Mahmud Koshg’ariy hayoti va ijodi, “Devonu lug’otit turk’ asari yuzasidan savol-
javob
1.Qoshg’ariy tug’ilgan shahar
Qoshg’ar, Bolosog’un
2.Qoshg’ariyning to’liq ismi…
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir
3.Mahmudning otasi va bobosi qaysi shahardan edi ?
Barskon
4.Afrosiyob o’g’lining nomi?Barsg’an
5.Barsg’an shahrini bino qilgan kim?
Afrosiyobning o’g’li , Barsg’an
6.Mahmudning ilk ustozlaridan biri ?qoshg’arlik Husayn xalifa
7.Qoshg’ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga kim sifatida
tanildi ?
qomuschi olim , tolmas sayyoh
8.Qoshg’ariyning kashfiyotlari ? turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi
tilshunos olim , turkcha – arabcha lug’atning birinchi namunasini yaratgan
9.”Devon”da olim turkiy tildagi so’zlar ma’nosini qaysi tilda izohlab beradi?
arab
10.”…Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo’llanib kelgan she’rlardan,
shodlik va motam kunlarida qo’’llaniladigan hikmatli so’zlardan , maqollardan
keltirdim’ .Parcha kimning qaysi asaridan ?
Qoshg’ariy “Devon”
11.’Devon” da O’rta Osiyoda yashagan turkiy xalqlarning nechanchi asrgacha
badiiy ijodi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar jamlangan?
XI asrgacha
12. “Devon” qachon yozilgan ? 1072- 1074
13.”Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar, yag’molar, qirg’izlarning
shaharlari , qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim, lug’atlarini
to’pladim”.Kimning qaysi asaridan olingan va kim tilidan aytilgan ?
Qoshg’ariy “Devon “, o’z tilidan , Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad “Devonu
lug’otit turk”, o’z tilidan
14.”Kitob 464 – yilda (hijriy) jumodul – avval boshlarida boshlandi va to’rt karra
yozilgandan (ko’chirilgandan ) va tuzatilgandan so’ng 466 – yil jumodul oxirning
12 – kuni bitirildi” .Kimning qaysi asaridan ? Qoshg’ariy ‘Devon”
15.Qoshg’ariy “Devonu lug’otit turk “ asarini kimga bag’ishlab yozgan ?
Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al- Muqtadoga
16.Turk tilini “arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib , o’zib
borayotgan otlar”ga qiyoslagan kim edi? Qoshg’ariy
17.”Devon”da tarixiy mavzudagi rivoyat, afsonalarni toping
“Alp Er To’nga marsiyasi “, “Oltin qon” rivoyati , Yabog’ular, tangutlar bilan
bo’lgan janglar haqidagi parchalar
18.”Devon”da keltirilishicha, “yir”(“ir”) so’zi qanday ma’no bildiradi va nimaga
nisbatan qo’lanadi ? “kuy”, “maqom” , she’rga nisbatan
19. “Devon”ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini nimalar tashkil qiladi?
to’rtliklar
20.Qoshg’ariy to’rtlik, ruboiy, murabba’larni ,asosan, nima deb atadi?
“qo’shug’ “ , “she’r”
21.Yigitlarig ishlatu,
Yig’ach yamish irg’atu,
Kulan, kayak avlatu,
Bazram qilib avnalim. Qo’shiq mavzusi nima haqida ?
yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish , yigitlarni ovchilikka yo’naltirish
22.”Devon”dagi lirik qo’shiqlarda qanday mavzu yetakchilik qiladi?
insonning qalb kechinmalari, ishq, nozik his- tuyg’ular ifodasi , tabiat va ona yurt
ifodasi tasviri
23.Erdi ashin taturg’an,
Yavlaq yag’ig’ qatarg’a.
Bo’yni tutib qazirg’an,
Bastu o’lum ag’taru Qo’shiq kim haqida ?
qabilaning sobiq jasur a’zosi va uning vafoti haqida
24 Iqilachim erik bo’ldi,
Erik bo’lg’u eri ko’rdi. Qo’shiq nima haqida ? ot
25.Bulnar meni ulas ko’z,
Qora mengiz qizil yuz.
Andin tamar tugal tuz,
Bulnap yana ul qachar. Qo’shiq qaysi mavzuda ?
ishq
26.Aqtirar ko’zum yo’laq,
Tushlanar o’rdak, yug’aq. Qo’shiqda qanday vosita qo’llangan ?
o’xshatish , mubolag’a
27. Qaqlar qamug’ ko’lardi,
Tag’lar bashi ilardi.
Ajun tani yilardi,
Tutu chechak yerkashur. Qo’shiqning mavzusi nima haqida va “ajun” so’zining
izohini toping
mavsum, dunyo
28.Munozaradagi ishtirokchilar , asosan, qanday xususiyatga ega bo’ladi ?
ramziy, kinoyaviy
29. munozara qanday shaklda yoziladi ?
she’riy yoki nasriy
30.Munozaraning eng qadimgi namunasini toping
“Qish va Yoz”
31.”Bang va Chog’ir “ munozarasining muallifi? Amiriy
32.”O’q va Yoy” munozarasining muallifi?
Yaqiniy
33.”Shohboz va Bulbul” , “Gul va Daf” , “Binafsha va Chang” kimning
munozaralari ? Nishotiy
34.”Utti” so’zining ma’nosi ?
yutdi , g’olib bo’ldi
35.”Qish va Yoz” munozarasida qaysi tasvir vositasi asosiy o’rin tutadi?
jonlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |