mavzuni mustahkamlash uchun rasmli ko`rgazmalar asosidagaplar tuzamiz. Ideyev Xushnud, Islomov Hasan, Jorayev sheralilarga rasmli ko`rgazma beriladi (Ular gap tuzgunlariga qadar “Ona tilim” nomli qo`shiqni o`quvchilar ijrosida tinglaymiz) “Er shoiri va kabutar ko`targan bola”tinchlik g`oyasi haqida maslaxat.
III. Uy vazifalarini so`rash.
“Til bebaho xazina”mavzusida matnlar tayyorlab kelingan. Fayziyeva Mohisitora va Tosheva Shahnozalardan so`raymiz.
IV Doskada mustahkamlovchi mashqlar bajarish.
87-mashq. Ko`chiring. Olmoshlarni aniqlang, ularning imlosini tushintiring.
Ikki o`quvchi doska yoniga kelib, “O`lkamizda kuz” mavzusida suhbat uyishtirishadi.
Tosheva Shahnoza va Rahimova Zulfizarlar bu shartni bajarishadi. Barnoyeva Xolida she`r o`qiydi.
Tillarim - ellarim
Dunyoda vatan ko`p, chamanlar xo`pdir,
Har gulning o`z isi chiroylisi bor.
Dunyoda millat ko`p, zabonlar xo`pdir
Millat taqdiriga tiling baxtiyor
Yashagay dunyodaranglar betakror
Mangu ona tili nurli yo`llarda
Yashnagay yurakdan -yurakka qadar
Har bir til tilagi ezgu ellarda
Til - dil kaliti
Til bilgan el biladi
Achchiq til zaharli ilon, shirin tilga jon qurbon
Tilni avayla omondir boshing
To`rt o`quvchi ushbu maqollarni izohlaydi
Test kartochkalari tarqatiladi
O`quvchilar topshiriqqa tayyor languncha sinf a`zolari ijrosida “Ona tilim” nomli qo`shiq eshitamiz
O`zbek tilim erur naqadar go`zal
Bu tilda shoirlar kuylagay g`azal
Quloqqa yoqimli shirindir asal
Sen mening faxrimsan ey,ona tilim
Hazrat Navoiy kuylagan tilim
Ulug`bek boberlar bo`zlagan tilim
Ulug` haqiqatni ko`zlagantilim
Sen mening faxrimsan ey,onatilim
Istiqlol berdi senga xayotni
Baralla kuylayver “Dugoh”,”Bayot”ni
“Munojoy”n “Tanovor”, “Segoh”. “Sayyod”ni
Toleing bilmasin zavol barbodni
Test javoblarini tinglab, o`quvchilarni baholash.
Uy vazifasi
89-mashq. - dir qo`shimchasi yordamida so`roq olmoshlaridan gumon olmoshlari hosil qiling.
Namuna: Tashqarida nimadir taraqladi.
O`quvchilar darsimiz tugadi xayr
Shior. Shogirt agar shayx ulislom, agar qozidir
Ustuz andin rozidir tangri rozidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |