Xususiy bulut (private cloud) korxonaning ichki bulut infratuzilishi va xizmatidir. Bunday bulut korporativ tarmoq doirasida joylashadi. Tashkilot xususiy bulutni mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. Infratuzilish buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda yoxud qisman buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi mumkin.
Ommaviy bulut (public cloud). Bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanishi mumkin, yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari bulutdagi ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, barcha mac’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz foydalanayotgan resurslar uchun haq to‘laydi.
Foydalanuvchilarga boshqa yechimlarda mumkin bo‘lmagan katta ko‘lamli kengayuvchanlik imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-sayt (tarqalish) usullari qulay-oson va mumkin qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday taqdim etuvchilarga Amazon YEC2 i Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web on-layn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi infratuzilishni juda past cheklangan darajada sezilarsiz nazorat qilganligidan, qat’iy xavfsizlik choralari va meyoriy talablarga mos kelishlikni talab qiluvchi jarayonlarni amalga oshirishga har doim ham muvofiq kelmaydi.
Gibrid bulut (hybrid cloud). Bu infratuzilma tarqatish barcha modellarini o‘z ichiga oladi (xususiy, ommaviy). Odatda, gibrid bulut korxonada yaratiladi, ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi.
Xususiy bulut to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradigan beshta asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Bulut – nafaqat virtuallashtirish. Server va infratuzilishni virtuallashtirish xususiy bulut hisoblashning asosi hisoblansa-da, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarish o‘z-o‘zidan xususiy bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut texnologiyasi hisoblanishi uchun, virtual mashina, OT yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot (DT) konteyneri, yuqori bardoshli OT, grid-hisoblash DT, saqlash resurslarini tahlil qilib boruvchi DT, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat tashkil etuvchilarga ega bo‘lishi zarur.
2. Bulut tejamkorlik manbasi bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash eng katta va asosiy xato tushuncha hisoblanadi. Tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu majburiy atribut hisoblanmaydi.
Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki bu texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab yetkazib beruvchilar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadi, ya’ni bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. “Bulut” o‘zining qayerda ochilganligi, unga kim egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki maxfiyligi uchun xususiy hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari (MIBM) xosting-provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resursi birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network – VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |