7-mavzu. Tashabbus tarzidagi (ihtiyoriy) auditorlik tekshiruvi. Reja


Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qnluvchi orgailar tashabbusiga



Download 228,5 Kb.
bet4/4
Sana19.02.2022
Hajmi228,5 Kb.
#459690
1   2   3   4
Bog'liq
IQTISOD MUBORAK OPA

2.Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qnluvchi orgailar tashabbusiga ko‘ra audit o‘tkazish xusustiyatlari.


Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga topshiriq bergan huquqni muhofaza qilish yoki nazorat qiluvchilar organlar tekshiruv o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari, zarur hollarda auditorlar va ular oila a’zolarining shaxsiy xavfsizliklarini ham ta’minlashi lozim. Shuningdek, oldin tekshirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati aynan bir xil asoslarga ko‘ra oldingi tekshiruvni o‘tkazgan auditorlik tashkiloti tomonidan qayta tekshirishga ruxsat etilmaydi.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarinyng tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma’lumotlar faqat mazkur organlar ruxsati bilan va ular ruxsat qilgan hajmda oshkor qilinishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘rao‘tkazilgan tskshiruvlar natijalari bo‘yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O‘zbekyston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksiga muvofiq taynlamgan sud-buxgalteriya ekspertizasi xulosasiga tenglashtiriladi.
Sud-buxgalteriya ekspertizasi ayrim o‘ziga xos xususiyatlari bilan auditorlik tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi. Ko‘p hollarda ekspertiza ekspert muassasalariniig maxsus xonalarida o‘tkaziladi. Zarur hollarda ekspertiza o‘tkazish joyi ekspert tomomidan ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Xulosa tuzish uchun zarur bo‘lgan dastlabki va yig‘ma buxgalteriya hujjatlarn, hisob registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, ekspertiza o‘tkazish jarayonida taftish dalolatnomasi, ekspert xulosalari, ayblanuvchilar jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari va ishdagi boshqa materiallarda keltirilgan ma’lumotlardan ham foydalanish mumkin.
Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni aniqlashga doir masalalar hal etiladi:
tovar-moddiy zahiralar, pul mablag‘larining kamomadmi yoki oshiqcha chiqishi va moddiy zarar summalari bilan bog‘liq ma’lumotlarining haqqoniyligi;
tovar-moddiy zahiralarn qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablaglarining harakatiga doir muomalalarni rasmiylashtirshining to‘g‘riligini;
moliya-xo‘jalik faoliyatiga doir muomalalari hujjatlarda aks ettirishning buxgalteriya xisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshka tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi; tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko‘rsatmalarining buxgalteriya hisobi;
ma’lumotlariga muvofiqligi; materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va pul mablaglarini kirim-chiqimi hamda hisobdan o‘chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi;
hisobga olinmay qolgan mahsulotlar hajmi va qiymatini texnologlar, toiarshunoslar va boshqa mutaxassislar xulosalarini xisobga olgan holda aniqlash;
fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da’volarga doir summalar miqdorining hujjatlar bilan asoslanganligi;
tovar-moddiy zahiralar va pul mablag‘lari kamomadi yoki oshikcha chiqishi vujudga kelgan davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, xamda ekspertiza jarayonida buxgalteriya hisobi va nazorat talablariga rioya qilinmaganligi aniqlanganida, buning uchun mas’ul shaxslar kamchiliklari.


Moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan yoki uning o‘z vaqtida aniqlaninshga to‘sqinlik kilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni va 90-«Auditorlik tashkilotlarinipg professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati миллий(AFMS)da ko‘rsatilgani, istalgan professional xizmatlarni ko‘rsatishlari mumkin. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:

  • buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish

  • moliyaviy hisobotni tuzish;

  • milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil kilnsh;

  • buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni

  • auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin.

Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro‘yxati kengaytirilishi va to‘ldirilishi mumkin, ammo hozirgi ko‘rinishda ham auditorlik tashkilotlari tomoiidan taklif qiliiadigan xizmatlarningqanchalik xilma-xil ekanligini ko‘rsatmoqda.
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko‘rsatishga erishishi uchun o‘z faoliyatini shunday tashkil etishi kerakki, uning ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
halollik va haqqoniylik;
professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik;
professional axloq normalariga rioya kilish va belgilan standartlar (shu jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish;
o‘z professional majburiyatlarini bajarish chog‘ida xodimlarga ma’lum bo‘lgan axborotlarnm maxfiy (sir) tutish prinsipiga rioya kilish va hokazo.
Mijoz-korxona raxbariyati shartioma asosida professiopal xizmatlar ko‘rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o‘rnatishi va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin.
Ta’kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murolsat kilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini alohida ko‘rib chiqamiz.
a) buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayga tiklash va yuritish. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish xizmati ko‘plab tadbirlarni va avvalo uzoq muddatli hisob siyosatini aniqlash, buxgalterlik hisobining shaklini tanlash, texnik vositalar majmuini tanlash, buxgalterlik xizmatining tuzulmasini shakllaktirish, hujjatlar aylanish grafigini va buxgalter xodimlarning xizmat vazifalarini ishlab chiqish boshqalarnn o‘z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazish, natijasida buyurtmachi korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish to‘grisida qaror qabul qilinadi.
Mazkur xizmat turining o‘zi bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, yangidan tashkil etilayotgan korxonalarda alohida auditorlik tashkilotlari tomonidan buxgalteriya (moliyaviy, boshqaruv) hisobini tashkil etish texnologiyasiga talab juda katta. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatiladigan professional xizmatning davomi sifatida auditorlik tashkiloti mijoz-korxona buxgalteriyasi uchun bo‘lim buxgalterlaridan tortib to bosh buxgalter va moliya ishlari bo‘yicha xodimlarni tanlashi va o‘qitib berishi xam mumkin.
Buxgalteriya hisobini qayta tiklash xizmati ham ma’lum davr ichida bajariladi va bir martalik xususiyatga ega.
Hisobni qayta tiklash ancha murakkab ish bo‘lib, u auditorlik tashkilotining eng malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunshshg 7-moddasiga muvofiq o‘zining buxgalteriya xizmatiga ega bo‘lmagan tashlnlotda buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markazi yoki tarkibiga buxgalteriya sub’ekti ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining hisobga olish bulimi tomonidan amalga oshirnladi. Shu munosabat bilan auditorlik tashkilotlari bunday ixtisoslashtirilgan tashkilot rolini muvaffaqiyat bilan bajarishlari mumkin.
Auditorlik tashkiloti o‘z mijoziga hisob yuritishi uchun hisob siyosatini ishlab beradi, buxgalterlik hisobining ishchi schyotlar rejasini tuzadi, analitik schyotlar va, hisob registrlarining tarkibini loyihalashtiradi, hisob yuritish shaklini tavsiya etadi.
Agar mijoz-korxona professional xizmatlar uchun shartnoma tuzilayotgan paytda zarur tashkiliy texnikalar — kompyuterlar, printerlar, aloqa vositalariga ega bo‘lmasa, u holda auditorlik tashkiloti xodimlari o‘z mijozi uchun qulay texnik vositalarni tanlash bo‘yicha tavsiya berishi yoki tanlab, o‘rnatib va dastur ta’minotini tuzib berishi, hamda ma’lumotlar bazasini to‘ldirishga doir ishlarni bajarishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining xodimi (xodimlari) mijoz hohishiga ko‘ra bevosita buyurtmachining ish joyida ishlab, u (buyurtmachi) auditorlarlari zarur uskunalar bo‘yicha ta’minlash, ish joyini tashkil etish va boshqa majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Agar mijoz-korxona tashkiliy texnikalarni sotib olish uchun etarli mablag‘ga ega bo‘lmasa yoki uni sotib olishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, hamda auditorlik tashkiloti xodimlari mijozning ish joyida ishlashlari uchun shart-sharoitlar bo‘lmasa, u holda buyurtmachi dastlabki hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq zimmasiga oladi. Dastlabki hujjatlarni auditorlik tashkilotiga etkazib berish, hujjatlarning saqlanishini ta’minlash, kompyuter yordamida hujjatlarga ishlov berish, analitik va sintetik hisob registrlarini yuritish, dastlabki hujjatlar va tuzulgan buxgalteriya hisobi registrlarini mijozga etkazib berish va boshqalarga doir ishlarni auditorlik tashkiloti o‘z zimmasiga oladi.
Hisob yuritish hisobning barcha turlari va uchastkalari (to‘liq hysob yuritish) kabi, hisobning alohida uchastkalari va bo‘limlari bo‘yicha ham (moddiy boyliklar harakatish» hisobga olish - agar buyurtmachining ombori uning markaziy ofisidan uzoqda joylashgan bo‘lsa: mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar bo’yicha) amalga oshirilishi mumkin.
Download 228,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish