7-mavzu. Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari reja



Download 164,05 Kb.
bet4/6
Sana26.06.2022
Hajmi164,05 Kb.
#705327
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-tema

Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish jarayoni ammonifikatsiya deb ataladi. Ammonifikatsiya intensivligi muhit reaksiyasiga va tuproqning aeratsiyasiga bog‘liq. Ammiak ajralib chiqishi aerob sharoitda ayniqsa intensiv boradi. Kislorod yetishmaganda ammiak ajralib chiqishi susayadi.
Tuproqdagi organik moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan ammiak o‘simliklar uchun oziq bo‘ladi, bu ammiakning boshqa bir qismi nitrat kislotaga aylanib, tuproqda nitrat kislota tuzlari - nitratlar hosil qiladi. Nitratlar esa o‘simliklarning oziqlanish manbai hisoblanadi.
Ammoniy tuzlarining bir qismida biokimyoviy o‘zgarishlar yuz beradi. Ammiakning oksidlanib, nitrit va nitrat kislotalarga aylanish jarayoni nitrifikatsiya deyiladi.
Nitrifikatsiya jarayonida 30-70°S haroratda yaxshi kechadi, ammo undan yuqori -50-55° haroratda ham sodir bo‘lishi mumkin. Agar yer yumshoq, aeratsiyasi yaxshi, tuproq namligi to‘liq nam sig‘imiga nisbatan 55-60% bo‘lsa, nitrifikatsiya jarayoni jadal o‘tib, nitratlar ko‘p to‘planadi.
Nitratlar qumoq tuproqli yerlarda kam to‘planadi, chunki bunday tuproqda organik moddalar kam bo‘ladi hamda azotning kislotali tuzlari yerning chuqur qatlamlariga yuvilib ketadi. Nitrifikatsiya tuproqdagi fosforning yeruvchanligini oshiradi va o‘simliklarning azot bilan oziqlanish sharoitini yaxshilaydi.
Tuproqda nitratlarning davriy o‘zgarishi yerga solinayotgan o‘g‘itlarga, haroratga, namlikka, yerga ishlov berish sifatiga va yyetishtirilayotgan ekinning vegetatsiya davriga bog‘liq. Nitratlar suvda oson yeriydi, shuning uchun yog‘in-sochin suvi bilan, ekinlarni sug‘orishda, tuproq sho‘rini yuvishda yuvilib ketishi mumkin. Nitratlarning bunday isrof bo‘lishi, qumli tuproqlarda va yer osti suvi yuza joylashgan yerlarda ayniqsa ko‘proq seziladi.
Ekinlar vegetatsiya davrida belgilangan me’yorda sug‘orilsa, yuqori qatlamdagi nitratlar suvda yerib, quyi qatlamlarga tushadi, yer etila borgan sari u yana yuqoriga ko‘tariladi va ulardan o‘simliklar muntazam foydalanadi.
Tuproqda nitratlar to‘planishi, ularni o‘simliklar o‘zlashtirishi va yuvilib ketishi bilan bir qatorda, azotli birikmalarning parchalanib, gaz holatdagi erkin azot hosil bo‘lish jarayoni ham sodir bo‘ladi. Bu jarayon denitrifikatsiya deb ataladi. Bunda nitrat va ammiak erkin azot holatiga kelib tuproqdan chiqib ketadi.
Tuproq muhiti, ishqoriy aeratsiya yomon, yer haddan tashqari sernam, qattiq va dalalar bo‘sh bo‘lsa, azotning yerdan gaz holida isrof bo‘lishi ayniqsa kuchayadi.
Denitrifikatsiya jarayonini susaytirish uchun vegetatsiya davrida ekinlarni har galgi sug‘orishdan keyin qator oralarini sifatli ishlash, tuproq aeratsiyasini yaxshilash, o‘simliklar nitrat va ammiak azotini to‘la o‘zlashtirishini ta’minlaydigan darajada agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish talab qilinadi. Kuzgi shudgorlash oldidan yerga yetarli miqdorda go‘ng solish, yerni sifatli qilib barvaqt va chuqur haydash muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Fosfor. Fosforning tuproqdagi dinamikasi azotnikiga qaraganda yaxshi o‘rganilmagan. Tuproqda fosforning miqdori azot kabi bir xil emas, ammo fosfor azot birikmalari bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlar faoliyati ta’sirida tuproq yeritmasida fosforlar miqdori ko‘payadi. Ayrim mikroorganizmlar o‘z fermentlari bilan organik moddalardan fosfat kislotalar ajratadi. Fosforning organik formalari chimli-podzol tuproqlarda 25%, qora tuproqlarda 45-50%, bo‘z tuproqlarda esa 10% atrofida uchraydi.
Tuproqda fosfor kam harakatchan bo‘ladi, tuproqda singadi, suvda yomon yeriydi, o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradi. Tuproqda uning yalpi miqdori juda ko‘p. Agar ular o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga o‘tkazilsa, yerlarga fosforli o‘g‘it solinmasdan ham 40-50 yil davomida ekinlardan mo‘l hosil olish mumkin bo‘lardi.
Fosforning ma’lum qismi suvda yerimaydigan ortofosfat kislota tuzlarida uchraydi. Bu birikmalarning suvda yeriydigan va o‘simliklar uchun yaroqli formalari o‘simliklar va mikroorganizmlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik tur mikroorganizmlar organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘lgan, suvda kiyin yeriydigan birikmalarni har xil kislotalarda yeritib, o‘simliklarga foydali holatga keltiradi.
Ayrim ekinlar (lyupin, ko‘k no‘xat, grechixa, rango‘t, qashqarbeda va boshqalar) ildiz chiqindilari yordamida fosforning bunday birikmalaridan foydalanish qobiliyatiga ega. Fosforning suvda yerimaydigan ko‘p birikmalari ildizlar ajratib chiqargan kislota va fermentlar ta’sirida o‘zlashtiriladi.
Yuqori haroratda va tuproq quruq bo‘lganda fosfor birikmalarining suvda yeruvchanligi ortadi. yerlarni sifatli ishlash, aeratsiya va mikrobiologik faoliyatni yaxshilash fosfat kislotaning o‘simliklar uchun yaroqli qismini oshiradi.
Fosfor o‘simlikning tarkibiy qismi bo‘lib, oqsillar tarkibiga kiradi va o‘simliklarda bo‘ladigan uglevodlar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi hamda kaliy bilan birgalikda uning yuqori va past haroratga chidamliligini oshiradi. Masalan, fosforli o‘g‘itlar ta’sirida kuzgi bug‘doyning yer usti organlari hamda ildiz to‘qimalari shirasining konsentratsiyasi ortib, sovuqqa chidamliligi oshadi. SHiraning konsentratsiyasi asosan shakarlar hisobiga ortadi.
O‘simliklar vegetatsiyasining dastlabki davrlarida fosfatlarni ko‘p o‘zlashtiradi. Ular fosfor bilan yetarli darajada oziqlanmasa, ekinlarning keyingi rivojlanishi susayadi. Dastlabki davrda fosfor yetishmasligi oqibatlarini keyinchalik ekinlarni me’yorda oziqlantirish bilan tuzatib bo‘lmaydi.
G‘o‘za vegetatsiya davrining boshida fosfor bilan yaxshi oziqlansa, u erta shonalaydi, hosili barvaqt etiladi. Agar fosfor yetishmasa, g‘o‘za past bo‘yli, nimjon va hosili kam hamda sifatsiz bo‘lib etiladi.
G‘alla ekinlariga fosfor yetishmasa don bilan somonning nisbati oshib, somon foydasiga hal bo‘ladi, donning sifati yomonlashadi, tarkibida protein miqdori kamayadi va oqsil moddalarni sintezlashda foydalanilmagan amidlar to‘planadi (A. Demolon, 1961 y).
O‘simliklarning yer usti massasi tarkibida fosfor azotga nisbatan 3, kaliyga nisbatan esa 2-3 marta kam uchraydi (ildizmevalar bundan mustasno).
O‘simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg‘ish yoki qo‘ng‘irroq tusli dog‘lar paydo bo‘ladi, pastki barglari barvaqt so‘liydi, to‘q qo‘ng‘ir tusga kiradi va tushib ketadi.
Fosfat kislota o‘simliklarning asosiy oziq elementi bo‘lishi bilan birga tuproqning tabiiy va biologik xossalariga ham ijobiy ta’sir etadi. U tuproqdagi kimyoviy kolloid va biologik jarayonlarning oqimini ta’minlaydi va shular tufayli mustahkam struktura hosil bo‘lishida va uni saqlashda faol katnashadi. Fosfat ionlari bilan to‘yingan struktura agregatlari kolloidlarni saqlaydi, natijada ular tashqi muhit ta’sirida bo‘kish, shishish va qisqarishga qarshi barqaror bo‘ladi.
Erga fosfor bilan kaliy qo‘shib solinganda dukkakdosho‘simliklarning azotni assimilyasiyalashi ma’lum darajada oshadi.
Kaliy. Kaliy o‘simliklarda fotosintez jarayonini, uglevodlar hosil bo‘lishini va xarakterini faollashtiradi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal va kand lavlagi ildizida shakar to‘planishiga hamda o‘simliklar organizmida oksillarning taqsimlanishiga ta’sir etadi.
Zig‘ir, em-xashak ekinlari, kungaboqar va boshqa o‘simliklarning kaliyga talabi katta. Kaliy bo‘lishi o‘simliklarda yog‘lar hosil bo‘lishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, g‘o‘za kaliyli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlanganda chigiti seryog‘ bo‘ladi. Kaliy yetishmasa, o‘simliklarda assimilyasiya kuchsizlanadi, nafas olishda uglevodlar sarfi kuchayadi va ekinlar zamburug‘ kasalliklari bilan ko‘proq zararlanadi.
Tuproqdagi kaliy birikmalari kam harakatchan bo‘ladi. Barcha o‘simliklar kaliyli o‘g‘itlardan yaxshi bahramaad bo‘ladi. Fo‘zaga kaliy yetishmasa, rivojlanishi sustlashadi, hosili kamayadi va tolasining sifati yomonlashadi.

Download 164,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish