7-mavzu: missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’bot usullari reja


Missionerlikni amalga oshirishda internetdan faol foydalanishayotganini nimalarda ko‘rish mumkin?



Download 144,18 Kb.
bet13/23
Sana13.06.2022
Hajmi144,18 Kb.
#660549
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
7-mavzu

Missionerlikni amalga oshirishda internetdan faol foydalanishayotganini nimalarda ko‘rish mumkin?
Jamiyat taraqqiy etib, yuksalib borgan sari missionerlik ham unga mos ravishda zamonaviy fan-texnika va texnologiyalardan ustalik bilan foydalangan holda o‘z uslub va vositalarini takomillashtirib bormoqda.
Bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bo‘g‘ini hisoblanadi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Bu internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi. Bugungi kunda taxminan bir yarim milliarddan ortiq kishi u yoki bu darajada undan foydalanayotgani va ushbu raqam doimiy ravishda o‘sib borayotgani ham fikrlarimizning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Aynan mana shu holat internetning g‘oyaviy kurash va targ‘ibot, jumladan, e’tiqodiy targ‘ibot va tajovuzni amalga oshirishning asosiy maydonlaridan biriga aylanishiga zamin yaratmoqda.
Internetdagi missionerlik mazmunidagi saytlar tahlili undagi ma’lumotlar, tezkor axborotlar va yangiliklarning bir vaqtning o‘zida bir necha tilda va missionerlar uchun foydali bo‘lgan yo‘nalishda berib borilishini ko‘rsatadi. Bunday saytlarda e’tiqodiy targ‘ibotga xizmat qiladigan qo‘shiqlar, kliplarning berib borilishi esa ularning emotsional ta’sir quvvatini oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bir qarashda missionerlarning dasturlari insoniyat ravnaqi, dunyoda tinchlik o‘rnatish, muhtoju bechoralarga beg‘araz ko‘mak ko‘rsatishga qaratilganday tuyuladi. Ammo chuqurroq nazar tashlansa, ularning barchasidan ma’lum, aksariyat hollarda g‘arazli maqsadlar ko‘zlanayotgani ayon bo‘ladi. Avval ular o‘zlarini saxiy va insonparvar ko‘rsatib, keyinchalik asl qiyofalarini oshkor qilishadi. Ba’zi hollarda “shuncha yaxshiliklar evaziga” xristianlikni qabul qilish talab ham qilinadi.
Missionerlar aholining qanday qatlamlari bilan ishlashga alohida e’tibor bermoqdalar?
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. Xususan, so‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, ushbu qatlam bilan maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
SHu bilan birga, missionerlar sanoat korxonalari joylashgan hududlarda ishchilar va vaqtincha ishsizlar hamda xususiy tadbirkorlar bilan ishlashga ham alohida e’tibor bera boshlaganlarini ta’kidlash zarur.
Ayni paytda, ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ‘iboti ob’ekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda albatta, o‘ziga xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, prozelit kutubxonachida esa “o‘lja” sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Qayd etilgan misollar ham missionerlik ob’ekti sifatida tanlanayotgan qatlamlar doirasi muntazam ravishda kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Download 144,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish