7-sinf adabiyot (2-qism)
1. Qatrayam nochiz,ammo zoti qulzum Turdiman, Kelturan amvojg`a bahri talotim Turdiman. Ushbu she’riy parchada qanday she’riy san’at ishlatilgan?-------tazod 2.Alisherga alla aytib uxlatgan Sen-Ona Og`ushida Bobur kamolga yetgan Sen-Ona. Ushbu qo`shma vaznda yozilgan she’r kmning qalamiga mansub?-------Mirtemir. 3.Ushbu she’rning turog`ini aniqlang. Tuproq ko`chalardan chopgan bolalik, Yillar changi ichra asta yo`qoldi. Bolalik ketdi-yu sho`x suhbatlarda Uni kula-kula eslamoq qoldi.-----------6+5=11 turoqli she’r.
3.Firog`iy taxallusi bilan she`rlar yozgan shoir kim?-----Maxtumquli 4.Har kishikim birovga qozig`oy choh, Tushgay ul choh aro o`zi nogoh Baytdagi badiiy san`atni toping---------- Irsoli masal 5.Qaysi shoirning moddiy ahvoli- tirikchiligi “chashmi so`zan” , ya`ni igna teshigidan o`tkazilayotgan ip kabi qiyin o`tadi?---------T.Farog`iy
6.A.Navoiy Mehrning beqiyos go`zalligini necha baytda chizib ko`rsatadi?***** sakkiz baytda
7.Qaysi shoir xalq boshidan o`tkazayotgan istibdod kunlari osmondagi tarqalib ketuvchi bulut, mustamlakachi davlat esa suv yuzidagi ozgina ta`sirdan yorilib ketishi mumkin bo`lgan pufakcha kabi omonat va o`tkinchi bo`lishini istaydi?------- Zavqiy 8. “Kuygan alvon-alvon so`zlar”,Kaptarday bo`b turgan qizlar” kabi tasvirlar qaysi asarda uchraydi?---- “Ravshan” dostoni 9. Mashg`uloti, kasbi kori bilan bog`liq qing`ir ishlarga qo`l urilgan illatlar fosh etilgan asar qaysi? —“Hajv ahli rasta” 10. Qaysi shoir she`rida o`zini olam ogahidindur deb ta`riflaydi? ----- Zavqiy 11.Qaysi o`zbek shoirining o`z qo`li bilan tuzgan devoni xotini tomonidan Qashqarga olib ketikgan va hozirda Xitoyda avlodlari qo`lida saqlanmoqda?*******Zavqiy
12. “Mehr va Suhayl” dagi Jobirga nisbatan qo`llangan Jobiru rohzan birikmasining ma`nosi? **** Jobor yo`lto`sar
13. Mehr qaysi shahardan edi?****** Behishtsaro shahridan
14. Go`zal Mehr va Suhaylning kemasi qanday ko`rinishda edi?***** yarom oy- hilol
15. A.Navoiy o`zining yoshlik chog`larida mashhur o`zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming bayt (100 ming misra) she`rni yod bilganini qaysi asarida yozadi?***** “Muhokamat ul- lug`atayn”
16. “Ravshan ” dostonida Shirvon bozori necha misrada tasvirlanadi?***** 145 misrada
17.Ushbu tasvir qaysi otga tegishli? …to`rt oyog`I teng tushgan,biqini yoziq keng tushgan, qarchig`ayning havosi tekkan… Jiyronqush
18.Kimning she`rlari va maqolalari “Al-isloh” jurnalida bosilgan?---- Zavqiy 19. Diydabon obrazi qaysi asarda uchraydi? ---- “Sabbayi sayyor” 20. “Ravshan ” dostonida Ravshan nima uchun osongina bandi etilib , zindonga tashlanadi? --- soddaligi, yoshligi uchun 21.A.Navoiyning o`tmish mavzusidagi qanday asarlarini bilasiz?--------“Tarixi mulkiAjam”, ”Tarixi anbiyo va hukamo” 22. Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asari qaysi janrda yozilgan?---- G`azal shaklda 23. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar qaysi asrda yaratilgan?------XV asrda . 24. Qaysi shahar “firdavsmonand” deb ta’rif beriladi?----Samarqand. 25.Navoiyning xatlardan iborat asar qaysi?----Munshoat . 26.Navoiyning lug`atshunoslikka oid asari?-------------Sab’atu abhur (Yetti dengiz) 27.Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag`a turi nima deyiladi?----bulug` yoki ifrot . 28.Asarning bir-ikki o`rnidagina qatnashib ,keyin tushib qoladigan ishtirokchi nima deyiladi? ---epizodik obraz. 29.Qaysi asar qahramoni bo`lmish shoh ov ketidan quvib o`z sipohidan ayriladi?------“Mehr va Suhayl” Navdar. 30. “Sabbai sayyor” dostonida to`fon tufayli Jobirga band bo`lgan qahramonlar kimlar ********Mehr bilan No`mon 31. “ Ravshan” dostonidagi shirvonlik bahodirlar kim edi? -------Ersak,Tersak.Jaynoq, Aynoq. 32. “Sabbai sayyor” dostonidagi Jobir obrazi qaysi sayyoraga o`xshatiladi?----- Zuhal,ya’ni Saturn sayyorasi yomonlik timsoli. 33. “Ilohiy ishqdan mast bo`lgan darvesh” ma’nosini beradigan taxallus egasi kim?----------Maxmur 34.Maxtumqulining “Namasan” she’ri kimga bag’ishlangan ? ------- Ollohga 35. Maxtumqulining “Adolat yaxshi” she’rida dushmanga nima yaxshi deyiladi ? -------- Siyosat 36.Ilohiy ishqda o`rtanayotgan oshiqning kechinmalari yer-u ko`kni larzaga solishi mumkin deya o`z ruhiy holatini ifodalab she’r bitgan kim?----------- Uvaysiy. 37. “Tor ko`ngilli beklar..” g`azalida kimlar pardoz qiluvchi satang ayollarga o`xshatiladi?
-----ig`volar bilan el orasini buzadigan odamlar. 38.Kimning qaysi she’ri birinchi siyosiy she’r sifatida baholanadi? -----T.Farog`iy “Tor ko`ngilli beklar” 39. Avazxonning laqabi nima?--------bol 40.“Ravshan” dostonida Ravshan “G`amning loyiga botibman” deya qayerda aytadi? ------Ravshan.qalpoq bozorini izlaganda. 41.A.Navoiy qaysi asarda H.Bayqaroni shoh G`oziy deya ulug`laydi?-----“Hayrat-ul abror”. 42.A.Navoiyning sharqda o`tgan mashhur shayxlar,so`fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi asari qaysi? ------“Nasoyimul muhabbat “tazkirasi. 43.A.Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilgan devoni?***** “Ilk devon”
44.”Sabbai sayyor” asaridagi “Sipohni derlar sipoh birlan shoh,Shoh emasdur yo`q ersa anga sipoh” misralari kimga tegishli?------Navdarshohga. 45.Qaysi ijodkorning tabiatiga zulmga bo`ysunish,zulm bilan kelishish yot edi?----Maxtumquli. 46.Mumtoz she’r ilmiga ko`ra raviy so`zning asosida bo`lishi talab etiladi.Ammo ijod amaliyotida ba’zan bu talabdan chetga chiqishlar uchraydi.Xuddi shunday holat Uvaysiyning qaysi chistonida uchraydi? -------Kun va tun. 47.Bir so`z bilan yuzaga chiqmaydigan badiiy hodisa nima?--------qofiya. 48.Qaysi shoir o`z esdaliklarida Zavqiy, Muhyi,Nisbat,Muhayyir kabi shoirlar tez-tez to`planishib adabiy suhbat qurganlari,bir g`azalga ergashib uning ma’nosini turli shakllarda ifodalab,she’riy bahslar qilganlari haqida yozadi?-----------Furqat 49.Badiiy ijoddan tashqari zargarlik bilan shug`ullangan shaxs?---- Maxtumquli
50.Maxtumqulinging “Namasan” she’rida lirik qahramon ta’riflayotgan mashuqani qayerda ko`rgan? ***ko`rmagan
51. Maxtumquli she’rida “odam o`ldirmas, o`ldirmas lekin hayotda kuldirmas” deb ta’riflangan dard nima?****G`ariblik
52. Hofiz nomi bilan o`zbekcha va tojikcha she’rlar bitgan kishining singlisi kim *******Uvaysiy
53.Arabistondagi kichik mamlakat nomi?********Adan
54.Nomozshomda bitilgan maktub qaysi asarda ?******Ravshan
55. Ravshan dostonida Zulhumor mayna orqali Ravshanning yurtiga hat jo`natadi bu xat Ravshanga berilgan muhlatning nechanchi kuni , qay mahalda yozilgandi************** 19 kuni, nomozshomda
56.Zavqining qaysi sherida islom-tinchlik ,adolat, tengling ,istiqloq musulmonlar-shoirning zamondosh va yurtdoshlari shariyat nuri –adolat shiyori- shar –qonun ustivorligi tushunchalarini ufodalaydi? ******„Ajab ermas”
57.Ravshan dostonida qaysi bozor changib yotgan****** un bozori
59.A.Navoiyning butun umr bo`yi xayolini band etgan asari qaysi?***** “Lison ut-tayr”
60. “Ravshan” dostoni kim tomonidan kimning og`zidan yozib olingan? ***** Xodi Zarif tomonidan Ergash Jumanbulbul o`g`li og`zidan
61.Ushbu baytda qanday badiiy san`atdan foydalanilgan?
Bo`rini dog`i galadin dur qil, Suv beribon bog`ni ma`mur qil. ******* Kinoya tashbeh
62.She`rlaridan birida bir so`zini besh marta takrorlab, uni bitta kiyimning qismlari sifatida qo`llab ifoda yaratgan ijodkor kim? **** T.Farog`iy “Tor ko`ngilli beklar”
63.Uvaysiyning o`g`li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan yozilgan g`azali? ***** “Sog`indim”
64. Ushbu misralardagi qo`llangan badiiy san`atni toping.
Bukun ,ey do`stlar,farzandi jononimni sog`indim, Gado bo`lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog`indim *** tazod, apostrofa
65.“Hajvi ahli rasta” she`rida so`fining balosi, qattiqlikda danakka o’xshagan shaxs kim?****Abduqodir
66. Hali bola yoshidanoq qo`liga qalam olb, she`r yozishga tutingan va to`qqiz yoshida bobosi, otasi izidan borib, xalq yo`lida qo`shiqlar to`qiy boshlagan.Ayni tajriba uning kelajakda mukammal badiiy ijod sohibi bo`lishida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ushbu tarjimayi hol qaysi ijodkorga tegishli?**** Maxtumquli
67.Zavqiyning “Ajab ermas” muxammasining to`la matnini tiklab matbuotda e`lon qilgan inson kim? ****Qo`qonlik olim Rustamjon Tojiboyev
68. Aziz boshing oyog`imga teng emas degan e`tirof qaysi asar qahramoniga tegishli?**** “Ravshan”
69. “Moli harom” maqsadi bilan yashovchi qahramon qaysi asarda uchraydi?****** “Mehr va Suhayl”
70. Ushbu misralardagi qo`llangan badiiy san`atni toping.
Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma`mur-u himmati oliy ***** Tanosub
71. Zavqiyning „Hajvi ahli rasta” she`rida oshqovoq xamakka o`xshaydigan shaxs kim?**** Nazirbek
72.Qaysi shoir o`z sherlaridan birida yuragia mardlar kabi maydonda zahmat chekish javhari- jur`ati yo`q yurt kattalariga o`zining achchiq kinoyasini , istehzosini bildirishga jur`at etadi?***** T.Farog`iy
73. Adibning ijoddan ko`zlagan maqsadni, yo`lini belgilovchi timsol,ajdodlari,Vatani oldidagi mas`uliyatiga ishora qiluvchi hikmatli so`z ma`nosini anglatuvchi atama nima?***** taxallus
74. „Mehr va Suhayl” da Mehrning ko`ylagi qanday rangda edi?*****moviy
75. „Mehr va Suhayl” da Jobir Suhaylni nima sababdan o`ldirmaydi?***** Jur`atliligi uchun
76. „Mehr va Suhayl” dan olingan ushbu parchada kimlarning holati tasvirlanyapti?
Ikki muhlik ajab g`am o`ldi anga , Motam ustiga motam o`ldi anga.
Bilmadikim ne ish ekin hodis,Kim bu ishga ekin bois… ****** Navdar va Nu`mon
77. Ushbu misralardagi qo`llangan badiiy san`atni toping.
Har kishikim birovga qozg`oy choh, Tushgay ul choh aro o`zi nogoh ***** irsoli masal
78.Bizgacha 400 misra atrofidagi 18 ta she`ri yetib kelgan shoir kim?*****T.Farog`iy
79.Qaysi ijodkor o`z she`rlarida Yaratuvchiga intiqlik bilan intilayotgan solih banda, Olloh yaratiqlarining eng afzali Payg`ambar alyhissalomga oshiq ummat, Haq yo`lida sobit ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg`ularini izhor etadi? ****Uvaysiy
80.Qaysi ijodkor “jahon obod”, “jahon ahlini qayg`u qaydidin ozod” ko`rish ilinji bilan yashaydi?**** Zavqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |